Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Выражение национальных традиций в культуре Востока и Запада
Makhliyo SAIBNAZAROVA
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается культура Востока и Запада, культура, значение традиций, их ценность и вклад в развитие страны, а ценность, также становление каждого человека как личность только предки, под влиянием общественных отношений того времени. национальное достояние, наследство, Выявлено также, что исторический опыт, культурное опыт, наследие создаются, собираются и передаются из поколения в индивид. поколение под влиянием национальных ценностей. Milliy urf – odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug`iladi, har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum normada yo‘l-yo‘riqlarini yaratadi. Bu norma va yo‘l-yo‘riqlar avloddan-avlodga o‘tish bilan takrorlanib, urf-odatlar va an'analarga aylanib qoladi. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, hamda uni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkordir. Bu noyob iste’dod sohibi XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o‘rin egallaydi. Abdulla Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g‘oya doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti xuddi ko‘z oldimizda turgandek tasvir etiladi, bu asarlarning sujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali. Bu asarlarning xalqqa manzur bo‘lgani bejiz emas. Abdulla Qodiriyning prozasi g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan xalqning boy va ajoyib tilini g‘oyatda yaxshi bilganligi yaqqol seziladi; uning romanlari go‘zal til bilan yozilgan. U tug‘mа epik yozuvchi, keng kо‘lamdagi realistik san’atkordir. Abdulla Qodiriy ning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta’qibu tahdidlar ichida o‘tdi. Rostgo‘y adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho‘ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko‘rsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum”da bosilgan “Yig‘indi gaplar” hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun “aksilinqilobiy harakat qilganlik”da ayblanib qamoqqa olinadi, turli bo‘htonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib o‘z sha’nini himoya qiladi. “Obid ketmon” qissasi ham sho‘ro mafkurachilariga ma’qul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; “ideologik buzuqliklar va xatolar”ga to‘la, “siyosiy tutruqsiz” asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlari esa asosiy ma’nosi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg‘usi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar bo‘lib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar sho‘ro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida keskin qoralandi. 30 yillar o‘rtalariga kelib, qatag‘on kampaniyasi avjiga chiqdi. Nihoyat, A. Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni hibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi so‘roq- tergov, qiynoq, xo‘rlikdan so‘ng Cho‘lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy hibsga olingach, asarlari “zararli” sanalib o‘tda yoqildi, kutubxonalardan yo‘qotildi, ularni o‘qish taqiqlandi. 181 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 Yozuvchining o‘zidan qo‘shishi (ruscha aytganda, вымысел) adabiy asarda katta rol o‘ynaydi. Lekin men turmushda ko‘rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa yozmayman. Har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sabab bo‘ladi… Men materiallarni o‘rganish mahalida asarni qaysi xilda yozish haqida bosh qotirib yuraman. Shuning natijasida men o‘zimcha asarimning juda ham taxminiy sxemasini tuzib olib, keyin ishga tushaman. Shunday sxema bo‘lmasa, hech qachon yozuvga o‘tira olmayman deydi u. Barchamizga ma’lumki, ijodkor o‘zining “O‘tkan kunlar” asari bilan o‘zbek romanchiligiga salmoqli hissa qo‘shdi va romanchilikka asos soldi. Milliy ruhni to‘laqonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror bir vosita badiiy adabiyotga tenglasha olmaydi. Buni chuqur anglab yetgan adib “O‘tkan kunlar” romanida mana shu milliy ruh nafasini singdirdi. Va aynan shu milliy ruh asar qahramonlarining taqdirlarida ham o‘z ifodasini topdi[1]. Davlatimiz rahbari ham adabiyot haqida gapirar ekan milliy adabiyot, avallo milliy ruhni aks ettirmog‘i lozimligini bot-bot o‘z nutuqlarida takrorlab keladilar. Hozirgi davr adabiblaridan ham o‘zi yaratayotgan asarlarida milliy ruh nafasini har bir qahramonlar timsoli va taqdirlarida namoyon qilishlari lozimligini, milliy ruhini saqlab qolgan millat esa abadiy yashashini alohida ta’kidlaydilar. Xon zamonlari va mustabid shurolar hukmronligi davrida
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается культура Востока и Запада, культура, значение традиций, их ценность и вклад в развитие страны, а ценность, также становление каждого человека как личность только предки, под вл…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается культура Востока и Запада, культура, значение традиций, их ценность и вклад в развитие страны, а ценность, также становление каждого человека как личность только предки, под вл… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- culture, ancestors, experience, madaniyat, национальное достояние, heritage, value, tajriba, наследство, ценность, individ, индивид, ajdodlar, individual, культура, предки, national treasure, meros, опыт, qadr-qimmat, milliy qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026