К содержанию
РецензированоRU2024

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА ФИНАНСОВЫХ РЕЗУЛЬТАТОВ В ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТАХ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Qodirov Nurillo Abdulboqiyevich · THEORY AND PRACTICE

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This thesis deals with the issues of improving the accounting of financial results in economic entities. Key words: Finance of economic entities, financial results, financial resources, gross domestic product. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА ФИНАНСОВЫХ РЕЗУЛЬТАТОВ В ХОЗЯЙСТВУЮЩИХ СУБЪЕКТАХ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Аннотация. В данной диссертационной работе рассматриваются вопросы совершенствования расчета финансовых результатов в хозяйствующих субъектах. Ключевые слова: Финансы хозяйствующих субъектов, финансовые результаты, финансовые ресурсы, валовой внутренний продукт. Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining negizini iqtisodiyotdagi real capital moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga salmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. XyuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XyuS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi. 82 30-Sentabr, 2024-Yil YaIM va MD ni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XyuSlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XyuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli undirish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi. XyuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kredit va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish ko‘rinishida shakllarida sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali budjet tizimi va nobudjet apital faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan: •budjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan apita siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq. Bu siyosat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XyuSlarning investitsiyalarga yo‘nal-tiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak; •bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy instrument va mexa-nizmlari quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajmining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va apital foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqtisodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XyuSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini ken-gaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini investitsiyalarga jalb qiladi; •yangi samarali iqtisodiyotni – kapitaltual infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XyuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakatdagi raqobatbardosh iqtisodiyotning yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil etmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika budjeti daromadlarida, eksportda va valuta tushumlarida nisbatan katta salmoqning egallashi iqtisodiyotning yo‘nalishda tomonga deformatsiyalanganidan dalolat beradi. Milliy xo‘jalikning bunday tarkibiy nomuvofiqligi 83 30-Sentabr, 2024-Yil iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi. Shu munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o‘tishini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning mo-liyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko‘taradi. •XyuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnik jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompan

Доказательный фрагмент

«This thesis deals with the issues of improving the accounting of financial results in economic entities.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis deals with the issues of improving the accounting of financial results in economic entities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Finance of economic entities, financial results, financial resources, gross, валовой внутренний продукт., moliyaviy resurslar, финансовые ресурсы, gross domestic product., yalpi ichki mahsulot., Xo’jalik yurituvchi subektlar moliyasi, Финансы хозяйствующих субъектов, moliyaviy natijalar, финансовые результаты
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники