Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль танцевального искусства в государственных праздниках
Alibek SHOMURATOV
Общество и инновации · 2 · 227-231 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье, рассмотрены празднование различных народный, народных праздников. Которые были заложены, в праздник, национальных традициях в годы независимости и их роль в традиция, межнациональных отношениях. И их роль, в различных обряд, танец, аспектах, танцевального искусства. Рассмотрено, влияние сочинение, различных народных праздников. И их совершенствование балетмейстер, в репертуаре танцевальных ансамблей. ансамбль, режиссер. O‘zbek xalqining paydo bo‘lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zamirida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib, o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq me’yorlarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrab, taraqqiy ettirmog‘i, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i kerak. An’analar, urf- odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir. Biz ma’naviyatni, xalqning an’anasi, urf-odatlarini, bayramlarini bejizga tilga olmadik. Har bir xalqning o‘z turmush tarzi, yashash sharoiti, turli xil marosim va bayramlari va shu bayramlarida ijro etiladigan kuy-u qo‘shiqlari va bir-biridan jozibador raqslari mavjud. “Bayram” turkcha so‘zdan olingan bo‘lib, to‘y, marosim, xursandchilik degan ma’noni bildiradi. Bayram so‘zining turli talqinlari bor. Bizningcha, falsafiy ensiklo- pediyada berilgan: “Bayram – insonlar xursandchiligining yig‘indisi”,- degan talqin eng to‘g‘risi deb hisoblanadi. Bayram ijtimoiy, mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan bo‘lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealar nishonlanadi. Mustaqillik g‘oyalarini keng xalq ommasiga singdirish, ulardagi yuksak fuqarolik tushunchalarini tarbiyalashda ommaviy bayramlarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Hech qaysi teatr, hatto, eng kattasi ham ommaviy bayramlar insonga ta’sir qilganidek, ko‘plab xalq ommasiga ta’sir qila olmaydi. Shuning uchun ham ommaviy bayramlar rejissyorining jamiyat oldidagi mas’uliyati judayam katta. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettirgan “ko‘zgu” dir. Bayram insonlarning estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitgan vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek vazifalari ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor ishlatilayotgan material- larning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularni badiiy uslublar yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlarning ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka o‘tib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki bo‘ladi. Katta maydonlarda, bog`larda, ko‘chalarda o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, sayllar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib, bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi. Darhaqiqat, bayramlar millatning, jamiyatning moddiy va madaniy sohalardagi eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatib beradi. 228 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 2 № 6 (2021) / ISSN 2181-1415 “Shubhasiz, eng katta boyligimiz – xalq orasida hayotda yashab kelayotgan rango- rang raqs madaniyatidir. Aksar u zamon to‘fonlarini yengib, bizgacha yetib kelgan. U hamon ikki yo‘nalishda yashab kelmoqda: biri – ijtimoiy va maishiy hayotda xalq marosim- lari va bayramlari tarkibida namoyon bo‘lib kelayotgan chinakam xalq raqslari, ikkinchisi – malakali baletmeysterlar tomonidan yaratilgan yoki qayta ishlangan xalq raqslaridir. Bu yo‘nalishlarni bir-biridan ajratish juda qiyin. Ular muttasil bir-biriga ta’sir ko‘rsatib keladi. Xalq orasidagi raqs ijtimoiy hayot ta’siri va oqimida yangilanib, boyib boradi. Buni mustaqillik yillaridagi turli pog‘onalarda o‘tgan Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida namoyish qilingan yuzlab o‘yinlar, raqslar, kompozitsiyalarda ko‘rish mumkin. Qancha unutilgan raqslar tiklangan, ne-ne yangi raqslar kashf etilgan. Xalq o‘z qalbida, xotirasida asrab-avaylab kelgan buloqlarning ko‘zlari ochilgandek”. Darhaqiqat, mamlakatimiz, go‘zal diyorimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng u yanada gullab-yashnadi va tobora rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Bunday go‘zal va jannatmakon o‘lkada esa bir-biridan mehribon, mehmondo‘st o‘zbek xalqi yashaydi. O‘zbek xalqi qadimdan o‘zining betakror urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, turli xil marosim-u bayramlariga ega bo‘lib kelgan. Istiqlol ostonasiga qadam qo‘ygandan so‘ng esa ular yanada avj olib, takomillashib bordi. Shular orasida, ayniqsa, xalqning sevimli bayramlariga aylanib ulgurgan Mustaqillik, Navro‘z ba
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье, рассмотрены празднование различных народный, народных праздников.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье, рассмотрены празднование различных народный, народных праздников. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp227-231, ballet-maker, tradition, rejissyor, балетмейстер, праздник, folk, народный, xalq, ritual, raqs, танец, традиция, dance, baletmeyster, ensemble, обряд, режиссер, сочинение, an’ana, marosim, holiday, bayram, kompozitsiya, director, composition, ansambl, ансамбль
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026