К содержанию
РецензированоRU2026

Роль малого бизнеса в повышении уровня жизни населения

AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA KICHIK · TADBIRKORLIKNING O‘RNI · Qudratova Zarnigor Mahmudovna – talaba

in Library · 11-15 · 2026

Аннотация

в статье описывается взаимосвязь между малым бизнесом и уровнем жизни. Ключевые слова: малое предпринимательство, уровень жизни, социальное обеспечение, занятость, безработица, инновационная экономика, рыночные условия. Annotation: The article describes the relationship between small business and living standards. Keywords: small business, living standards, social security, employment, unemployment, innovative economy, market conditions. Kichik tadbirkorlik uzoq davrlar mobaynida inson xo‘jalik faoliyati va uning ijtimoiy hayotining tarkibiy qismi hisoblangan. Qadim zamonlardan kichik tadbirkorlikning ijti¬moiy-jamoa instituti sifatida, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hamda foydali faoliyat sifatida mavjudligi – bularning barchasi birgalikda insoniyat jamiyati va turmushining zaruriy sharti hisoblanib kelingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aynan kichik tadbirkorlik jamiyatning rivojlanish darajasini nafaqat uning ishlab chiqarish kuchlari nuqtayi nazaridan, balki ma’naviy va ma’rifiy holatini inobatga olgan holda egalladi, desak, xato bo‘lmaydi. Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi shundan dalolat beradiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatib, millat iqtisodiyotining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy taraqqiyotidagi alohida, o‘ziga ahamiyati shundan iboratki, u aholi daromadlarining shakllanishida, mehnatga layoqatli kishilarni ish bilan ta’minlashda, qashshoqlik va nochorlikni bartaraf etishda, o‘rta hol aholi qatlami saflarini kengaytirishda, haqiqiy ishbilarmonlarni ro‘yobga chiqarish muammosini hal etishda aholining turli tuman tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U insonning yaxshi va farovon turmush kechirishiga bo‘lgan tabiiy intilishlari bilan uning o‘zida mujassamlashgan potensial www.pedagogs.uz Volume-56, Issue-1, April -2024 59 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 imkoniyatlari va salohiyati o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlash asosida barcha sotsial guruxlarni qanoatlantiradigan ijtimoiy muhit tug‘diradi, shaxs, davlat va jamiyat iqtisodiy manfaatlarini uyg‘unlashtiradi va, shu tariqa, jamiyatda ijtimoiy adolat va siyosiy barqarorlik o‘rnatishga ko‘maklashadi. Uning mamlakat iqtisodiy yuksalishidagi ahamiyati esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi va o‘sish sur’atlarining jadallashuvida (mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda), bozorda raqobat muhitini kuchaytirishda, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini shakllantirishda, beqaror bozor tizimining moslashuvchanligini oshirishda, ilmiy- texnika taraqqiyotini yangi marralarga olib chiqishda, yirik korxonalarga kerakli mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish orqali ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashda, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resuslardan unumli foydalanish, davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish kabilarda o‘z ifodasini topadi. Mamlakatning postindustrial jamiyat sari yuksalib borishi milliy iqtisodiyotda o‘ziga xos tarkibiy o‘zgarishlarni taqozo etadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa qishloq xo‘jaligida muammoli va og‘ir kechdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ham xuddi boshqa soha va tarmoq tadbirkorlari singari keskin raqobat muhitida tabiiy ravishda resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikka majbur. Qishloq joylarda iqtisodiy islohotlar natijasi bo‘lgan bunday o‘zgarishlar ushbu tarmoqda rejali, ma’muriy-buyruqbozlik tizim davrida ortiqcha band bo‘lgan mehnat resurslarining bir qismini qisqartirish, ya’ni ularni ishdan bo‘shatish muammolarini keltirib chiqardi. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, qishloq aholisini ish bilan ta’minlash muammolarini keskinlashtirdi. Real voqelikda yuzaga kelgan bunday murakkab va dolzarb muammoni hal etishning asosiy yo‘li – kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday mas’uliyatli vazifani ushbu sektorgina o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlari iste’mol talabining o‘zgarishlariga hammadan tez moslashadi, bozor kon’yukturasi va vaziyatning tebranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyati yo‘nalishini tez va nisbatan asoratsiz o‘zgartira oladi. Kichik tadbirkorlikning o‘ziga xos ustunliklaridan yana biri shundaki, u o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun kamroq resurs talab qiladi va bankrot bo‘lgan holda jamiyat uchun talofotli iqtisodiy oqibatlarga olib kelmaydi. Kichik korxonalarda hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borish uchun ishchi va xizmatchilardan juda yuqori malaka va katta tajriba talab qilinmaydi . Kichik va xususiy tadbirkorlik tarmoqlararo va mintaqalararo raqobatni kuchaytirish asosida ishchi kuchini oqilona joylashtirish va mintaqaviy tafovutlarni yumshatish, mamlakatda mulkdorlar qatlamini yaratish, mamlakat eksport salohiyatini ko‘tarish

Доказательный фрагмент

«в статье описывается взаимосвязь между малым бизнесом и уровнем жизни.»

Образец извлечения

Демо-превью

в статье описывается взаимосвязь между малым бизнесом и уровнем жизни. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
small business, living standards, social security, employment, innovatsion iqtisodiyot, уровень жизни, социальное обеспечение, unemployment, ishsizlik, innovative economy, aholi turmush darajasi, малое предпринимательство, рыночные условия., bandlik, bozor kon’yukturasi, kichik tadbirkorlik, market conditions., инновационная экономика, безработица, ijtimoiy himoya, занятость
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники