К содержанию
РецензированоRU2021

Процветание промышленности и финансовое развитие в период второй империи во Франции

the Second Empire · Mokhichekhra BOLTAYEVA · Olim ORTIKOV

Общество и инновации · 2 · 480-487 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются изменения в кризис промышленности, промышленности и финансовых сфере второй империи капитализм, Франции в конце 19 века. Также рассмотрено переворот Новая Европа, промышленности и его влияние на политическое вторая империя, металлургическая положение Франции в Европе. Одно из основных положений промышленность. указанных в статье, – это связанность кризиса промышленности с политическим кризисом французского государства. XIX-asrning bu paytigacha Fransiya davlat boshqaruvida bir necha almashinuvlarni, inqiloblarni va keskin o‘zgarishlarni boshidan kechirgan edi. Umumyevropa doirasida sodir bo‘lgan 1847–1848-yillardagi inqirozdan keyin barcha Yevropa davlatlarida sanoatning tez o‘sish davri boshlandi. Boshqa Yevropa davlatlari qatorida Fransiyada ham XIX-asrning o‘rtalariga kelib sanoatning o‘sishi shiddat bilan borayotgan edi. Sanoatning barcha asosiy tarmoqlarida texnikaning keng qo‘llanilishi boshlandi. Metallurgiya zavodlari yog‘och yoqilg‘ilardan mineral yoqilg‘iga o‘tdi. Po‘lat eritishning ko‘rsatkichlari oshdi. 1851-yilda ko‘rgazmada namoyish etilgan 2 ming kg miqdordagi po‘lat o‘sha davr uchun katta yutuq edi. Bunday iqtisodiy o‘sish nimalarning xisobiga yuz berdi? Xashamatli Parijning qurilishi kimlarning xalokati evaziga erishildi? Ushbu savollarning javobini izlash maqsadida sirli Fransiya tarixi zarvaraklariga nazar tashlaymiz. Fransiyada bu davrda 1852-yilda Lui Napeleon III tomonidan asos solingan ikkinchi imperiya xukm surayotgan edi. Bu davrda Fransiya nafaqat siyosiy jixatdan, balki iqtisodiy jixatdan xam Yevropada Buyuk Britaniya bilan bir qatorda edi. Ikkinchi imperiya o‘zining 19 yillik faoliyati davomida tovar ishlab chiqarish xajmi ikki barobar, tashqi savdo esa uch barobar o‘sdi. Napeleon ShShSh boshqa frantsuz xukmdorlaridan farqli o‘laroq iqtisodiy o‘sish xukmronligining asosiy tayanchi ekanligini tushunar edi. Shuning uchun xam u o‘zining atrofiga M.Shevale, aka-uka Emil va Isaak Pereyri va Ferdinad de Lesseps kabi mashxur iqtisodchilar va sanoatchilarni yig‘adi. Aynan Ikkinchi imperiya davri Fransiyada sanoat inqilobi yakunlandi. Fabrikalar mamlakatning barcha iqtisodiy soxalarida paydo bo‘ldi. Sanoatdagi keskin o‘zgarishlar asosan mashinasozlikda yuz berdi.Yirik mashinasozlik zavodlari mamlakatning turli burchaklarida paydo bo‘lgandi. Bug‘ mashinalarining soni teplovoz va bug‘ paroxodlari sonini xisobga olmaganda, 4 marotaba ortdi; shuningdek ularning quvvati ham shuncha marotaba ortdi. Bu misollarning qiska izoxini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. Yillar Bug‘ mashinalarining soni Ot kuchiga teng quvvati miqdori 1852 6080 75518 1869 26221 320447 Bug‘ mashinalarining sanoatdagi korxonalarga qo‘llanilishi uch marotaba ortdi. Bu faktni raqamlarda ko‘radigan bo‘lsak, 1852-yil ularning soni 6543 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1870-yilga kelib 22851 taga yetdi. 481 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 Frantsuz og‘ir sanoatidagi aylanma mablag‘lar Iyul monarxiyasi(1830-1848) davriga nisbatan salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Ikkinchi imperiya davrida og‘ir sanoatning o‘sishi engil sanoatning bir qator muhim tarmoqlariga ta`sir qildi. Jumladan,paxtani qayta ishlash tarmog‘ini misol keltirish mumkin. Buni quyidagi jadvaldagi raqamlar orqali ko‘rish mumkin. Cho‘yan Toshko‘mir va kulrang Temir ishlab Po‘lat ishlab Paxta ishlab Yillar ko‘mir qazib olish chiqarish chiqarish istemoli chiqarish (tonnada) (tonnada) (tonnada) (tonnada) (tonnada) 4485033 445808 254167 14040 58484 1851-yil (100%) (100%) (100%) (100%) (100%) 13509745 1380965 903179 110225 124331 1869-yil (301.2%) (309%) (365%) (790%) (213%) Fransiyada sanoatning bunday o‘sishi uning Evropadagi boshqa davlatlarga nisbatan solishtirganda ancha oldinda edi. Misol uchun,1860-yilda ham Fransiya Germaniyadan ko‘proq cho‘yan ishlab chiqarar edi. Ikkinchi imperiya davrida Ko‘proq etibor temiryo‘l qurilishi soxasiga qaratildi. 1842-yilda temiryo‘llar Fransiyada deyarli yo‘q edi. 1851 yilda temiryo‘llarning uzunligi bor yo‘g‘i 2100 milya( 1 milya 1,609 km ga teng) edi. 1851–1869-yillarda temiryo‘llarning uzunligi 3.7 ming kmdan 18 ming kmgacha uzaydi. Bu demakdir,temir yo‘l tarmoqlarining uzunligi shu davr mobaynida besh marotaba ortdi. Temiryo‘l relslarini ishlab chiqarish 1851-yilda 27 mingtadan 1869-yilga kelib 271 mingtaga, lokomotivlar soni besh marotaba(1850-yilda 973 tonnadan 1869-yilda 4822 tonnaga) ortdi. Sanoatning markazlashuvi va sanoatning o‘sishi Fransiyada ishchilar sonining ortishiga ham sabab bo‘ldi. Ikkinchi imperiyaning so‘nggi kunlarida Shnayderdagi Krezo metallurgiya zavodida 10,5 mingdan ortiq ishchi ishlar edi. Zavodda parovoz, temiryo‘l relslari,lokomotiv,kema va barcha turdagi mashinalar ishlab chiqarar edi. Zavodning tovarlari nafaqat Fransiyaning o‘zida, balki Evropaning boshqa davlatlariga eksport qilinar edi. Frantsuz tarixchisi Tyurgen malumotlariga ko‘ra, zavodning yillik daromadi 60-yillarning o‘rta

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются изменения в кризис промышленности, промышленности и финансовых сфере второй империи капитализм, Франции в конце 19 века.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются изменения в кризис промышленности, промышленности и финансовых сфере второй империи капитализм, Франции в конце 19 века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp480-487, ikkinchi imperiya, кризис промышленности, capitalism, second empire, metallurgiya sanoati, industrial revolution, new Europe, Новая Европа, Yangi Yevropa, sanoat inqilobi, вторая империя, kapitalizm, металлургическая промышленность, капитализм, metallurgy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники