Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PIRIMQUL QODIROVNING “AVLODLAR DAVONI” ROMANIDA ARAB TILIDAN OʻZLASHGAN QATLAM SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI
Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, we aim to shed light on one of the understudied problems in modern Uzbek linguistics - the use of words, their meaning, composition, etc. Key words: Lexicon, Uzbek language, Arabic language, formal departmental style language, Arabic written literary language, Ma'jun, translation. УПОТРЕБЛЕНИЕ СЛОВ, ЗАИМСТВОВАННЫХ ИЗ АРАБСКОГО ЯЗЫКА, В РОМАНЕ ПИРИМКУЛА КАДЫРОВА «АВЛОДЛАР ДАВАНИ» Аннотация. В данной статье мы стремимся пролить свет на одну из малоизученных проблем современного узбекского языкознания - употребление слов, их значение и структуру, которые используются в романе Пиримкула Кадырова «Авлодлар Давани». Ключевые слова: Лексикон, узбекский язык, арабский язык, формально- ведомственный стиль языка, арабская письменно-литературная речь, маджун, перевод. Oʻzbek tili oʻtmishda bir qator qardosh boʻlmagan boshqa tizimdagi tillar bilan ham aloqada boʻlgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi davrida oʻzbek-arab tillari aloqasi yuzaga keldi. Bu davrda arab tili davlat va din tili, fan va rasmiy yozishmalar tili sifatida keng tarqaldi. Oʻzbek tili bu davrda, bir tomondan, bosqinchilarning ogʻzaki soʻzlashuv tili bilan, ikkinchi tomondan, arab yozma adabiy tili bilan toʻqnashdi. Arab tili mahalliy aholiga davlat va fan tili, ayniqsa din tili sifatida majburan oʻqitildi va singdiriladi. Natijada mahalliy aholi vakillari oʻz ona tili bilan bir qatorda arab tilida ham yoza va gapira oladigan boʻldi. Oʻrta osiyolik mashhur olimlar Xorazmiy, Beruniy, shuningdek, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Fargʻoniy oʻz ilmiy asarlarini arab tilida yozganlar. Natijada arab tili IX-X asrlarda mahalliy aholi tillariga din-islom tili, bosqinchi harbiylar tili sifatida mahalliy adabiy tillarga fan, madaniyat, davlat tili sifatida kuchli taʼsir oʻtkazdi. Natijada arab tilidan oʻzbek adabiy tiliga, qisman oʻzbek xalq shevalariga arabcha soʻzlar kirib kela boshlagan. Arabcha soʻzlarning oʻzbek tiliga kirib kelishi ayniqsa VII-VIII asrlarda koʻproq yuz bergan. XIV-XV asr eski oʻzbek tilida arab tili leksikasi sezilarli qatlamni 8 48 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tashkil qilgan. Shuning uchun Navoiy asarlari tilida forscha-tojikcha soʻzlar bilan bir qatorda arabcha soʻzlar ham uchraydi. Shunday qilib, arab tili bilan oʻzbek tili bevosita toʻqnashdi. Shunga koʻra, oʻzbek- arab ikkitilliligi kontaktli hodisa hisoblanadi. Bu jihatdan oʻzbek-arab tillarining oʻzaro aloqasi va taʼsiri boshqa turkiy tillardagi mana shunday taʼsirdan farqlanadi. Oʻzbek tiliga arab tili faqat din-islom tili sifatida emas, balki fan tili, rasmiy idoraviy uslub tili, badiiy adabiyot tili sifatida ham taʼsir etdi. Ammo arab tilining baʼzi tillarga taʼsiri, asosan, din tili sifatida yuz berdi. Oʻzbek tiliga arab tilidan soʻz olish, asosan, oʻzbek-arab bilingvizmi davrida kuchli boʻldi. Keyingi davrlarda oʻzbek tiliga yangi soʻzlar sezilarli darajada qabul qilinmagan, keyinchalik esa oʻzbek tiliga kirgan arabcha elementlardan bir qismining eskirishi va oʻzbek tilidan chiqish jarayoni yuz berdi. Alisher Navoiy tilida ishlatilgan koʻpgina arabcha soʻz va soʻz shakllari XIX asr oʻzbek tilida, shuningdek, hozirgi oʻzbek adabiy tilida uchramaydi. Arab tilining oʻzidan bevosita soʻz olish XI asrdayoq deyarli toʻxtagan edi. Ammo turli davrlarda arabcha yozma manbalarda, shuningdek, eski oʻzbek tili yozma yodgorliklarida saqlangan arabcha soʻz guruhlari u yoki bu davrlarda faollashib turdi. Masalan, XX asr boshlarida va 20- yillar oʻzbek tilida ilmiy atamalar sifatida faollashgan arabcha soʻzlar ana shu keyingi manbalardan olingan edi. Chin maʼnoda oʻzlashgan soʻzlar boshqa tilning fonetik va grammatik qonuniyatlari taʼsiriga beriladi, oʻzlashmagan chet soʻzlar bunday taʼsirga berilmaydi. Masalaga mazkur nuqtayi nazar asosida yondashilganda, oʻzbek tili leksikasidagi arabcha soʻzlarning barchasini oʻzlashgan desak, xato boʻlmaydi. Chunki arab oʻzlashmalarining deyarli barchasi oʻzbek adabiy tilining fonetik va grammatik qonuniyatlari taʼsiriga beriladi, ayniqsa, ular turlanish sistemasida oʻzbek tilining oʻz soʻzlari bilan teng maqomda ishtirok etadi, zero ular chin maʼnoda oʻzlashgan lugʻaviy birliklardir. Biz Pirimqul Qodirovning “Avlodlar davoni” romanida oʻzlashgan qatlam soʻzlarning qoʻllanilishi tahlil qilamiz. Dahriy (arabcha; asriy; materialist, xudosiz, ateist) – dunyo hodisalarini tabiat qonunlaridan deb biluvchi, oxiratga ishonmaydigan kishi. Sadr (arabcha-. yuqori oʻrin, oliy mansab; ibtido; birinchi misra) – vaqf va din ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldor. Javzo (arabcha; katta) – oʻn ikki burjning biri, Saraton va Savr burjlari oʻrtasida joylashgan. Shamsiya yil hisobida uchinchi oyning arabcha nomi (22-may-21-iyun kunlariga toʻgʻri keladi). Mirrix (arabcha) – Mars sayyorasi. Qadimgi munajjimlar uni urush va xunrezliklar sababchisi deb hisoblaganlar. Majusiy (arabcha) – otashparast. Otashp
Доказательный фрагмент
«In this article, we aim to shed light on one of the understudied problems in modern Uzbek linguistics - the use of words, their meaning, composition, etc.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, we aim to shed light on one of the understudied problems in modern Uzbek linguistics - the use of words, their meaning, composition, etc. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Lexicon, Uzbek language, Arabic language, formal departmental style
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026