Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Криминологическая характеристика организованной преступности
Sirojiddin ESHQOBILOV
Общество и инновации · 3 · 314-321 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлен обзор понятия организованная организованной преступности, ее особенностей, причин и преступность, условий, современных тенденций и статистических методология данных. Также содержатся рекомендации по преступности, реализация, предупреждению и искоренению организованной криминальная специфика, преступности. криминальная пирамида, криминальные субмультуры, микросоциальные факторы, специализация преступности, превентивные меры. Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ijtimoiy-huquqiy, xususan, siyosiy tadqiqot obyektiga aylanganligining o‘ziyoq bu muammoning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish borasidagi profilaktika faoliyati kriminologiya fanining ilmiy tavsiya va prognozlariga tayanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy-kriminologik hodisaning dolzarbligi, birinchi navbatda, uning o‘ziga xos xususiyati, ijtimoiy xavflilikning favqulodda darajasi, jinoyatga qasd bilan uyushganlikning mavjudligi va uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmalar manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan jinoyatlarning aksariyat hollarda ochilmay, latent bo‘lib qolishi yoxud yuqori mansabdor shaxslarning aralashuvi bilan jinoyatning yashirilishi orqali xarakterlanadi. Shu bois mamlakatimizda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning faol mexanizmlarini yaratish borasida chuqur o‘ylangan strategik chora-tadbirlar amalga tatbiq qilingan. Jumladan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro huquqiy asoslari yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29-moddasi 4-bandida “uyushgan guruh” tushunchasiga aniq ta’rif berib o‘tilgan: “Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi”. Shu bilan birga, ushbu moddaning 4-bandida ta’kidlangan jinoiy uyushmalarni tuzishning o‘ziyoq jinoiy javobgarlikka tortishga to‘liq asos bo‘ladi hamda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sifatida e’tirof etiladi. Hukumatimiz tomonidan 2003-yil 30-avgustda BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (Palermo konvensiyasi) ratifikatsiya qilindi. Bu esa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro tan olingan huquqiy asosi edi. Unga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh “ma’lum bir vaqt davomida mavjud bo‘lgan va bir yoki bir nechta og‘ir jinoyatlarni yoxud ushbu konvensiyaga muvofiq deb topilgan jinoyatlarni sodir etish maqsadida birgalikda harakat qiladigan uch yoki undan ortiq shaxslardan iborat bevosita yoki bilvosita, moliyaviy yoki boshqa moddiy manfaatdorlik asosida tuzilgan guruh” deya ta’riflangan. 315 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2022) / ISSN 2181-1415 Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib jinoyat sodir etish huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun katta yangilik emas. Biroq uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar xarakteri jihatdan oddiy yoki murakkab ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar yetkazadi. Jinoiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sonining keskin ortishi, jamiyat uchun tobora xavfli bo‘lib bormoqda. Bu xavf quyidagi holatlar tufayli yuzaga keladi: – bir necha shaxslarning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali jinoyat sodir etiladi va shaxsga, jamiyatga, davlatga ko‘proq zarar keltiradi; – hech shubhasiz, bunday jinoyatlarni ochish qiyinroq; – ko‘p sonli shaxslar jinoyatga daxldor, shu jumladan, voyaga yetmaganlar ham. Uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va tergov qilishni yanada samaraliroq tashkil qilish bo‘yicha amaliy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati tanlangan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Kriminologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy jinoyatlarning 1/3 qismi uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar hissasiga to‘g‘ri keladi hamda ko‘payish tendensiyasiga ega. Uyushgan guruh jinoyatlarining eng xavfli jihati shundaki, sodir etilgan jinoyatlar hayotning kundalik hodisasiga hamda jamiyatni tashkil etishning eng keng tarqalgan shakllaridan biriga aylanib, iqtisodiyot sohasiga kirib, davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Jinoyat qonunchiligiga binoan, jinoiy uyushmalar yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat jinoiy faoliyat deb e’tirof etilgan. Ushbu norma jinoiy spesifikasiga ko‘ra, uyushgan qurolli guruh tuzish va unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish ham jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritilgan. Mamlakatimizda aynan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va shu maqsadda davla
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлен обзор понятия организованная организованной преступности, ее особенностей, причин и преступность, условий, современных тенденций и статистических методология данных.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлен обзор понятия организованная организованной преступности, ее особенностей, причин и преступность, условий, современных тенденций и статистических методология данных. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- organized crime, jinoiy spesifika, методология преступности, preventive measures, jinoyatchilik ixtisoslashuvi, микросоциальные факторы, криминальная специфика, crime submultures, jinoyatchilik metodologiyasi, uyushgan guruh, jinoyat submulturalari, implementatsiya qilish, criminal specifics, организованная преступность, crime specialization, реализация, implementation, превентивные меры, crime methodology, специализация преступности, криминальные субмультуры, mikrosotsial omillar, криминальная пирамида, profilaktik chora-tadbirlar, microsocial factors, kriminal piramida, uyushgan jinoyatchilik, criminal pyramid
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026