Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Дефицит воды: причины и решения, трагедия острова
OROL FOJIASI. · Abdurashidov Xurshid Qoʻldosh oʻgʻli (Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti)
in Library · 2024
Аннотация
Soʻnggi yillarda dunyo miqyosida suvga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda va suv tanqisligi vujudga kelmoqda. Suvga boʻlgan ehtiyoj odam sonining ortishi va insonning tabiatga boʻlgan shavqatsiz munosabati orqali vujudga kelmoqda. Kalit soʻzlar : suv, koʻl, daryo, dengiz, okean, suv tomchilari, vodorod, kislorod. Kirish. Suv – vodorod va kisloroddan iborat eng sodda birikmalardan biridir. Yer yuzida suv 3 agregat holatda uchraydi : suyuqlik ( suv ), bugʻ ( bulut ), qattiq ( muz). Suv bundan 4 milliard yil oldin paydo boʻlgan. Suv yer yuzida daryolarda, koʻllarda, dengizlarda, okeanlarda, togʻlarda, bulutlarda( bugʻ holatida ), muzliklarda( muz holatida) va yer ostida( artezian, grund va mineral suvlar) bor. Yer yuzidagi hamma tirik organizmlar uchun eng muhim hayot manbai hisoblanadi. Yer yuzining 71 foizi suv bilan qoplangan. Ammo, 1 foizi ichishga yaroqli. Inson ovqatsiz 3 oygacha yashay oladi, ammo suvsiz 3-4 kun yashay oladi. Suv tanqisligi vujudga kelishining sabablari. Suv tanqisligi – bu global muammolardan biri boʻlib, hozirgi kunda oʻtgan asrga qaraganda 2 barobar suv isteʼmoli ortdi. Dunyodagi aholi sonining oʻsishi natijasida suvga boʻlgan ehtiyoj ham oshib bormoqda. Suv tanqisligi vujudga kelishining asosiy sabablari: http://tadqiqotlar.uz/ 1 8 0 32-son_1-to’plam_Fevral-2024 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 1) Yangi qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi va suvlarni sugʻorish uchun boshqarilishi. 2) Ekstensiv sugʻorish uchun koʻp suvning sarflanishi. 3) Dunyo aholisining oʻsishi orqali suvga boʻlgan isteʼmolning ortishi. 4) Tabiatga boʻlgan shavqatsiz munosabat, yaʼni suvni ifloslantirish. Bu orqali nafaqat suv, balki hayvonot va nabotot olamiga zarar yetmoqda. 5) Suvga boʻlgan yuzaki qarash: Insonlar suvni cheksiz deb oʻylshadi va oʻz ehtiyojlaridan koʻp suv sarflashadi. 6) Beeʼtiborlik : baʼzi insonlar suvning behuda vodoprovod tarmogʻidan oqayotganini koʻrsalar ham uni berkitishmaydi. 7) Suv narxi : insonlar nazarida hozirgi kunda eng arzon tovar bu suv. 8) Oʼrmon hududlarining kamayishi va daraxtlarning kesilishi ( maʼlumki daraxtlar oʻzida namlikni ushlab turuvchi vositalar hisoblanadi). Yechimlar. Suv tanqisligini oldini olish va taʼsirini kamaytirishga oid yechimlar : 1) Suv isrofini kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish. Aholiga bu qanday oqibatlarga olib kelishi haqida tushuncha berish. 2) Suvni qayta ishlashni tashkil etish. 3) Ekstensiv sugʻorishdan intensiv sugʻorishga oʻtish. ( Mamlakatimizda 80 foiz oziq-ovqat mahsulotlari qishloq xoʻjaligida yetishtiriladi) 4) Yerlarni lazerli tekislash. Bu orqali suv yoʻli ochiladi va suvning yerga shimilishi kamayadi. 5) Ariqlarni betonlash. Bu orqali suvning belgilangan joyga tez va koʻp miqdorda yetib borishi taʼminlanadi. 6) Suvlarga chiqindi tashlamaslik. ( 2020- yil ishlab chiqarilgan 52 milliard tibbiy niqoblarning 1.5 milliarddan ortigʻi dunyo okeaniga tashlangan). 7) Qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish. http://tadqiqotlar.uz/ 1 8 1 32-son_1-to’plam_Fevral-2024 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 8) Suvsizlikka chidamli yangi navli oʻsimliklarni yaratish va ularni koʻpaytirish, ommaviy ekish. 9) Suv narxini sezilarli darajada oshirish va unga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish. ( Ayni vaqtda mamlakatimizda ichimlik suvi 1400 soʻm) Suv tanqisligini oldini olish va taʼsirini kamaytirish borasida Los – Angelasda kanalizatsiyani tozalash va suvni qayta ishlash orqali erishilgan. Bizning amaldagi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” da ham suv suv dan toʻgʻri foydalanishni taʼminlash i va suv tanqisligi oldini olish kabi gʻoyalarni oʻz ichiga oladi. Orol dengizi fojiasi. Yurtimizdagi Orol dengizining qurishi ham yaqin global muammolardan biri boʻlib, bunga oʻlkashunos – geografik olimlarning bir necha qarashlari mavjud : 1) Sobiq sovet Ittifoqi davrida mamlakatimizda paxta yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, paxta ekin maydonlarining kengaytirish va ularni suv bilan taʼminlash maqsadida Orol dengiziga boradigan daryo suvlarini hajmi kamaytirish natijasida yuzaga kelgan. 2) Tabiiy gaz qazib olinishi natijasida yer ostida boʻshliq yuzaga kelgan. Maʼlumki, tabiiy gaz vakuum orqali qazib olinadi. Buning natijasida yer ostida vakuumli boʻshliq yuzaga kelib bu boʻshliq Orol dengizining tagida yuzaga kelgan. Boʻshliq esa vakuum orqali suvni tortib olgan. http://tadqiqotlar.uz/ 1 8 2 32-son_1-to’plam_Fevral-2024 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli “o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. Gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80
Доказательный фрагмент
«Soʻnggi yillarda dunyo miqyosida suvga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda va suv tanqisligi vujudga kelmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюSoʻnggi yillarda dunyo miqyosida suvga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda va suv tanqisligi vujudga kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- river, suv, sea, suv tomchilari, водород, океан, капли воды, река, lake, water drops, море, vodorod, water, oxygen., daryo, озеро, ocean, okean, кислород., kislorod., вода, koʻl, dengiz, hydrogen
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026