К содержанию
РецензированоRU2024

MENING MAHALLAM-MENING FAXRIM

MENING MAHALLAM-MENING FAXRIM · Xolmirzayeva Aziza Jumanazar qizi · Xashimova D.P.

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this article, the neighborhood of "Inokabad" is described in detail and the works carried out in this neighborhood are also listed. Key words: Neighborhood, Central Asia, Tashkent city, "Inokabad", Constitution. МОЙ РАЙОН – МОЯ ГОРДОСТЬ Аннотация. В данной статье широко освещен микрорайон «Инокабад», а также перечислены работы, проводимые в этом микрорайоне. Ключевые слова: Соседство, Средняя Азия, город Ташкент, «Инокабад», Конституция. Inson qadri yuksalgan millat, Matonatli farzandlar bisyor, Mahallada jonkuyar ham ibrat, Rahmat go‘zal mehmondo‘st diyor. Yangilanayotgan O‘zbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli mamalakatimizda xalqchil boshqaruv tizimi, mahalla qaytadan kashf etildi. Azaliy ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimiz maskani bo‘lgan mahalla bugun kuchli tarbiya o‘chog‘i sifatida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi bilan boyib, yangilanib jamiyat taraqqiyotiga tobora samarali, xolisona xizmat qiluvchi hayot dorilfununiga aylanib bormoqda. Zero, mahalla ahli avvalambor, yoshlar qalbini, ongini “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirisha olish” orqali zabt etishga, ezgu-amallarga, bunyodkorlikka yo‘naltirishga astoydil bel bog‘lagan. Mahalla-Sharq tamadduni, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzi, tafakkuri va qadriyatlariga xos bo‘lgan jamiyat hayotini tashkil etadigan an’anaviy ijtimoiy institut. “Mahalla” so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda “turar joy”, “lager”, “qo‘nalg‘a” degan ma’nolarni anglatadi. Mahalla, insonning Vatanidir. Ezgulik va ma’naviyat maskani bo`lmish ona diyorimizning bir go`shasi uchun jonini fido qilgan qanchadan-qancha mard, jasur, tarixiy shaxslarni bilamiz. Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi….Ularning qatori yana-da kuchli, yana-da ulug‘ tarixiy shaxslar bilan davom etadi. Zamondoshlarimiz orasida ham o‘z Vatani va o‘z hamyurtlari 1 93 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ osoyishtaligi uchun jonini fido qiladigan yurtdoshlarimiz jasorati va mardona amali barchamiz uchun ibrat hisoblanadi. Men Toshkent shahri Mirobod tumani “Inoqobod” mahallasida bolaligimdan istiqomat qilib kelyapman. Esimni tanibmanki, mahallamiz yildan-yilga rivojlanib, o‘sib, o‘z fuqarolariga qo‘ldan kelgancha yordam berishdan charchashmayapti. Masalan, 2020 yilda insoniyat boshiga kelgan jiddiy sinov-koronavirus kasalligi va uning xalqimiz turmush tarziga ta’siri haqida to‘xtalib o‘tar ekanman, xalqimiz bu qiyin kunlardan o‘zaro hamjihatlik va birdamlik bilan o‘tib keldi. Saxovatli xalqimizning mehru muhabbati, himmati qiyin kunlarda barchamizga katta madad bo‘ldi. Bu og‘ir kunlarda bizning mahallamiz ham qo‘l qovushtirib o‘tirganlari yo‘q. Ular barcha kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berib kelishdi. Oziq-ovqat bilan ta’minlashning o‘zida chegaralanib qolmay hatto pul bilan ham yordam berishdi va barcha oilalardan xabar olib turishdi. Albatta, bu barcha qiynalib qolgan oilalar uchun juda katta yordam bo‘ldi. Bu qiyinchiliklardan o‘tib olganimizdan so‘ng ham mahallamiz bu oilalarni shunday tashlab qo‘yishmadi, aksincha yordam berishda davom etishyapti. Hozirda mahallamizning asosiy maqsadi aholini kambag‘alchilikdan chiqarish bo‘lganligi sababli barcha ishsiz insonlarni ish bilan ta’minlab berishdi, 300 dan ortiq temir daftarga kirgan oilalarga har tomonlama yordam berib kelishyapti. Bu oilalarning ichida yolg‘iz yashovchilar, ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolganlar, hattoki, uy bilan ta’minlangan oilalar ham yo‘q emas. Mahalla haqida qancha gapirsam arziydi, chunki shu birgina so‘z zamirida butun olam ezguliklari, urf-odat va an’analari, qaynoq tafti mujassam. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi belgilab qo‘yilgan”. Bu maqom hali-haligacha o‘z o‘rnini saqlab, kundan kunga yuksalib boryapti. Bizning mahallamizning misolida oladigan bo‘lsak barcha insonlar ahil va inoq yashashadi, bir-birlariga doim qo‘ldan kelgancha yordam berishadi. Bu bilan birgalikda mahallamiz o‘z nomini oqlab hamma millatni birdek ko‘radi. Mahallamizda qirqdan oshiq millat vakillari istiqomat qilishi inobatga olinib ular uchun barcha tadbirlar rus va o‘zbek tillarida o‘tkaziladi. Mahallamiz shunchalar e’tiborliki, bizning oilamizni ham eslaridan chiqarishmaydi. Bizning oila ham nogironi bor oila hisoblanib, 29 yoshli bolalikdan nogiron opam bor. Shuni e’tiborga olib mahallamiz ijtimoiy-moddiy yordam berib, nogironlik aravachasi bilan ta’minladi. 2021-yil dekabr oyida mahallada o‘tkazilgan tadbirda onam mahalladagi “Ma’rifatli ayol”, men esa mahalladagi “Odobli qiz” deb e’tirof etildik. Albatta bunday qo‘llab-quvvatlash biz kabi fuqarolarga motivatsiya berib, yurtimiz farovonligi yo‘lida tinmay o‘qib-o‘rganib, Vatanimizning gullab-yashnashi, porloq kelajagi uchun, Davlatimizning bizga ko‘rsatayotgan g‘amxo

Доказательный фрагмент

«In this article, the neighborhood of "Inokabad" is described in detail and the works carried out in this neighborhood are also listed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the neighborhood of "Inokabad" is described in detail and the works carried out in this neighborhood are also listed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Neighborhood, Central Asia, Tashkent city, "Inokabad", Constitution
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники