К содержанию
РецензированоUZ2021

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

CHIQISHNING AHAMIYATI ((Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)) · Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV ((Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)) · Eldor ABDULLAYEV ((Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)) · Baxtiyor QO‘CHQOROV ((Ташкент, 24-25 ноября 2021 года))

Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте · 57–58 · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan universitet bo‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora- tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi. Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini tashkil etish turlari, dasturiy ta’minot, dasturiy ta’minot qurish strukturalari, FIFO, LIFO metodlari, Axborot texnologiyalari markazi. I. KIRISH 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida [1] keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora- 208 “Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года) tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tizimlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda [2]. Bu esa barcha sohalarda zamonaviy axborot kommunikatsiya qurilmalaridan keng va salmoqli ko‘rinishda foydalanilayotganidan dalolatdir. Yuqorida qayd etilganidek, xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tizimlarni qo‘llash hozirgi kunda barcha sohalarda ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. Chunki insoniyat hayot darajasining o‘sishi va xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘lgan talabning keskin ortishi natijasida ushbu sohalarda bir qancha noqulayliklar vujudga kelmoqda. Jumladan: – xizmat ko‘rsatish shahobchalarida buyurtmachilar navbatlarining kattaligi; – qabul qilinayotgan buyurtmalarga xizmat ko‘rsatish tezligining pasayishi va buning natijasida ba’zi buyurtmalar dolzarbligining yo‘qolishi; – buyurtmalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilmasligi natijasida ish unumining pasayishi va hokazolar sodir bo‘lmoqda. Shu sababli hozirgi kunda barcha xizmat ko‘rsatish va sanoat tarmoqlarida elektronlashtirilgan buyurtma qabul qilish portallari asta-sekin joriy qilinmoqda. Buning natijasida esa ish hajmini yangi-yangi bosqichlarga ko‘tarishga erishilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish va ish jarayonini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Toshkent davlat transport universitetining Axborot texnologiyalari markazi(ATM) ish jarayonlari uchun elektron xizmat buyurtmalarini berish tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. II. MUAMMONING QO‘YILISHI. Avvalambor, ushbu ishlarni amalga oshirish Axborot texnologiyalari markazi ish jarayonlarini o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil etish ishlari bilan boshlandi. Buning natijasida ma’lum bo‘ldiki , hozirgi vaqtda ish jarayonlari telefon qo‘ng‘iroqlari yoki yuzma-yuz ko‘rishish orqali tashkillashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida hamma vaqt ATM xodimi o‘z buyurtmachilari bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Chunki har bir ATM xodimiga katta ko‘lamdagi ish hajmi yuklatilgan bo‘lib, bunda har bir xodim bir vaqtning o‘zida bir qancha sohalar bo‘yicha o‘z ish faoliyatini tashkillashtiradi. Bu esa o‘z navbatida, ushbu bo‘lim xodimlari hamma vaqt o‘z ish o‘rnida bo‘lishi uchun to‘sqinlik qiladi. III. METOD. Shu sababli ushbu bo‘lim ish jarayonini jadallashtirish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini qo‘llagan holda, xodimlar va buyurtmachilar o‘rtasida doimiy aloqani ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari markazining elektron buyurtma qabul qilish tizimini amalga oshirishga kirishildi. Hozirgi kunga kelib, ish jarayonlari uch bosqichda amalga oshirilayotgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: – ish jarayoni yuzasidan tahlillarni amalga oshirish; – tizimda amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni qayd etib borish uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish; – xodim va buyurtmachilar o‘zaro aloqasini ta’minlash uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish. 209 “Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года) Birinchi bosqich. Yuqorida ta’kidlanganidek, ish jarayonlari ATM ish jarayonini izchil o‘zganish bilan boshlandi. Buning natijasida hozirgi kunda ATM da quyidagi xizmat ko‘rsatish jarayonlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi: – kompyuter va printer qurilmalari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan universitet bo‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora- tadbirlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan universitet bo‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora- tadbirlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, dasturiy ta’minot qurish strukturalari, Axborot texnologiyalari markazi, FIFO, LIFO metodlari, ma’lumotlar bazasini tashkil etish turlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
THE ROLE OF FOLKLORE IN NARRATIVE ART

Международный журнал искусственного интеллектаMamayusupova S.M., Senior Lecturer +12025

3