Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHANG CHOLG’U ASBOBIDA IJRO ETISHNING METODIK KO‘NIKMALARI.
Qodirberganova Dilrabo San’atovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In the article, the performance possibilities, improvements, lines, and famous performers of our national musical instrument "chang" are widely covered. Methodological possibilities are mentioned and revealed pedagogically. Key words: dust, instruments, performance opportunities, Uzbek folk instruments, professional, specialized art school. МЕТОДИЧЕСКИЕ НАВЫКИ ИСПОЛНЕНИЯ НА ИНСТРУМЕНТЕ. Аннотация. В статье описаны возможности исполнения, усовершенствования, черты, известные исполнители нашего национального музыкального инструмента «чан». Указаны и педагогически раскрыты методологические возможности. Ключевые слова: пыль, инструменты, исполнительские возможности, узбекские народные инструменты, профессионал, специализированная художественная школа. Jahonda turli xil millatlar, turli xil urf-odatlar shu jumladan o’sha davlatlarning milliy musiqa sa’natlari, ko’ngil torlarini jumbushga keltiradigan chexirli ohanglari va milliy cholg‘u asboblari mavjud. Shu jumladan “o’zbek” xalqining ham o‘ziga xos milliy cholg’u asboblari bo’lib ularning sehirli ohanglari xozirgi kunga qadar butun dunyo axlining hayratiga sazovor bo’lib kelmoqda. O’zbek xalq cholg’u asboblarining o‘ziga xos ovoz sehri mavjud, misol tariqasida milliy cholg’ularimizdan biri “Chang” cholg’u asbobiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak hattoki uzoq o’tmishda ham “chang “ cholg’u asbobining sehrli ovozi insonlarning ko’nglidan chuqur joy egallagan. Hattoki Alisher Navoyi bobomiz xam o’zlarining “Sab’ai Sayyor” asarida “chang” cholg’u asbobiga quyidagicha ta’rif berganlar Sar qad olsa erdi maydin kom Nastarinni chu aylabon gulfon Chang olib torini tuzor edi Lek jon rishtasin uzor edi! Demagil chang, soliqni xam qad Chang qadrlar bila bo’lib xam qad i Bo’libon suluqdin muxbir, Bosh qo’yilikda bo’lmog’I zokir. 3 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ko’xna Buxoroda yaratilgan Darvesh Ali Changiyning (XVIIasr)musiqa san’atiga bag’ishlangan risolasida Markaziy osiyoning yirik shaharlarida mavjud bo’lgan cholg’ular xamda mohir soz ijrochilarixaqida nodir ma’lumotlar berilgan. Risolada chang cholg’ulari homiysi –Zuhroga bag’ishlangan va 14 bosqichli chang cholg’usi ta’riflangan. Bu xildagi chang cholg’usining bir nusxasi bizgacha yetib kelib Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatib kelayotgan xalq cholg’ulari muzeyida saqlanib kelmoqda [1] XIX asrning ikkinchi yarmi XX arning boshlarida barcha o’zbek xalq cholg’ulari qatori chang cholg’usi xam musiqiy ijrochilik amaliyotida keng qo’llanila boshladi. Uztoz shogirt an’analari natijasida moxir chang cholg’uchilari yetishib chiqqan davr xam bo’lgan. Marg’ilonlik Usta Olim Komilov, Namanganlik Usta Ro’zimat Isamatov, Xorazmlik Matyusuf Xarratov, Toshkentlik Faxriddin Sodiqov shular jumlasidan.[2] Xorazmda mashhur xalq sozandasi, bastakor Matyusuf Xarratov chang takomillashtirish ustida sabot bilan ishlashadi. Izlanishlar natijasida Matyusuf Xarratov sozandalar Faxriddin Sodiqov, Fozil Xarratov va Axmadjon Odilovlar bilan xamkorlikda changing yuqori pardalarini qo’shimcha torlar va xarraklar xisobiga kengaytiradi. Chang cholg’usining yangi nusxalarini yaratish Sa’natshunoslik instituti tasarrufidagi musiqa ustaxonasining ustalari: U.Zufarov, Z.Zokirov, S.Y.Dedenkolarning zimmalariga yuklanadi.Yangi nusxadagi chang taniqli ijrochi xamda tatqiqotchi –Ashot Ivanovich Petrosiyans tashabbusi bilan Toshkent musiqa bilim yurtida va u raxbarlik qilayotgan O’zbekiston Davlat Filarmoniyasining o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida sinaladi va ma’qullandi(1943 y.).[3]Natijada chang cholg’usi ta’lim tizimiga kiritilgan. Shoakbar Shoakramov, Abdusamat Ilyosov, Ashraf Ashrapov, Muxammadjon Rasulov va Axmad Odilovlar o’quv dargohida ta’lim olgan birinchi ijrochilardan bo’lishadi. A.I.Petrosiyans rahbarligi ostida bir guruh soz ustalari va sozandalar : Usta Usmon Zufarov ,S.Y Dedenko, M.Xarratov , A.Odilov. F. Xarratov chang cholg’usini yanada takomillashtirishga erishadilar. Uning tovushqator tizimi asosiga xramotik tovushqator, ya’ni o’n ikki bosqichli ravon oraliqlarga bo’lingan tovushqator qabul qilinadi.[4] Takomillashtirish natijasida chang cholg’u asbobi kichik oktava Sol notasidan uchinchi oktava Sol# notasigacha keltiriladi. Keyinchalik ijro jarayonidagi tiniqlikni saqlash uchun chang asbobiga tepki (pedal) qo’yiladi. Ilmiy izlanishlar natijasida chang cholg’u asbobining oilasi yaratiladi. Chang- prima Chang-pikkolo Chang-tennor Chang-bas bu cholg’u asboblarida yuqori, o’rta va past registrlarda ijro etish mumkin. Chang asboblarining xar birining o’ziga xos ovoz imkoniyatlari va o’ziga xos jarangdorliklari mavjud. Chang cholg’u asbobining aynan o’ziga tegishli ijro imkoniyatlari(shtrixlari) mavjud. Pizz col legno -(pizz.col.legno) chopning orqa yassi qismi bilan tirnab (chertib) chalish. Pizzicato (pizz)- qo’l barmoqlari bilan chang torlarini mayin chertib chalish. Col legno (Cho’p tarak) cho’pning orqa yassi tarafi bilan torlarni chiqqi
Доказательный фрагмент
«In the article, the performance possibilities, improvements, lines, and famous performers of our national musical instrument "chang" are widely covered.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article, the performance possibilities, improvements, lines, and famous performers of our national musical instrument "chang" are widely covered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dust, instruments, performance opportunities, Uzbek folk instruments
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026