К содержанию
РецензированоRU2021

Структура формирования конкурентоспособности выпускников технических направлений вузов

Avaz URDUSHEV · November -/© in Science LLC. (Received in revised form of technical higher education institutions. It also provides)

Общество и инновации · 2 · 415-420 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье раскрывается структура повышения выпускник, конкурентоспособности, формирования профессиональных технология, навыков выпускников технических направлений высших ресурс, учебных заведений. Также представлены методы исследование, специалист, подготовки выпускников в соответствии с требованиями конкурентоспособность, рынка труда. структура, информационные, дидактические, инновационные технологии. Faoliyatning har qanday maqsadiga erishish uning jarayonini yetarli resurslar bilan ta’minlanishiga va ulardan maqbul foydalanishga bog‘liq. Optimallik sarflangan resurslarning minimal sarflanishi bilan maksimal mumkin bo‘lgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu xulosa bizni ta’lim funksiyalari, kompetensiyalari va komponentlarini sinxron shakllanishining pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligiga olib keldi. Texnologiya o‘qituvchi uchun mavjud bo‘lgan asosiy fanlar resurslaridan maqbul foydalanish g‘oyasiga asoslangan. Resurslarni maqsadga erishish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamma narsa sifatida tushunish odatiy holdir [1]. Texnik yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari talabalarining shaxsiy malakasi pragmatik darajadagi raqobatbardoshligini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Talabalar tomonidan vaqtinchalik manbadan samarali foydalanish, birinchi navbatda, ularni motivatsiya bilan ta’minlaydi. Talabalarni raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish istagini hal qilib, o‘qishga undash orqali biz vaqtni boshqarishning eng muhim tamoyillaridan biri - asosiy fanlarni o‘qitishni hamma uchun mazmunli va shaxsan muhim qilishiga amal qilamiz. Natijada, biz o‘quvchilarning ta’lim faoliyatini amalga oshirishga sarflagan vaqtni tejashga, ta’lim maqsadlariga tezroq erishishga va katta hajmdagi tarbiyaviy ishlarni bajarishga erishamiz. Vaqt resurslarini tejash, agar o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida o‘quv faoliyati, kompetensiyalar va mehnat funksiyalarining tarkibiy qismlarini o‘zlashtirsa, mumkin bo‘ladi.[9] I.V. Trenin fikriga ko‘ra, fanlarning mazmuni axborot resurslarini, ilmiy bilimlarni o‘z ichiga olgan, har xil ommaviy axborot vositalariga joylashtirilgan va o‘quv jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar deb ataydi [10]. Ixtisoslik fanlari funda- mental xarakterga ega bo‘lganligi sababli bo‘lajak mutaxassisning nazariy tayyorgarligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, o‘quv jarayonini ijodiy fikrlash usullari bilan boyitadi, umumiy kasbiy va kasbiy kompetensiyalarning keyingi muvaffaqiyatli rivojlanishiga, shuningdek, mehnat vazifalarini o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu esa,o‘z navbatida, bo‘lajak mutaxassislarning raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qiladi [11]. Zamonaviy sharoitda, bo‘lajak mutaxassisning sifatli nazariy tayyorgarligi asosidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan ixtisoslik fanlarning (avtomobillar nazariyasi, avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi, harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari, ichki yonuv dvigatellari) o‘rni sezilarli darajada oshib bormoqda. Ixtisoslik fanlarni o‘rganishda yaratilgan universal ilmiy baza kasbiy fanlarning keyingi muvaffaqiyatli rivojlanishiga, ishlab chiqarishdagi 416 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 innovatsion faoliyatga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Bundan tashqari, ixtisoslik fanlarni o‘qitish jarayonida talaba ma’lumotni topishni, qayta ishlashni, tuzishni va umumlashtirishni o‘rganadi. Axborot bilan ishlash qobiliyati ko‘pchilik ta’lim va kasbiy standartlarda, shuningdek, muhandislarga qo‘yiladigan xalqaro talablarda talab sifatida mustahkamlangan kasbiy faoliyatning turli, ayniqsa, nostandart vazifalarini hal qilish uchun zarurdir [12]. Shubhasiz, ixtisoslik fanlarning muhim axborot salohiyatidan foydalanish malakali va amaliy darajadagi raqobatbardosh mutaxassisni tayyorlashga yordam beradi. O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv va uslubiy resurslarni (bosma darsliklar, elektron kurslar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) o‘z ichiga olgan asosiy fanlarning didaktik salohiyatining ahamiyatini oshiradi (ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya ishlari va boshqalar) . I.V. Trenin fanlarning didaktik manbalarini o‘qitishning nazariyalari, konsepsiyalari va didaktik tamoyillari deb tushunishni taklif qiladi. O‘ylaymizki, bu taklif o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan o‘qitish texnologiyalari, shakllari, usullari va vositalarini joriy etish bilan to‘ldirilishi kerak. E.A. Budenkovaning fikriga ko‘ra, zamonaviy sharoitda elektron ta’limga ustunlik berish kerak-elektron o‘quv vositalaridan foydalanish, darslarning bir qismini elektron muhitda o‘tkazish – veb-seminarlar, maslahat suhbatlari [13]. Oliy ta’limda didaktik resurslardan samarali foydalanish muammosi Sh.X. Botasheva, Ye.А. Budenkova, L.G. Demenkova, L.S. Znikina, L. Charite [2, 3, 4, 5, 8] va boshqa chet ellik olimlar pedagogik texnologiyalar va axborot resurslarini integratsiyalashuvining turli jihatlarini tadqiq qilishdi. Bizning fikrimizcha, zamonaviy sharoitd

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье раскрывается структура повышения выпускник, конкурентоспособности, формирования профессиональных технология, навыков выпускников технических направлений высших ресурс, учебных заведений.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье раскрывается структура повышения выпускник, конкурентоспособности, формирования профессиональных технология, навыков выпускников технических направлений высших ресурс, учебных заведений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, resource, информационные, дидактические, specialist, выпускник, didaktik, information, технология, didactic, research, competitiveness, structure, конкурентоспособность, ресурс, raqobatbardoshlik, innovative technologies, technology, bitiruvchi, tadqiqot, инновационные технологии, исследование, mutaxassis, resurs, innovatsion texnologiyalar, специалист, tuzilma, axborot, texnologiya, структура, graduate
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники