Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIYOTDA FAXRIYA AN’ANA VA IZDOSHIYLIK HAQIDA TUSHUNCHALAR
Ismatova Mohigul To’yevna · Sayfi Saroyi · Alisher Navoiy
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
Fakhriya is a type of literary art that is widespread in Eastern classical literature, and consists of one verse in small lyrical poems, and several verses in large-scale works: odes and epics. Honorary poems are usually written by poets who have achieved a certain status in poetry in the form of verses that are proud of the poet's talent level, the artistic excellence of his works, and his achievements and fame. Key words: honor, Eastern literature, genre, art, Arabic literature, Persian literature, Sayfi Sarayi, Atoyi, Alisher Navoi, Ubaydi. ПОНЯТИЯ ПОЧЕТНЫХ ТРАДИЦИЙ И ДИСЦИПЛИНАРНОСТИ В ЛИТЕРАТУРЕ Аннотация. Фахрия — вид литературного искусства, широко распространенный в восточной классической литературе. Состоит из одной строфы в небольших лирических стихотворениях и нескольких строф в крупных произведениях: одах и эпосах. Почетные стихи обычно пишутся поэтами, достигшими определенного статуса в поэзии, в виде стихов, которые гордятся уровнем таланта поэта, художественным совершенством его произведений, его достижениями и славой. Ключевые слова: честь, восточная литература, жанр, искусство, арабская литература, персидская литература, Сайфи Сарайи, Атойи, Алишер Навои, Убайди. Sharq adabiyotida faxriya janrining ilk ildizlari arab adabiyotida qasida janri tarkibida vujudga kelgan bo‘lib, ularda dastavval muayyan insoniy fazilatlarni qayd etish, ularning boshqa maxluqotlardan aql, idrok, adolat va qahramonlik kabi sifatlar bilan ajralib turishi faxr bilan aytilgan. Keyinchalik esa shoirlar o‘z qabilalari, avlodlarining sha’nini turli da’vo va janglarda himoya qilish uchun faxriyalarga murojaat qilganlar. Arab adabiyotida ilk faxriyanavis shoir sifatida Abu-t- Toyyib Ahmad ibn al-Husayn Mutannabiy nomi tilga olinadi. Uning deyarli barcha she’rlarida o‘zi haqidagi e’tiroflar u yoki bu shaklda namoyon bo‘ladi. Arab shoiri boshqa ijodkorlar orasida yuqori martabalik, ulug‘lik va buyuklikni da’vo qilar ekan, o‘z shijoati, g‘ayrati, nozik tab’ligi hamda fasohat va balog‘atini baland pardalarda faxr bilan badiiy talqin etadi. Arablarda shakllangan bu hodisa fors-tojik adabiyotida ham namoyon bo‘ldi. Biroq faxriyalarning mavzu doirasi kengaya bordi. Faxriyalarda faqat ijodkor va uning asarlariga tegishli fazilatlar emas, balki o‘zlari yashagan davr sulola vakillari va podshohlar, ular bino qilgan 1 04 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ me’moriy obidalar, ularning shaxsiy fazilatlari va insoniy sifatlarini ham g‘urur bilan kuylandi. Xususan, Abulqosim Firdavsiy o‘z “Shohnoma”si orqali fors tiliga qayta jon bag‘ishlagani, u barpo qilgan obida asrlar va zamonlar sinovlariga bardosh berishini, sira zavol ko‘rmasligini e’tirof etsa, Hofiz Sheroziy she’rlarining ohangi va jozibasi kashmirliklar va turklarni raqsga tushishga majbur qiladi deb yozadi. O‘zbek mumtoz adabiyotida faxriya namunalarini Atoyi ijodida ham uchratish mumkin .Jumladan: Atoyi so‘zlari lutfiga yetmaguncha kishi, Kamol-u zehn-u zarofatni ko‘rmagantek edi. Yoki Quloq solsang Atoyi so‘zlariga, Nisor etgay sanga yuz durri maknun. Ma’lumki, Atoyi zamonasining eng iste’dodli shoirlardan biri bo‘lgan. Baytdagi “Atoyi so‘zlari” - bu shoir qoldirgan ma’naviy merosiga ishora. "Kamol" – ma’naviy komillik sifati, "zehn" – aql, "zarofat" – noziklik. Demak, dastlabki baytda “Atoyi so‘zlari” ma’nosiga yetmagan kishi ma’naviy komillikka erisha olmaydi, deydi shoir. Ikkinchi baytdagi "durri maknun" – yashirin, noyob go‘zallik. Shoir bu birikma orqali o‘z asarlarining inson hayotidagi ta’sirini ko‘rsatadi. Agar uning so‘zlariga quloq solsang, senga yuzlab yashirin ma’naviy xazinalarni taqdim etadi, -deydi shoir. Yana o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili Sayfi Saroyi ijodida ham faxriyalarni uchratish mumkin. Jumladan: Alarning ush biri Sayfi Saroyi, Jahon oriflarining xoki poyi. Ani sen jumla shoir kamtari bil, Qamar yuzga hamisha mushtari bil. Sayfi Saroiy o‘z ijodini bilan faxrlanar ekan, o‘zini “jahon oriflari”ning “xoki poyi” deya ta’riflaydi. Ikkinchi baytdagi “qamar” va “mushtari” so‘zlari bilan o‘z she’ridagi ma’naviy go‘zalliklarga ishora qiladi. O‘zbek mumtoz adabiyotning asoschisi Alisher Navoiyning turli asarlari tarkibida ham faxriya baytlarni uchratishimiz mumkin. Shoir deyarli barcha ijod namunalarida o‘z iste’dodini Allohning inoyati va lutfi sifatida baholasa-da, mana shu “in’om”dan faxrlanish hissini o‘z baytlariga singdirib ketadi. Jumladan, Ey Navoiy, oltinu shingarfu,zangor istama, Bo‘ldi nazming rangidin devon qizil,sorig‘,yashil. Baytda Alisher Navoiy o‘z ijodini, ya’ni nazmining rangin va go‘zalligidan faxr etadi. U "oltinu shingarfu" bilan shodlanishni istamaydi. Chunki nazmining rangidan "devon qizil,sorig‘,yashil" bo‘ldi. Mazkur tashbeh orqali shoir devoni rang- barang mavzular, tashbehlar va badiiy san’atlar bilan bezatilganligini ta’kidlaydi va o‘z ijodiga kamtarona baho beradi. Boshqa bir g‘azalda esa: Ey Navoiy, muta’kidsan qayda ko‘rsang pok yu
Доказательный фрагмент
«Fakhriya is a type of literary art that is widespread in Eastern classical literature, and consists of one verse in small lyrical poems, and several verses in large-scale works: odes and epics.»
Образец извлечения
Демо-превьюFakhriya is a type of literary art that is widespread in Eastern classical literature, and consists of one verse in small lyrical poems, and several verses in large-scale works: odes and epics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- honor, Eastern literature, genre, art, Arabic literature, Persian literature, Sayfi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026