К содержанию
РецензированоRU2026

8-SINF O‘QUVCHILARIGA GEOGRAFIYA SOHASIGA OID TERMINLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

a’limi TA’LIM VA TARBIYA METODIKASI · Nilufar ISAKULOVA · -SINF O‘QUVCHILARIGA GEOGRAFIYA SOHASIGA · OID TERMINLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL · METODLARDAN FOYDALANISH

in Library · 2026

Аннотация

Maqolada 8-sinf o‘quvchilarida geografiya sohasiga oid bilimlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish samarasi va natijalari tahlil qilinib, yoqilg‘i-energetka majmua, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik, geografik о‘rni, xaritalar, tabiiy sharoitiga oid terminlarni о‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish loyihalari bayon etilgan. Kalit so‘zlar. Geografiya, tarix, tushunchalar tahlili metodi, blits-so‘rov metodi, toifalash jadvali, tadqiqot. В статье анализируются эффективность и результаты использования интерактивных методов в обучении географии учащихся 8-х классов. Кроме того, описаны проекты использования интерактивных методов в обучении терминам, связанным с топливно- энергетическим комплексом, цветной и черной металлургией, машиностроением, географическим положением, картами, природными условиями. Ключевые слова. География, история, метод концептуального анализа, метод блиц-опроса, классификационная таблица, исследование. The article analyzes the effectiveness and results of using interactive methods in teach- ing geography to 8th grade students. In addition, projects for the use of interactive methods in teaching terms related to the fuel and energy complex, non-ferrous and ferrous metallurgy, mechanical engineering, geographical location, maps, natural conditions are described. Key words. Geography, history, conceptual analysis method, blitz survey method, clas- sification table, research. Geografik nomlar tо‘g‘risida eng qadimgi ma’lumotlar ham dastlabki geog- rafik bilimlar kabi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” asarlari- da berilgan, sharqdagi dastlabki yozma manba sifatida noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Hudud al-olam” (X asr) asarini keltirish mumkin. Termin va terminologiya tushunchalari ilm-fanning kalitidir; termin ilmiy fikrning rav- shanligi va aniqligini ta’minlaydi. Biroq, ushbu tushunchalarning ilmiy bilimlar va ko'plab tadqiqotlar tizimidagi eng muhim joyiga qaramay, hali ham bir terminologiyaning asosiy masalalari organilganligi mavjud emas: terminning umume'tirof etilgan ta’rifi mavjud emas, termiga qo'yiladigan talablar, uning grammatik tuzilishi haqidagi munozaralar hal qilinmadi, til tarkibidagi terminologiyaning o'rni va boshqalar o`rganilmagan. Toponimik tadqiqotlarda geografiya, tilshunoslik va tarix fanlarining yutuq va usullaridan samarali foydalangandagina yuqori natijalarga erishishi mumkin. Ta’kid- lash joizki, oxirgi yillarda ilmda toponimikaning uch yо‘nalishi paydo bо‘ldi: geografik toponimika, tarixiy toponimika, lingvistik toponimika. Barcha yо‘nalishlarning obyek- ti - ma’lum bir hudud yoki tildagi joy nomlari tizimi va majmui. Maqsadi ham bitta – joy nomlarini tadqiq qilish. Barcha yо‘nalishlarga xos bir umumiy xususiyat ham mavjud, uning hududiyligi va qanday geografik obyektning nomi ekanligi, ya’ni nom- 36 ning pasporti. Geografik nomlar va ularning inson hayotidagi о‘rni yuqoridagilardan ta shqari geologiya, biologiya, sotsiologiya, demografiya, iqtisodiyot kabi tabiiy-ijtimoiy fanlarda, pedagogika va ma’naviyat, milliy g‘oya, xorijiy tillar, adabiyot va san’at kabi sohalarda ham о‘rganilmoqda. Geografik nomlar tarkibida uchraydigan geografik terminlar ifodalangan obyektni bildiruvchi sо‘zlar (turdosh otlar)dan tashkil topgan. Ularni ayrim ilmiy adabiyotlarda toponimik indikator, deb ham atashadi. Kо‘pincha, geografik terminlar (adir, ariq, bu- loq, daryo, jar, soy, kо‘l, tepa, tog‘, tosh, chо‘l, quduq, qishloq, kent, obod va boshq.) joy nomlarining asosini tashkil etadi va geografik obyekt turini bildiradi. Mintaqa toponimiyasida uchraydigan geografik terminlarni tahlil etish nafaqat geografik nomning etimologiyasini tо‘g‘ri ochib beradi, balki о‘tmish landshaftlarning tabiiy komponentlari - relyef shakli, suv, tuproq, о‘simlik va hayvonot dunyosining tarqalish arealini hamda jamiyatning rivojlanish bosqichlarini, shu hududda yashagan aholining iqtisodiy-ijtimoiy kо‘rsatkichlarini, kasb-korini, etnik tarkibini aniqlash va ta- dqiq qilish imkoniyatlarini ham yaratadi. Mazkur maqolada yoqilg’i-energetka majmua, rangli va qora metallurgiya, mashi- nasozlik, geografik о‘rni, xaritalar, tabiiy sharoitiga oid terminlarni о‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish loyihalari tahlil etilgan. Yoqilg‘i-energetka majmuaga yoqilg‘i (yoqilg‘ini qazib olish va unga ishlov be- rish) va elektroenergetika sanoatlari kiradi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va un- dan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanib, olimlar quyosh, shamol, geotermal energiya kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish yo’llarini izlamoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid terminlarni o‘qitishda “Toifalash jadvali” metodi- dan foydalanilsa sohaviy terminlarning toifasi va tasnifini anglashga yordam bera di (1-jadvalga qarang): 1-jadval “Toifalash jadvali” metodi loyihasi Elektroenergetika Yoqilg‘i sanoati tarmoqlari Gidroelektrostansiyalar Gaz Issiqlik elektrostansiyalar Neft Atom elektrostansiyalar Ko‘mi

Доказательный фрагмент

«Maqolada 8-sinf o‘quvchilarida geografiya sohasiga oid bilimlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish samarasi va natijalari tahlil qilinib, yoqilg‘i-energetka majmua, rangli va qora metallurgiya, mashinasozl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada 8-sinf o‘quvchilarida geografiya sohasiga oid bilimlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish samarasi va natijalari tahlil qilinib, yoqilg‘i-energetka majmua, rangli va qora metallurgiya, mashinasozl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Geography, history, conceptual analysis method, blitz survey method, clas-, clas- sification table, География, метод концептуального анализа, tadqiqot, Geografiya, toifalash jadvali, tarix, метод блиц-опроса, tushunchalar tahlili metodi, исследование, blits-so‘rov metodi, research, история, классификационная таблица
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники