К содержанию
РецензированоRU2021

Факторы организации досуга учащихся для профилактики прокрастинации

Nilufar ABDULAZIZOVA

Общество и инновации · 2 · 227-233 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье, описаны факторы повседневной вредные привычки, деятельности учащихся. Правильная организация умственное и физическое распорядка дня, досуга учащихся, профилактика вредных совершенство, привычек учащихся. А также, как замещение свободное время учащихся. прокрастинации, – занятия музыкой, живописью, литературой, театром и другими видами искусств. Изучается содержательная организация досуга учащихся. 1 senior lecturer, Fergana state university, Fergana, Uzbekistan Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 Inson organizmi doimo oziq-ovqatni talab qiladi va ushbu ovqat hisobidan o‘zida energiya jamlaydi. Lekin turmushda shunday narsalar borki, o‘smirlik davrida organizm talab qilmasa ham, uning har narsaga qiziquvchanligidan spirtli ichimliklar ichish, tamaki va nos chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish singari zararli odatlarga o‘rganadi. Avvalo, bu odatlarni uni o‘zlashtirgan shaxs boshqarsa, vaqt o‘tishi bilan zararli odatlar shartli ravishda uni boshqaradi. Ya’ni inson o‘zi-o‘zini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi. Zararli odatlardan eng ommalashgani tamaki chekish bo‘lib, tamaki tarkibidagi zaharli modda nikotin hisoblanadi, u inson o‘pkasi uchun nihoyatda zararlidir. Bundan tashqari, tamaki tutunida oz miqdorda bo‘lsa ham sinil kislotasi, uglerod gazi, uglekislota hamda oltingugurt gazi, ammiak, azot, efir moylari bo‘ladi. Bu moddalar ham kishi organizmiga yomon ta’sir etadi. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘pka raki bilan og‘rigan bemorlarning 99 foizini chekuvchilar tashkil etadi. Chekuvchilarning yo‘talishi ularning o‘pkasida tamaki tutuni bilan kirgan zaharli moddalarning borligini ko‘rsatuvchi holatdir. Zararli odatlardan yana biri spirtli ichkiliklar iste’mol qilish bo‘lib, spirtli ichimlikni iste’mol qilish – salomatlik ofati. Buning eng yomon jihati uzluksiz ichish natijasida organizm unga o‘rganadi, kishi ichmasdan tura olmaydigan bo‘lib qoladi. Muntazam ravishda ichishga o‘rganish oqibatida esa organizm qattiq zaharlanadi va kishi ichkilikbozlik kasalligiga duchor bo‘ladi. Zararli odatlardan yana biri giyohvandlik asr vabosi sifatida tez va keng miqyosda tarqalmoqda. Narkomaniya xatarli ruhiy kasallik hisoblanadi. U odamni halokatga yetaklaydi. Markaziy asab tizimi kimyo aralashmalar (marixuna, geroin, ko‘knori va hokazolar) yordamida qo‘zg‘atish uyg‘otib, sarxushlikni hosil qiladi. Biroq buning oqibatida asab tizimining faoliyati buziladi. Shuning uchun ham xalqimizga bu xususida tushunchalar berish ularning ushbu odatlar bilan shug‘ullanishning oldini oladi. Zararli odatlarni bartaraf etishda me’yoridagi parhez, jismoniy mashq va turli sport o‘yinlari, to‘g‘ri mehnat faoliyati va dam olish tartibi muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom turmush tarzi bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi asosida hayotiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda salomatligining yuqori darajada bo‘lishiga erishishni ta’minlovchi shakl bo‘lib, u kun tartibiga rioya qilish, faol jismoniy harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish, to‘la va sifatli ovqatlanish, ovqat- lanishda gigiyenik qoidalarga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o‘zini tuta bilish va hokazo holatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Pedagogik faoliyatning ustuvor yo‘nalishi sifatida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va ularning o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi. Prezidentimiz yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texno- logiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdi. “Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi”. 228 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom tarbiyalash umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblanadi. Buning boisi shundaki, jamiyatimizning barcha a’zolarida umumiy va, o‘z navbatida, sog‘lom muhitni shakllantirmasdan turib, oliy maqsadimiz bo‘lgan huquqiy demokratik davlatni to‘laqonli barpo etib bo‘lmaydi. O‘quvchilarning sog‘lom bo‘lib

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье, описаны факторы повседневной вредные привычки, деятельности учащихся.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье, описаны факторы повседневной вредные привычки, деятельности учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp227-233, zararli odatlar, o’quvchilar bo’sh vaqti, вредные привычки, mental and physical perfection, free time of students, свободное время учащихся, умственное и физическое совершенство, aqliy va jismoniy kamolot, bad habits
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники