К содержанию
РецензированоRU2021

Поток сознания и сюжетные отношения (На примере романа «Лолазор»)

Bekzod KARSHIYEV · by Murad Muhammad Dost. (Tashkent State Agrarian University) · May -/© in Science LLC. (Tashkent State Agrarian University)

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье описаны изменения в узбекском романе более поток сознания, позднего периода, художественный сюжет и его типы, хронический сюжет, взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в ассоциативный сюжет, произведениях, основанных на восприятии главного героя ретроспективный сюжет, концентрический сюжет, романа «Лолазор» Мурада Мухаммада Доста. художественный характер. Badiiy idrokning sujet turlariga o‘ziga xos munosabati mavjud. Ong oqimi asarlarida sujetning asosan ikki turi ko‘proq uchraydi. Ular assotsiativ va retrospektiv sujetlardir. “Lolazor” romanida ham asosan shu sujet turlari uchraydi. O‘zbek adabiyotshunosligida sujet muommolari va ularning turlari birmuncha o‘rganilgan. Adabiyotshunos A. Rahimov o‘zining “Roman janrining taraqqiyotiga doir” maqolasida sujetning to‘rt turini ko‘rsatadi: xronikali sujet, retrospektiv sujet, konsentrik sujet va assotsiativ sujet. “Sujet qurishning barcha tip va vositalarining murakkab darajada uyg‘unlashuvi, – deydi tadqiqotchi shu maqolasida, – ayniqsa, voqealarni xronikali hikoya qiluvchi va retrospektiv tiplarining assotsiativ sujetga singib ketishi hozirgi adabiyot uchun xarakterlidir” [4, 7]. Darhaqiqat, ong oqimi asosiga qurilgan asarlarda sujetning boshqa turlari assotsiativ sujetga singib ketadi va u asosiy sujetga aylanadi. Assotsiativ sujetni qahramonning tashqi voqea-hodisalardan olgan tasavvuri, taassurot va kechinmalari tashkil etadi. Asar sujeti qahramon shuuriga aynan ta’sir etib turgan yoxud xotirlanayotgan narsa, voqea-hodisalar, ularga qahramon munosabati, xullas, personajlarning butun ichki ruhiy dunyosini qamrab oladi. Bu esa o‘z navbatida asar kompozitsiyasining, tasviriyligining o‘ziga xosligini belgilaydi, endi voqea-hodisalar ikkinchi navbatga o‘tib qoladi, ularning xronologik mutanosibligi ba’zan ahamiyat kasb etmaydi, buning natijasi o‘laroq an’anaviy tasvir o‘z yukini torta olmay qoladi. Fikr o‘jarliklari, kutilmagan assotsiatsiyalar, g‘ayri shuuriy og‘ishlar tasviri ehtiyoji tug‘iladi. Epik xarakterdagi voqea-hodisalar xira, noaniq tus olishi natijasida ular go‘yo bir-biriga bog‘lanmagandek taassurot tug‘diradi, aslida esa ular ichki tugallik, tadrijiy konseptuallik kasb etadi. “Lolazor”ning “Bemor” boblari, ma’lumki, Nazar Yaxshiboyev ong oqimi mahsulidan iborat bo‘lib, assotsiativ sujet asosiga qurilgandir. Bu eng avvalo M.M. Do‘stning rivoyada odatiy tasvir yo‘lidan bormaganligida ko‘rinadi. “Bemor” boblarida o‘zimiz ko‘nikib qolgan sujet, kompozitsiya qurilishlari, xronologik mutanosiblik asosida hikoya qilinadigan voqea-hodisalar silsilasi, an’anaviy tasvir usullarini uchratmaymiz, balki qahramon ong oqimiga asoslangan personajlar fikr jarayoni ifodasiga duch kelamiz. Ularda barcha detallar, xoh ular maishiy-naturalistik, xoh geografik, iqtisodiy, siyosiy, diniy tarixiy bo‘lsin ana shu fikr oqimiga singdirilgan hodisalardir. “Bemor” boblari markazida Nazar Yaxshiboyevning bir haftalik shifoxonadagi hayoti turadi, yetti bob davomida uning ikki qatlamdagi – tashqi va ichki dunyosi tasvirlanadi. Uning turish-turmushi, xatti-harakatlari, ma’lum paytdagi tutmishi, mashg‘uloti, uchrashuv, suhbatlari tafsilotlari unchalik ahamiyat kasb etmay, yozuvchi diqqat markazida assotsiatsiyalarga asoslangan ong oqimi, ichki nutq shakllari bo‘lgan 109 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 ichki monolog va dialoglar turadi. Kasalxonadagi so‘nggi hafta ichida Nazar Yaxshiboyev umr sarhadini hisob-kitob qiladi, xotirasidagi va shu kunlarda bevosita shuuriga ta’sir etyotgan tevarak-atrofini, yaqinlari, oila, bola-chaqa, yor-do‘st, qadrdon, do‘st-u dushmanlarini bir-bir tasavvuridan o‘tkazadi. Uning ong oqimi doimo harakatda, shuuriga ta’sir etayotgan, atrofdan do‘l kabi yog‘ilayotgan taassurotlarga javob izlaydi, baholaydi, munosabat bildiradi. Uning tafakkur dengizi joriy va xotiraviy voqea-hodisalarni qamrab oladi, xilma-xil ikir-chikir, turfa detal va assotsiatsiyalar bilan hozirgi va xotiraviy hayot parchalari tiklanadi, u o‘z shuuri asosida makon va zamonni his etadi: “Barisi xastalik oqibati, deb o‘yladi, tan og‘rimaydi, lekin xastalik borday, har holda, kasalxonada, kasal yotadigan palatada yotibman, bosh tarafdagi to‘mba ustiga shisha idish qo‘yilgan, idish ustiga bir parcha doka sirilgan, doka o‘rtasidan kichkina teshik o‘yilgan-u, o‘sha teshikdan ikki-uchta termometr dikkayib chiqib turibdi, demak, mening xastaligim aniq”[3, 214]. Ko‘rinib turibdiki, qahramon so‘zlayotgani yo‘q, uning ong oqimi harakatda, xolos. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Xotiralar esa turli assotsiatsiyalar asosida tiklanadi. Ular shunchaki tiklanib, yo‘qolib ketavermaydi, balki taassurot va kechinma tarzida ma’lum iz qoldiradi. Taassurot va kechinmalar assotsiatsiyalar uyasida joylashib, ma’lum turtki tufayli go‘yo suvga tosh tushgandagi kabi doiralar hosil qilib taraladi, buning natijasida mazkur hodisa boshqa hodisalar bilan yaqinlashadi, ular bilan tutashib

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье описаны изменения в узбекском романе более поток сознания, позднего периода, художественный сюжет и его типы, хронический сюжет, взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в ассоциативн…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье описаны изменения в узбекском романе более поток сознания, позднего периода, художественный сюжет и его типы, хронический сюжет, взаимосвязь сюжета и потока сознания, роль сюжета в ассоциативн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), ассоциативный сюжет, chronic plot, хронический сюжет, assotsiativ sujet, concentric plot, retrospektiv sujet, xronikali sujet, художественный характер, fiction character, концентрический сюжет, retrospective plot, flow of consciousness, konsentrik sujet, badiiy xarakter, ong oqimi, ретроспективный сюжет, поток сознания, associative plot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники