К содержанию
РецензированоRU2026

Аграрные отношения и агробизнес

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ · AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES · Urinboyeva Yulduz Pirnazarovna · Umurzoqov Alisher Sahobiddin o’g’li

in Library · 144-208 · 2026

Аннотация

В данной статье собрана информация об аграрных отношениях и агробизнесе и соответственно создан кроссворд. Annotation: This article contains information about agrarian relations and agro-business, and a crossword puzzle is created accordingly. Kalit so’zlar: Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni, Yerdan foydalanish, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish Ключевые слова: Экономическое содержание аграрных отношений, Землепользование, Производство сельскохозяйственной продукции. Key words: Economic content of agrarian relations, Land use, Production of agricultural products Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari. Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar-yer, o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat vositasi va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik oziqlanishi mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi vadehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan, http://web-journal.ru/ 1 9 9 Часть-19_ Том-5_ Апрель -2024 ISSN: ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ 3030-3680 yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Bundan ulardan barcha jamiyat a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari fermer va dehqon xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Shunga binoan qishloq xo‘jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari-inventarlar, yoqilg‘i va moylash materiallari va h.z. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo‘jaligida aylanma kapitalning ko‘pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi. Shuni http://web-journal.ru/ 2 0 0 Часть-19_ Том-5_ Апрель -2024 ISSN: ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИС

Доказательный фрагмент

«В данной статье собрана информация об аграрных отношениях и агробизнесе и соответственно создан кроссворд.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье собрана информация об аграрных отношениях и агробизнесе и соответственно создан кроссворд. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Economic content of agrarian relations, Land use, Production of, Землепользование, Производство сельскохозяйственной продукции., Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni, Production of agricultural products, Экономическое содержание аграрных отношений, Yerdan foydalanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники