К содержанию
РецензированоRU2021

Социальные функции общения

Dildora TURAYEVA

Общество и инновации · 3 · 313-317 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль общения в жизни общение, человека, виды и функции общения. Он не придумал более язык, эффективного механизма организации, управления и потребность, регулирования социальных отношений между людьми, чем разум, речь, общение. Говорят, что у людей много коммуникативных восприятие, целей, в том числе получение знаний о мире, их передача и потребность, формирование в процессе обмена идеями. поведение, Общение присуще любому живому существу, но только на информация, человеческом уровне процесс общения сознательно связан человек, общение, о с вербальными и невербальными действиями. Выделены бщение, три важных взаимосвязанных коммуникативных, функция. интерактивных и перцептивных аспекта общения. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomil- lashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Muloqot quyidagi nuqtai nazarlarga ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Muloqot har qanday tirik mavjudotga xosdir. Faqatgina inson darajasida muloqot jarayoni og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan harakatlar bilan bog‘langan ongli bo‘ladi. Hayvonlarda muloqot maqsadi boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlashdir. Hayvonlar turli tovushlar,harakatlar orqali sheriklarini xavfdan ogohlantiradi. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi va shakllanishida muloqotning o‘rni beqiyosdir. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi .Ruhiy jihatdan kamol topgan insonlar bilan muloqotga kirishish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi. Rus faylasufi R.S. Nemov inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va uning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqqan. Nemovning fikriga ko‘ra, “inson bolasi o‘zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida seza boshlaydi. Go‘dak bir yoshga yetganda uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi” [4. 118]. Odamda muloqot maqsadlari juda ko‘pdir. Dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va yetkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakat- larning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlash- tirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, axloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Muloqotning juda murakkab jarayon ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: ”Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki,unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; b) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati; d) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatishi; 314 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 e) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati va shaxslarning bir-birlarini tushunishi” [3. 54]. Muloqotning o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘gan 3 ta muhim jihati mavjud: kommuni- kativ, interaktiv va perseptiv [1. 72]. 1. Muloqotning kommunikativ jihati bu muloqat jarayonida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishidir. Muloqotning kommunikativ jihati bu uning substansional, eng asosiy jihati bo‘lib hisoblanadi. Bunda nutq vositasida kishilar o‘zaro aloqaga kirishishadi va bu jamiyatning ijtimoiy mohiyatini tashkil etuvchi qonuniyat ham hisoblanadi. 2. Mulоqоtning interaktiv jihati bu individlarning mulоqat jarayоnida nafaqat bilim va g‘оyalar balki harakatlar bо‘yicha ham о‘zarо ta’sirini tashkil etishdan ibоrat. Ya’ni mulоqоtning interaktiv jihati kishilar о‘rtasidagi mulоqоtning faqat nutq оrqali emas, balki turli xatti-harakatlar оrqali ham amalga оshirilishini nazarda tutadi. Masalan, ta’lim jarayоni, bunda jarayоn faqat sо‘zlashish оrqali amalga оshirish bilan cheklanib qоlmasdan, turli о‘yinlar, harakatlar bilan ham infоrmatsiya almashilinadi. Yanada aniqlik kiritadigan bо‘lsak, mulоqоt shaxslararо birgalikdagi harakat, ya’ni оdamlarning hamkоrlikdagi faоliyati jarayоnida tarkib tоpadigan alоqalari va о‘zarо bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Muloqotning har uchala tomonini yaxlit qilib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birgaligida namoyon bo‘ladi [5. 36]. Muloqotning shaxslararo tomonini oladigan bo‘lsak, bunda insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bo‘g‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Muloqotning kognitiv tomonida suhbatdoshning kim,

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль общения в жизни общение, человека, виды и функции общения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль общения в жизни общение, человека, виды и функции общения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communication, the human level is the process of communication consciously, разум, ehtiyoj, ong, language, information, need, aхborot, function, человек, поведение, behavior, общение, речь, aloqa, funksiya, mind, person, speech, til, информация, perception, muomala, shaхs, восприятие, язык, kommunikatsiya, функция, потребность, muloqot, nutq, idrok
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники