Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль родителей в подготовке молодежи к семейной жизни
Aziza KOMILOVA
Общество и инновации · 2 · 437-441 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлена информация по обучению семья, взрослых и молодых людей семейной жизни, родители, формированию у них психологии здоровых отношений, ребенок, проявлению у мальчиков и девочек культуры, духовности, воспитание, психология, таланта, ответственности в воспитании детей, изменению, окружающая среда, стремлению, интересу со стороны родителей, здоровые отношения. формированию личности ребенка в семье, подготовке их к семейной жизни. O‘sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to‘laqonli qabul qilishi, o‘z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo‘lib yetishishida oilaning o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Darhaqiqat, oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Oilaviy hayotga kattalarni va yoshlarni o‘rgatish ularda sog‘lom munosabatlar psixologiyasini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ota-onadagi madaniyat, ma’naviyat, iste’dod, mas’uliyat, kezi kelganda, o‘g‘il-qizlarda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalardagi o‘zgarish, intilish, qiziqish ota-ona tomonidan nazorat qilinishi ayni muddaodir. Oila jamiyatning bir bo‘lagi, shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash oiladan boshlanadi. Oila tarbiyasi deganda, ota - ona, oiladagi katta kishilar, buva va buvilar, aka -opalar va shu kabilar tomonidan bolalarning to‘g‘ri, milliy axloq-odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim. Bola kelajakda qanday inson bo‘lib yetilishi ko‘p jihatdan bolani qurshab turgan oila a’zolari: ota-ona, aka- opa va boshqalarning muomala – munosabatlari, xulq -atvoriga, tartib –intizomiga bevosita bog‘liqdir. Xalqimiz: “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, – deb bejiz aytmagan. Oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash mustahkam poydevorli jamiyat barpo etishning garovidir. Farzand har bir xonadonga ato etilgan oliy ne’matdir, ushbu ne’matni har tomonlama rivojlantirish har birimizning zimmamizdagi eng asosiy burchlarimizdan biri hisoblanadi. Uni asrab–avaylab, chiroyli tarbiyalab kamolga yetkazish esa bu ne’matning oliy maqsadidir. Farzandlarimizni yomon xulq, buzuq g‘oyalardan fikrini toza, musaffo saqlashimiz, ularga to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishiga yordam berishimiz, qo‘rqmay olg‘a qadam tashlashlari uchun imkon yaratib berishimiz zarur. Ota-onalar o‘z farzandlariga chiroyli odobdan ko‘ra yaxshiroq narsani bera olmaydilar. Buning uchun har bir ota-ona o‘zlari bunday tarbiya egalari bo‘lishlari kerak. Har bir ota-ona o‘z farzandlaridagi hislarni hayot davomida shakllantirib boradilar. Masalan: qo‘rquv, xavotirga tushish, uyatchanlik, hatto, yig‘lay olmaslik hissini ham ota- onalar shakllantiradilar. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizda faqat yaxshi hislarni shakllantirishga harakat qiling. Ularda har bir narsaning yaxshi tomonini ko‘rishga, ulardan zavq olishga, o‘z fikrini,hattoki, xato bo‘lsa ham ayta olishga, xandon otib kulishiga imkon yarating. Faqat me’yor qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirishni bola ongiga singdiring. Bolani har doim yaxshi gaplar bilan rag‘batlantiring. Farzand tarbiyasida har bir lahza, har bir harakat e’tiborga olinishi, tahlil etilishi lozim. Bu haqida mashhur olim, doktor Toriq al-Habibiy shunday yozadi: “Farzandingiz ko‘p yolg‘on gapiradimi, demak, siz uni haddan tashqari qattiq hisob-kitob qilib tergaysiz. Agar u sizga ishonmasa, siz uni shijoatlantirmayotgan ekansiz. Farzandingiz so‘zlashishni bilmaydimi? U bilan suhbatlashishga alohida e’tibor qarating. U o‘g‘rilik qilyaptimi, demak, 438 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 siz unga sovg‘alar, hadyalar bermas ekansiz”. Doktor Toriq al-Habibiyning ta’kidlashicha, farzandning qo‘rqoqligi, ota-onaning uni ko‘p himoya qilishi bilan bog‘liq ekan. Bundan tashqari, ota-onaning o‘z farzandi bilan baland ovozda gaplashishi, bolaning boshqalarni hurmat qilmasligiga olib kelar ekan. “Farzandingiz doim darg‘azabmi? Demak, siz uni maqtab turmas ekansiz. Farzandingiz baxilmi? Demak, siz u bilan sherik, hamkor bo‘lmas ekansiz. Farzandingiz boshqalarga zulm qiladimi? Demak, siz ham qo‘pol ekansiz. Farzandingizning shaxsiyati zaifmi? Demak, siz doim do‘q-po‘pisa bilan muomala qilar ekansiz. Farzandingiz jonsarakmi? Demak, siz hadeb muhlat qo‘yaverar ekansiz. Farzandingiz sizdan o‘zini olib qochadimi? Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, quchmas ekansiz. Farzandingiz sizga itoat qilmaydimi? Demak, siz talabni juda kuchaytirib yuborar ekansiz. Farzandingiz boshqalarga aralashmaydigan odamovi bo‘lib qolganmi? Demak, siz ish bilan haddan tashqari band ekansiz”,- deb yozadi. Ota-ona bolaning vaqtini to‘la qamrab oladigan zarur va manfaatli mashg‘ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o‘sha mashg‘ulotlar bolaning ongini rivojlantiruvchi bo‘lishi shart. Bolaning tarbiyasida jamiyat nasihat qiluvchi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi va taraqqiy ettiruvchi vazifasini egallab kelgan. Otaning farzandini atrofdagi tengdoshlariga yoki qo‘shni bolalarga solishtirishi tarbiyadagi xato hisoblanadi, chu
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлена информация по обучению семья, взрослых и молодых людей семейной жизни, родители, формированию у них психологии здоровых отношений, ребенок, проявлению у мальчиков и девочек…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлена информация по обучению семья, взрослых и молодых людей семейной жизни, родители, формированию у них психологии здоровых отношений, ребенок, проявлению у мальчиков и девочек… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp437-441, family, окружающая среда, семья, nurture, воспитание, ota-ona, здоровые отношения, oila, psixologiya, психология, parents, psychology, case, environment, bola, sog`lom munosabat, tarbiya, родители, child, muhit, healthy attitude, ребенок
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026