Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Социально-психологический образ современного лидера и организация его работы
Sayora ERGASHEVA
Общество и инновации · 3 · 145-148 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье, рассматривается социально- управление, психологический образ современного лидера и менеджер, организация его работы. В ней, автор анализирует сотрудник, организацию работы руководителя. А также, развитие его профессия, трудовой коллектив, управленческих навыков и способностей. межличностные Исследования, проведенные автором, показывают, что отношения, изучение личности современного лидера. И создание, его общение, социально-психологического образа, актуальны способность, умение. соответственны, современным исследованиям. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanlab, xalq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirish sari dadil odimlayotgani tahsinga loyiqdir. Albatta, bunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahnamoliklari ostida rahbarlik va boshqaruv masalalariga alohida e’tibor berilayotgani yutuqlar ko‘lamini oshirayotir. Quvonarlisi, o‘tgan davrda O‘zbekiston davlat boshqaruvining tashkiliy-tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha bo‘g‘inlarida huquqiy va iqtisodiy asoslar yaratilganini jahon hamjamiyati ham e’tirof etmoqda.Zotan, jamiyat taraqqiyoti yoki tanazzulining asoslari aynan rahbarlik lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarga har jihatdan bog‘liq bo‘lib, ular kelajakni oldindan ko‘ra bilish, muammolar yechimini anglab, bartaraf etish choralarini izlab topa olish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i joiz. Mustaqillik yillarida hukumatimizning bu jarayonda, avvalo, ishni milliy davlatning asoslarini, boshqaruv tizimini ishlab chiqish, milliy mentalitetimizdan, xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqib, uning mukammal mexanizmini yaratishdan boshlaganligi maqtovga loyiqdir. Bu bejizga emas, albatta. Sababi , davlat va jamiyat qurilishi hamda boshqaruv strategiyasi ilg‘or g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, milliy rahbar kadrlar tayyorlash tizimini yaratishning o‘zagini tashkil etadi. Shu bois ham mustaqillikka qadam tashlangan ilk kezlardanoq mamlakatimiz boshqaruv tizimida jahon va o‘z amaliyoti- mizdan olingan boy tajribalarni rad etmagan holda davlat va jamiyat qurilishining tarixiy- milliy, an’anaviy g‘oyalariga asoslangan zamonaviy boshqaruv usuliga o‘tildi. Hozirgi zamon rahbari o‘zining ijtimoiy-psixologik qarashlari va ma’naviy dunyosi bilan o‘tmishdoshlaridan keskin farq qiladi. Ayniqsa, butun jahonda globallashuv jarayonlari ketayotgan bir davrda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayoni rahbardan o‘z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishni, faoliyat jarayonida zamonaviy va an’anaviy tamoyillariga mos ravishda jamoani boshqarishni, yuksak mahoratga ega bo‘lishni talab qilmoqda. Albatta, yuksak e’tibor, izchil islohoatlar, barqaror taraqqiyot, yorqin istiqboldan ko‘zlangan maqsad kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishiga har jihatdan bog‘liq. Zotan, rahbarlik ham qobiliyat. Kishi ilmli bo‘lgani bilan rahbarlikka xos qobiliyati bo‘lmasa, u jamoani o‘z orqasidan ergashtira olmaydi, aksincha, jamoani boshi berk ko‘chaga kiritishi hech gap emas. Rahbarda ham bilim, ham tashkilotchilik xususiyati bo‘lmog‘i lozim. 146 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 Darvoqe, rahbarlik mezonini oddiy so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. E’tibor bilan qaralsa, ta’lim muassasasi bo‘ladimi yoki ishlab chiqarish korxonasimi, budjet sohasimi yoki nodavlat tashkiloti bo‘ladimi uni har jihatdan ravnaq toptirish, avvalo, rahbar va uning qo‘l ostidagi boshqaruv mutaxassislarga bog‘liq. Uddaburon rahbar har doim davr bilan birga qadam tashlab, oqilona qarorlar qabul qiladi, vaziyatga to‘g‘ri baho berib, xodimlarini himoya qiladi. Demak, bugungi zamonaviy rahbar kadrlarni tanlashda ko‘ndalang bo‘ladigan asosiy muammolarga yechim topib, jamoasidagilarni layoqatiga qarab ishga jalb etmog‘i lozim. Chunki boshqaruv jarayoni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun rahbar idora qilishning qaysi bo‘g‘inida bo‘lishidan qat’iy nazar muayyan qobiliyatlarga ega bo‘lganlarni tanlay bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda zamonaviy rahbar shaxsida professionalizm, barkamollik, qat’iy xarakter, milliy qiyofasi, boshqaruv qobiliyati va boshqalarning bo‘lishligi juda muhimdir. Bu jihatlar uning mansab pillapoyalaridan muavaffaqiyatli o‘tib, lavozimning keyingi bosqichlari uchun imkon yaratishi bilan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, zamonaviy rahbar shaxsida bir qator qobiliyatlar, jumladan, tashkilotchilik, ishchanlik, muloqat- mandlik, notiqlik, kechirimlilik, tashabbusga ilhomlantirish, ishbilarmonlik, tadbirkorlik va boshqa qobiliyatlarning bo‘lishligi korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Birinchi rahbarning o‘zi har doim tashabbuskor, tadbirkor, ilmli va mehribon, o‘z ishining ustasi bo‘lsa, o‘z qo‘l ostidagi har qanday kelajagi bor, yangilikka o‘ch mutaxassislarning qadriga yetadi. Rahbar shaxsida tashkilotchilik qobiliyatining o‘rni juda muhimdir. Mamlakati- mizning taniqli psixolog olimi E.G‘oziyevning e’tiro
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье, рассматривается социально- управление, психологический образ современного лидера и менеджер, организация его работы.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье, рассматривается социально- управление, психологический образ современного лидера и менеджер, организация его работы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- management, employee, profession, shaxslararo munosabat, управление, qobiliyat, общение, mehnat jamoasi, kasb, manager, mahorat, ability, interpersonal relations, communication, сотрудник, менеджер, межличностные отношения, labor collective, профессия, xodim, rahbar, boshqaruv, трудовой коллектив, muloqot, способность, skill, умение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945