Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH · Rajabova Munisa Aminboy qizi
Современная наука и исследования · 3 · 65-67 · 2024
Аннотация
Formation and development of literacy in primary education is very important. These topics are reflected in this article. In this article, the radical change of education today is partially covered. The main requirement is to raise the scientific outlook and intellectual development of the young generation to a qualitatively new level, to teach them to adapt to the rapidly changing world. At the same time, it aims to introduce innovative forms and methods of education into the educational process Key words: education, literacy, integration, society, method, online. ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ МИРОВОЗЗРЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. Формирование и развитие грамотности в начальном образовании имеет большое значение. Эти темы отражены в данной статье. В данной статье частично освещено радикальное изменение образования сегодня. Главное требование – поднять научное мировоззрение и интеллектуальное развитие молодого поколения на качественно новый уровень, научить его адаптироваться к быстро меняющемуся миру. При этом она направлена на внедрение в учебный процесс инновационных форм и методов обучения. Ключевые слова: образование, грамотность, интеграция, общество, метод, онлайн. Hozirgi kunda o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, erkin fikrga ega, nutqi ravon, barkamol, komil inson etib tarbiyalash, o‘quvchilarga har tomonlama bilim berishda o‘qituvchi oldiga katta ma’suliyat yuklatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Farzandlarimizning qobilyatlarini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi, men bunga ishonaman” deb xalq 1 25 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ oldida yoshlarga nisbatan o‘z ishonchinibildirib o‘tdilar. Mana shunday buyuk mutafakkirlardek insonlarni voyaga yetkazishimiz uchun albatta, poydevorni mustahkamlashimiz kerak. Mustahkam qurilgan poydevor ustida har qanday yuksalishlarga qo‘rqmasdan intilishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ushbu yuksak maqsadlarga erishishlarida barcha shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Faqatgina bulardan to‘g‘ri, oqilona foydalana olsak bo‘lgani. Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashning shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar ekan, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Boshlang‘ich ta’lim davri bolalarning dunyoqarashi shakllanishining asosiy bosqichidir. Bu davrda bolalarning atrof-muhit, jamiyat, va o‘z-o‘zlari haqida tushunchalari rivojlanadi. To‘g‘ri yondashuv va samarali usullar orqali bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot beriladi. 1. Ta'limda Integratsiya Yondashuvi Dunyoqarashni shakllantirish uchun turli fanlarni birlashtirgan holda ta'lim berish samarali bo‘lishi mumkin.Tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlarni integratsiya qilish: O‘quvchilarga tabiat va jamiyat haqida tushunchalarni birgalikda o‘rgatish. Masalan, ekologiya darslarida tabiatni asrashning ijtimoiy ahamiyati haqida suhbatlashish. Ijodiy fanlar va texnologiyalar: San’at va texnologiyalar orqali bolalarga zamonaviy dunyo haqida tushunchalar berish. Masalan, rasm chizish yoki dasturlash darslarida ularga texnologiyalarning jamiyatdagi roli haqida ma’lumot berish. 2. Muammolarni Hal Qilish Ko‘nikmalarini RivojlantirishBolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda ularni mustaqil fikrlashga va muammolarni hal qilishga o‘rgatish muhim.Muammolarni tahlil qilish va hal qilish: O‘quvchilarga turli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini o‘rgatish. Masalan, sinfda muhokama qilish yoki jamoaviy loyiha ishlari orqali. Kritik fikrlashni rivojlantirish: Bolalarga ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashni o‘rgatish. Bu ularnin
Доказательный фрагмент
«Formation and development of literacy in primary education is very important.»
Образец извлечения
Демо-превьюFormation and development of literacy in primary education is very important. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, literacy, integration, society, method, online
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026