К содержанию
РецензированоRU2021

Причины и факторы негативных изменений в поведении у детей 3-7 лет

Nodima ORIPOVA · Surayyo NE’MATOVA

Общество и инновации · 608–612 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются причины негативных воспитание, изменений в поведении детей дошкольного возраста образование, (3-7 лет) и особенности развития детей в этом возрасте. семья, адаптация, кризис, наследственность, поведение. Mamlakatimizning rivojlangan davlatlar safiga qo‘yayotgan shaxdam qadamlari har bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ham kuzatilmoqda. Uzluksiz ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limga bo‘lgan e’tiborning yuqoriligi kelajakda mamlakatimizni yanada rivojlantirishga imkon yaratadi. Yosh avlodning ta’lim sohasida ilk qadamlarining qamrovini oshirish maqsadida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari” sonini oshirish va bolalarning tashkilotga qamrovini kengaytirish muhim vazifa etib belgilanganligi buning yaqqol dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ–3955 son qaroriga ko‘ra respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, shu asosda qator ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda. Bolalarning maktabgacha ta’limga qamrab olinishi har tomonlama foydali va samarali vazifadir. Chunki buning ortida bolaning ta’lim-tarbiya olishi bilan birga ota-onasining erkin faoliyat olib borishi ham yotadi. Odatda bolalarning yangi muhitga moslashib olishlari biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli bugungi kun tarbiyachi pedagoglarining zimmasidagi dolzarb muammolaridan biri maktabgacha yoshdagi bolalar xulq-atvoridagi qator salbiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi [1-3]. Bolalarning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri maktabgacha davr deb nomlanib bu davr asosan oila va maktabgacha ta’lim tashkilotida kechadi. Bu davrda bolada jadal rivojlanish jarayonlari bo‘lishini inobatga olib, uniuch davrga kichik maktabgacha (3 yosh), o‘rta maktabgacha davr (4-5 yosh), katta maktabgacha davr (6-7 yosh) larga ajratish mumkin. Maktabgacha davrda bolalarda turli mustaqil faoliyatlar shakllanadi. Chunki maktabgacha davr bolalikning katta bir qismini tashkil etadi va bola hayotiga qator yangiliklarni olib kiradi. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotiga chiqqach, ko‘plab yangi do‘stlar orttiradilar, yangi bilimlar o‘zlashtiradilar, kishilar bilan munosabatlarning yangi bosqichini egallay boshlaydilar. Shu sababli bolalar xulq-atvorida qator o‘zgarishlarga duch kelamiz. Bugungi kunda bunday o‘zgarishlarga sabab qilib, quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. 3 yosh inqirozi (inson hayotidagi ikkinchi krizis); 2. Oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar (notog‘ri tarbiya, ota-onalarning uquvsizligi); 3. Fiziologik hususiyatlar (kasalliklar, nuqsonlar); 4. Yangi ijtimoiy munosabatlar (kattalar, tengdoshlar); 5. Tashqi faktorlar (OAV, telefon, internet va boshq). Bolaning ulg‘ayishi, maktabgacha davrning boshlanishida ya’ni bolalikning 4-yilida (3yosh) inson hayoti davomidagi ikkinchi inqiroz yuz beradi. Bizga ma’lumki boladagi “Ilk inqiroz” uning tashqi muhitga moslashishi bilan kechib, chaqaloqqa qaratiladigan katta e’tiboruning bu jarayonga oson adaptatsiya qilishi bilan yakunlanadi. Bolaning 183 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 3 yoshga to‘lishi unda ilk bolalik davrining yakunlanishi hisoblanadi [4-7]. Psixologlar inson psixikasi rivojlanishining o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, inson tug‘ilgandan to yetuklik davrigacha sodir bo‘ladigan murakkab psixik rivojlanishni 3 yoshda kechishini ta’kidlaganlar. Bolada barcha bilish jarayonlari o‘sadi, sezgirlik, diqqat va xotiraning hajmi kengayadi, ko‘rgazmali tafakkur o‘rnini mantiqiy tafakkur egallaydi. Ammo bolalar psixikasida qator salbiy o‘zgarishlar ham kuzatiladi. Shaxsiy “men”ni anglash bosqichi hisoblangan 3 yoshda ko‘pchilik bolalar kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarni o‘rnatishda qiyinchiliklarga duch keladi. Olimlarning fikricha bu bosqichda negativizm ya’ni bolalarning boshqa kishilar bilan munosabatlarida salbiy reaksiya kuzatilib bola kattalarga bo‘ysunishni istamaydi. Shuningdek bu yoshda bolalarning yangi jamoaga yangi ijtimoiy muhitga tushib qolishi ham ularning ruhiyatida bir qator o‘zgarishlarni yuzaga olib chiqadi. Bolalarda injiqlik, qaysarlik, o‘zboshimchalik, kattalarni qadrsizlantirishga urinish, e’tiroz bildirishlar va bolalar zo‘ravonligi kuzatilib, bunday bolalardan ko‘pincha “men o‘zim”i borasini eshitish mumkin. 6-7 yoshli bolalarda esa tishlarning almashishi, yuz qiyofasining o‘zgarishi, bola tanasining tez o‘sishi, organism chidamliligining ortishi, mushaklarning quvvatga to‘lishi harakatlar muvozanatining takomillashuvi kuzatiladi. 3 yosh inqirozi davrida bolalar o‘zining mavjudligini, “men”ini anglab yetgan bo‘lsa bu yoshga kelib ijtimoiy munosabatlardagi o‘z o‘rnini topishga harakat qila boshlaydi. Ya’ni mavjudlikdagi “men”dan ijtimoiy “men” sari harakatlana boshlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z o‘ziga “men

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются причины негативных воспитание, изменений в поведении детей дошкольного возраста образование, (3-7 лет) и особенности развития детей в этом возрасте.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются причины негативных воспитание, изменений в поведении детей дошкольного возраста образование, (3-7 лет) и особенности развития детей в этом возрасте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
upbringing, education, наследственность, family, adaptation, хulq-atvor, семья, поведение, кризис, behavior, oila, образование, irsiyat, adaptatsiya, heredity, Tarbiya, crisis, ta’lim, Воспитание, адаптация, inqiroz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники