К содержанию
РецензированоRU2022

Философско-этические и социально-педагогические взгляды мыслителей Средней Азии на воспитание детей в семье

Mukaddas KARIMOVA · Ranokhon TOYCHIEVA · November -/© in Science LLC. (Tashkent State Pedagogical University named after Nizami)

Общество и инновации · 3 · 139-145 · 2022

Аннотация

Ключевые слова: Из истории социально-экономического развития человеческое общество, человеческого общества известно, что зрелость личности ребенок, ребенка формируется в семье. Семья – это маленькая социально-экономическое прелюдия к жизни общества, а воспитание здорового, развитие, семья, всесторонне развитого поколения – главная задача общество, каждого из нас. развитие личности. Oila – Vatan ichra bir mo‘’jaz Vatan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir”. Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishishlarini ta’minlash, bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish har birimizning muqaddas burchimizdir. Shunisi quvonarliki, hozirda oilalarda ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori kundan-kunga kuchaymoqda. Bunga sabab muhtaram Yurtboshimiz tomonidan xalq manfaatlari uchun barcha sohalarga bo‘lgan e’tibor, olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlardir. Bunday imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib kelayotgan ota-onalar farzandlari tarbiyasiga o‘ta ma’suliyat bilan qaramoqdalar. Chunki farzand Olloh tomonidan ato etilgan ulug‘ ne’mat bo‘lishi bilan birga, u ota-onaga topshirilgan ma’suliyat hamda omonatdir. Bolalar – kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish barchamizning asosiy vazifamiz bo‘lib qolishi kerak. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o‘zlarining burch va ma’suliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Shunday ekan, oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo tarixida o‘z nomlarini qoldirgan mutafakkirlarning ilmiy, falsafiy va axloqiy qarashlarida inson eng buyuk zot sifatida talqin qilinadi. Uning baxtli farovon hayoti, kamolotga erishishi, oila va oilaviy munosabatlari, oilaviy tarbiya, oilaviy totuvlik g‘oyalari mutafakkirlarning asarlaridan keng o‘rin olgan. Oilada bola tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasi uchun mas’uliyati va burchi, farzandning ota-onaga hurmati, ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan. Masalan, “Avesto”da naslning pokligi, tozaligiga alohida e’tibor berilgan, 140 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 5 (2022) / ISSN 2181-1415 qarindosh-urug‘, aka-ukalarning quda bo‘lishi qoralangan. Bu ma’noda “Avesto”ning mafkuraviy manba sifatida qimmati maxsus pedagogika fani uchun рam ilmiy asos bo‘la oladi. Xalq og‘zaki ijodiga oid deyarli barcha asarlarda ham kattalarni hurmat qilish, ota- onani e’zozlash, odob bilan ularning xizmatini bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida shunday hikoya qilinadi: “Bir kishi kechasi uyqudan uyg‘onib “suv ber” deb so‘radi. O‘g‘li suv keltirguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. O‘g‘li “otam, balki yana suv so‘rar -deb, uxlamasdan otasining uyg‘onishini kutib, tong otguncha o‘tirdi”. Sharq allomalari shaxs, oila, oilada farzand tarbiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratishgan. XIII asrda yashab ijod etgan Shayx Sa’diy Sheroziy o‘zining “Guliston” va “Bo‘ston” asarlarida bola tarbiyasi, ota-ona va farzand munosabatlari masalalariga alohida ahamiyat qaratgan. “Bola mevadir, umrning lazzati” – deydi faylasuf-shoir. Har bir ota-ona o‘z farzandiga kichik yoshdan boshlab, ta’lim-tarbiya berishi va ilm-hunar o‘rgatishi zarur. “Kimda-kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo‘lgach, baxtli bo‘la olmaydi. Ho‘l novdani istagancha boqish mumkin, quruq novdani esa faqat olov bilan to‘g‘rilash mumkin” – deb ta’kidlaydi u. Bu bilan Sa’diy bolalar kichik yoshidagina tarbiya ta’siriga beriluvchan bo‘lishlarini, shuning uchun ularni kichiklikdan boshlab tarbiyalash kerakligini, katta bo‘lgach tarbiyalash g‘oyat qiyin bo‘lishini qayd etadi. Alisher Navoiyning asarlari bu mavzuga oid fikrlarga boydir. Navoiyning oilaviy baxt, sevgi va er- xotin munosabati, ota-ona, farzand tarbiyasiga oid fikrlari juda katta pedagogik ahamiyatga ega. Har bir oila farzand ko‘rmog‘i va uni tarbiyalab vo

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Из истории социально-экономического развития человеческое общество, человеческого общества известно, что зрелость личности ребенок, ребенка формируется в семье.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Из истории социально-экономического развития человеческое общество, человеческого общества известно, что зрелость личности ребенок, ребенка формируется в семье. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik jamyati, social and economic development, personal society, социально-экономическое развитие, child, человеческое общество, oila, family, общество, jamiyat, shaxs kamoloti, personality development, bola, ребенок, развитие личности, семья, society
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники