К содержанию
РецензированоRU2021

Лингвокультурологическое исследование словосочетаний, связанных с национальным характером, в узбекском языке

Maftunaxon RAHIMOVA · Feruzabonu MUHAMMADQODIROVA · March -/© in Science LLC. (Kokand state pedagogical institute)

Общество и инновации · 3 · 412-415 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В этой статье дается краткий обзор фраз. Описан процесс лингвокультурология, образования словосочетаний в узбекском языке на основе фраза, образа жизни народа. Также есть мнения и комментарии национальный характер, по поводу лингвокультурологического исследования языковая ассоциация, лингвокультурологическое словосочетаний, связанных с национальным характером. исследование, культура, устойчивое сочетание, фразеология Ibora – ikki va undan ortiq so‘zning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma’nosi, odatda, bir so‘zga, ba’zan so‘z birikmasi, gapga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi, ko‘chma ma’noli barqaror (turg‘un) birikma. Iboralar adabiy tilning badiiy va so‘zlashuv uslubida keng va ko‘proq qo‘llanadi, nutqni ta’sirchan, obrazli ifodalashga xizmat qiladi. Iboralar tilshunoslikda frazema, frazeologizm, frazeologik birikma deb ham yuritiladi. Iboralarni o‘rganuvchi bo‘lim esa frazelogiya deb ataladi. Frazeologiya tilning mustaqil birligi sifatida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab maxsus o‘rganilib kelinmoqda. Frazelogiya bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining takomiliga o‘zbek frazeologlaridan Sh. Rahmatullayev, M. Umarxo‘jayev, M. Sodiqova, L. Royzenzon, Y. Avaliani, E. Begmatov, A. Mamatov va B. Yo‘ldoshevlar o‘z hissalarini qo‘shgan [3:3]. Inson o‘z ongli hayoti ibtidosidan boshlab mehnat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Mehnat jarayonida esa ular xilma-xil ishlarni bajarib kelgan. Uning mehnat faoliyatida bajarilgan u yoki bu xatti-harakatlar lisoniy assotsiatsiyalarni paydo qiladi. Shu tufayli biror fikrni obrazli ifodalashga ehtiyoj seziladi. Ayni shu holat kishilarning milliy xarakter va turmush tarziga aloqador bo‘lgan iboralarning shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Milliy xarakter bilan bog‘liq iboralar xalqlarning tabiiy yashash sharoitlari, turmush tarzi va diniy an’analari bilan uzviy bog‘liqdir. Hamma xalqlarda ham vatan tuyg‘usi, uni sevish, ardoqlash his-tuyg‘usi bor. Bu kabi fiziologik holatlar emotsional munosabatlarni ijobiy yoki salbiy tilda zuhur etish ixcham va chuqur ma’noli iboralar orqali ifodalanadi va ular ana shunday ehtiyojlar asosida shakllanadi. Olimlarning fikricha, har bir inson hayoti davomida o‘z tilidagi 800ga yaqin maqol, matal, hikmatli so‘z yoki iboralar haqida tushunchaga ega bo‘lar ekan [3:3]. O‘zbek xalqi purma’no so‘zga, o‘git-u naqllarga boy xalq sanaladi. Ajdodlarimizning azaldan o‘z hayotiy muammolarini-mehnat mashaqqati, g‘am-anduhi, rohat-farog‘ati, muvaffaqqiyat va mag‘lubiyati, rasm-rusumlari – hamma-hammasini maqol va matallarda, naql va barqaror iboralarda ko‘zgudagidek aks ettirib keladi. Xalqning til boyligi – uning bo‘yoqdor, serjilo leksikasining, frazeologiya qatlamining boyligi bilan ham o‘lchanadi. O‘zbek tili – ona tilimizning juda boy, ma’nodor, jozibali, va rang- barangligi Alisher Navoiy zamonidayoq isbotlangan [1:29]. Iboralar tilni, uning mazmunini yanada boyituvchi ma’naviy xazinadir. Ular lingvokulturologiyaning asosiy obyektlaridan biri sanalgan barqaror birikma bo‘lib, 413 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 lingvokulturologik obyekt sifatida millatning madaniyatini o‘zida jamlovchi til birligi sanaladi. Iboralarni lingvokulturologik nuqtayi nazardan keng tahlil qilish tilshunoslikda o‘z yechimini kutayotgan masala sifatida belgilanadi. Ularni o‘rganish turli yangi xulosalarni olish imkoniyatini yaratadi. Quyida o‘zbek xalqining milliy xarakteriga xos bo‘lgan ayrim iboralarning lingvokulturologik tadqiqini ko‘rib o‘tamiz : ❖ Ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoq. Bu ibora o‘zbek tilida keng qo‘llaniladigan iboralardan hisoblanadi. Ma’nosi kayfiyatini ko‘tarmoq. Biror kishining ahvoli yomon paytda, tushkun holatda ekanida uning yaqin insoni kelib yaxshi muomalada bo‘lib, shirin so‘zlar bilan kayfiyatini ko‘tarsa, u ,albatta, xursand bo‘ladi va ko‘ngli tog‘day ko‘tariladi [2:28]. ❖ Bardosh bermoq. Xalqimizda har qanday vaziyatda, har qanday sharoitda ham sabr-matonat va bardoshini tuta olish xususiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday xususiyatni ko‘proq boshiga og‘ir kulfat tushgan paytlarda ko‘rishmiz mumkin. Og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta olishi va dosh berishi kabi xarakterlari bilan xalqimiz necha asrlardan buyan butun olamga dong taratib kelmoqda [2:28]. ❖ Kindik qoni to‘kilgan. Xalqimiz uchun yaratgan ato etgan eng aziz ne’mat- lardan biri o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan yurti – Vatani. Bu iboraning tag zamirini olib qarasak, xalqimizning boshidan qancha og‘ir kunlar o‘tdi, necha-necha insonlarning qoni to‘kildi. Bularning barchasiga chidadi va tug‘ilib o‘sgan yurti naqadar aziz ekanini yana bir bor isbotlab berdi [2:28]. ❖ Bahri dilini ochmoq. Bu iborada ham o‘zbek xalqining so‘zni qo‘llash mahorati naqadar kuchli ekanini ko‘rishimiz mumkin. Insonlar birovga yaxshilik qilsa yoki shu yaxshilik o‘ziga qaytib kelsa, biror xushmanzara joyni ko‘rsa kayfiyati ko‘tariladi va shu lahzada bahri dilim ochildi degan iborani ishlatadi. ❖ G

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В этой статье дается краткий обзор фраз.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В этой статье дается краткий обзор фраз. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, phraseology, turg`un birikma, frazeologizm, фраза, national character, madaniyat, языковая ассоциация, linguoculturology, lingvokulturologiya, lingvokulturologik tadqiq, stable combination, лингвокультурология, культура, milliy xarakter, устойчивое сочетание, culture, фразеология, ibora, lisoniy assotsiatsiya, linguoculturological research, лингвокультурологическое исследование, phrase, национальный характер, linguistic association
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники