К содержанию
РецензированоRU2024

ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ ИНСТИТУТОВ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ.

VA RIVOJLANTIRISH. (O‘ZBEKISTONDA FUQUROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH) · Mahmudova Muslima Ma’rufjon qizi (O‘ZBEKISTONDA FUQUROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH) · Alisher Navoiy nomidagi (O‘ZBEKISTONDA FUQUROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH)

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article contains information about the formation and development of civil society institutions in Uzbekistan, and who has written about it in their articles, as well as brief information about the role and importance of civil society institutions in the life of the country. Key words: Civil society, law, politics, democratic, economy, state, act, party, constitution. ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ ИНСТИТУТОВ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. Аннотация. В данной статье содержится информация о том, что такое становление и развитие институтов гражданского общества в Узбекистане и кто упомянул об этом в своих статьях, а также краткие сведения о роли и значении институтов гражданского общества в жизни страны. Ключевые слова: Гражданское общество, право, политика, демократия, экономика, государство, акт, партия, конституция. Kirish. Fuqarolik jamiyati bu qisqacha qilib aytganda, haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. O‘zbekistonda Fuqarolik jamiyati deyilganda esa fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy madaniyatning rivojlanishi va huquqiy bilimni oshirish yo‘nalishida faoliyat olib borish hisoblanadi. Ushbu jamiyat, demokratik hamkorlik, huquqiy tartib va fuqarolar o‘rtasidagi barqaror munosabatlar asosida O‘zbekiston jamiyatining huquqiy mehnatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma- xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy va huquqiy 1 30 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi. Metod va materiallar: Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning “Siyosat” asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar XVII asrga kelib keng rivojlandi. Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir. 1 Fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o‘rni va ahamiyati aholining turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etishda, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda, davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning asosiy vositasi, butun jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hayotga tatbiq etishda davlatning teng huquqli ijtimoiy sherigi, hamkori sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda fuqarolik jamiyati bu ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvlaridan, ma’muriy tazyiqlardan xoli bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir. 2 Fuqarolik jamiyatini tashkil etuvchi munosabatlarda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik va fuqarolik jamiyatining barcha a'zolari uchun teng erkinlikni targ‘ib etuvchi huquqiy g‘oyalar adolat-ning oliy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish muammolari asosan XVII asrda G.Grotsiy, T.Gobbs, D.Lokk, XVIII asrda J.J.Russo, Sh.Monteske, V.Gumboldt, D.Viko kabi mutafakkirlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, aslida antik davr namoyondasi Aristotelning siyosiy-huquqiy qarashlarida ilk bora fuqarolik jamiyatiga oid fikrlar uchraydi. Dem

Доказательный фрагмент

«This article contains information about the formation and development of civil society institutions in Uzbekistan, and who has written about it in their articles, as well as brief information about the role and import…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article contains information about the formation and development of civil society institutions in Uzbekistan, and who has written about it in their articles, as well as brief information about the role and import… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Civil society, law, politics, democratic, economy, state, act, party, constitution, iqtisod, государство, Гражданское общество, Fuqorolik jamiyati, huquq, право, siyosat, конституция., davlat, partiya, akt, политика, акт, constitution., demokratik, экономика, партия, демократия, konstitutsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники