Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СУДЬБА ТЕХ, КТО БОРОЛСЯ ЗА РАЗВИТИЕ И ПРОСВЕШЕНИЕ
Murodov Halim Salimovich · Rabiyeva Zarnigor Istam qizi (Buxoro davlat pedagogika institute Ijtimoiy fanlar kafedrasi, PhD.)
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article tries to shed light on the sad period of repression that began in the 20s of the twentieth century and reached its apogee in 1937-1938, and its causes. Keywords: Memory of the Martyrs, Adibi Soni, Butirka, Botu, Turon, modern, new method, colonial. Bundan chorak asr muqaddam, 1999-yil 12 – may kuni, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish masalasiga bag’ishlangan farmoyishi e’lon qilingan edi. Bu tarixiy farmoyishdan keyin ko’p o’tmay, o’sha yilning 22- iyul kuni Respublika Vazirlar Mahkamasi “Vatan va xalq ozodligi yo’lidagi qurbon bo’lgan fidoiylar xotirasini abadiylashtirish to’g’risida” qaror qabul qilingan. Shu ikki hujjat chor va sovet hokimiyati davrida mustamlakachilik jabru jafolarini ko’rgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish ishlarining boshlanishi va keng miqiyosida olib borilishida muhim rol o’ynadi. 2001- yil 1-may sanali Prezident I.A.Karimovning farmoni bilan “Qatag’on davri qurbonlarini yod etish kuni” ning tasis etilishi, shuningdek, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining barpo etilishi mamlakatimizning ijtimoiy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida tarixiy adolat va haqiqatni tiklash ishlari bir necha yo’nalishda olib borilmoqdaki, shu yo’nalishlardan biri mustamlakachilik davri qurbonlarining pok nomlarini oqlash va ularni xotirasini abadiylashtirishdir. 8 40 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Endi bunga e’tibor qaratadigan bo’lsak ya’nikim jadid taraqqiyot yetakchilarimiz nima sababdan qatag’on qurboniga aylandilar? O’sha paytlarda Turkistonni mustaqil qilishga intilgan, xalqni ilmli qilish va ularga o’zlikni anglatishga harakat qilgan har qanday hurfikr shaxslar Sovet hokimiyati tomonidan turli bo’hton va uydirmalar orqali qoralanib xalq dushmani deya atalib qamoqqa olingan, surgun qilingan, yoki to’g’ridan to’g’ri otib o’ldirishga hukm qilinganliklarini ko’rishimiz mumkin. Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) - Turkiston ma’rifatparvarlari - ning rahnamolaridan biri. 1901- yilda Toshkentda usuli jadid maktabini ochib, keyinchalik yangi maktablar uchun “Adibi avval”, “Adibi soniy” qo’llanmalarini yozgan. “Xurshid” gazetasini chiqargan (1906), 1909 -yilda “Xayriya”, 1913- yilda “Turon” jamiyatlarini tuzgan va “Turon” (1917) gazetasini chiqargan. Xorijda o’qigan talabalar uchun (1908 – 1923) yordam uyishtirgan. 1917 – yil Fevral inqilobidan so’ng “Sho’roi islomiya” jamiyatini tuzdi. Sovet davrining dastlabki yillarida “Namuna” maktablarida dars berib, qo’llanmalar yozdi. “Milliy ittihod” (1921 -1923) va “Milliy istiqlol” (1923 -1929) tashkilotlarida faol qatnashdi. Shuning uchun 1929 -yil 25 - noyabrda hibsga olinib, 1931 – yil 23 – aprelda 52 yoshida Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan[1]. 1991 – yilda rasman reablitatsiya qilingan. Xo’sh bu marifatparvar jadidimiz nima sababdan otib o’ldirildi? Bunga sabab u Sovet davlatining chirkin uydirmalarining qurboniga aylandi. Sovet davlati Munavvarqori Abdurashidxonovni nohaq millatchilikda aybladi. Ubaydulla Asadulla o’g’li Xo’jayev (1886 – 1938) - Turkiston taraqqiyparvarlaridan, huquqshunos, matbuotchi. Rus –tuzem maktabida, Saratov universitetining yuridik fakultetida o’qigan (1909 – 1912). “Sadoi Turkiston” (1914 – yil 1- aprel - 1915 – yil 10 – aprel) gazetasining muharriri bo’lgan. 1916 – yil milliy ozodlik va 1917 – yil Fevral inqilobidan so’ng milliy istiqlolchilik harakatida faol qatnashdi. 1917 – yil noyabrdan 1918 – yil fevralgacha Turkiston muxtoriyatining a’zosi bo’lgan. Muxtoriyat bolsheviklar tomonidan yiqitilgach, 1920 – yilda Moskvadagi Butirka qamoqxonasida bir muddat hibsda bo’lib, 1921 – yilda ozod bo’ldi. 1929 – yil 25 – noyabrda milliy istiqlolchilik harakatining faol a’zosi sifatida qamalib, 1931 – yil 10 yilga surgun qilinadi. Surgundan qaytib kelgach, 1938 – yilda yana hibsga olinib, qamoqda vafot etadi. E’tibor qaratadigan bo’lsak har bir ziyoli dunyo ilmidan boxabar bo’lgan va xalqni o’ziga ergashtira oladigan ma’rifatparvar shaxslarning taqdiriga sovet davlati tomonidan aynan shu tarzda yakun yasalgan. Abdulvohid qori Abdurauf Qoriyev (1858 – 1938) – Turkistondagi taraqqiyparvar din arboblaridan. Avval eski maktabda, so’ng Buxoro madrasasida o’qigan. 1906 – yilda Rossiya Davlat dumasiga a’zo bo’lib, 1908 – yil Turkistondagi chor kolonial siyosatiga qarshi chiqqani uchun 1909 – yilda Tula shahriga surgun qilinadi va u yerda buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy bilan muloqotda bo’ladi. 1912 – yilda surgundan qaytgach, Toshkentdagi turli diniy ishlarda (1917 – yilgacha) ishlab, 1918 – 1920 –yillarda Turkiston avtonom respublikasi diniy boshqarmasi raisi, keyinroq 1927 – yilgacha shahar Mahkamai shariya idorasida xizmat qiladi. 1933 – yilda shubha ostida qamalib, besh yarim oy Qozog’i
Доказательный фрагмент
«This article tries to shed light on the sad period of repression that began in the 20s of the twentieth century and reached its apogee in 1937-1938, and its causes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article tries to shed light on the sad period of repression that began in the 20s of the twentieth century and reached its apogee in 1937-1938, and its causes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Memory of the Martyrs, Adibi Soni, Butirka, Botu, Turon, modern, new method
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026