К содержанию
РецензированоRU2021

Педагогические основы отбора одаренных студентов и способы организации их учебной деятельности

Sayyora NISHONOVA · Mashrabkhon TAJIMAMATOVA

Общество и инновации · 2 · 64-71 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье, описаны педагогические условия, чтец, обеспечивающие эффективное функционирование талант, выявления одаренных учащихся. Отбор одаренных студент, учащихся, грамотная организация образовательной интеллект, способности. деятельности для одаренных учащихся. А также, воспитание и развитие одаренных учащихся, развитие различных талантов и особенностей учащихся. Jahon miqyosida o‘quvchilarning iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va akademik o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarda mustaqillik, ijodiy tashabbuskorlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishning pedagogik asoslarini yaratish, ijodiy salohiyatni rivojlantirishning o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiya- larini ishlab chiqish, o‘quvchilarning iqtidorini tashxis etish va ma’naviy-ruhiy qo‘llab- quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, pedagogik faoliyatning ustuvor yo‘nalishi sifatida iqtidorli o‘quvchi- larni tanlash va ularning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilarni tarbi- yalash va rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ–4306-son Qarori misol bo‘la oladi. Jumladan, “Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish zarurati mavjud” [1]. “Iqtidor” arabcha “qodir bo‘lmoq”, “qila olmoq”, shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadigan tushuncha[2], shuningdek, iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagining kuchliligi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning asosiy maqsadi respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlashdan iboratdir. Psixologik lug‘atlarda “iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: 1) iqtidor bu faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir; 2) iqtidor bu – insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosli- gini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar; 3) iqtidor bu – aqliy potensial, ta’lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual tavsifi; 65 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2022) / ISSN 2181-1415 4) iqtidor bu – tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, ularning tabiiy asoslari- ning o‘ziga xosligi va namoyon bo‘lishi darajalari; 5) iqtidor bu – iste’dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi [3]. Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror-bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy, kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi. Iqtidorli bola – bu u yoki bu faoliyat turida yorqin, ravshan, ba’zan ajoyib yutuqlar bilan ajralib turadigan (yoki bunday yutuqlarning ichki shart-sharoitlariga ega) bola. Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lib, muam- moning yoki biron-bir masalaning yechimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi. Maxsus qobiliyat egalari esa biron-bir aniq (masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat o‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bo‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar.Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar: – qiziquvchanligi; – doimo turli savollarga javob axtarishligi; – nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi; – erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob o‘qish, kompyuter va kompyuter o‘yinlariga, matematikaga qiziqishi; – yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati; – zamonaviy kompyuter texnologiyasida maqsadga intiluvchanlik va originallik; – tafakkurning unumdorligi. Pedagogik nuqtayi nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar – maktabgacha va kich

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье, описаны педагогические условия, чтец, обеспечивающие эффективное функционирование талант, выявления одаренных учащихся.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье, описаны педагогические условия, чтец, обеспечивающие эффективное функционирование талант, выявления одаренных учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp64-71, reader, talent, talaba, intellect, студент, o’quvchi, способности, iqtidor, ability, интеллект, талант, intellekt, student, чтец, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники