Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТЕНДЕНЦИИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТОРОВ НА НАЦИОНАЛЬНЫЙ РЫНОК КАПИТАЛА
Fazilov Jamshid Ravshanovich
Современная наука и исследования · 47-49 · 2026
Аннотация
Attracting investments and financing is a rather complicated process. There is sufficient experience in attracting and financing investments at the international and national level. Investment financing mainly depends on the country's economic policy, legislation, development and level of investment attraction infrastructure, and the country's economic situation. This article talks about the trends of attracting foreign investors to the national capital market. Key words: foreign investment in the national economy, financial mechanisms of investments, domestic investments, accelerator model, limited inclination to capital, capital efficiency, effective use of investments. ТЕНДЕНЦИИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТОРОВ НА НАЦИОНАЛЬНЫЙ РЫНОК КАПИТАЛА Аннотация. Привлечение инвестиций и финансирования – достаточно сложный процесс. Имеется достаточный опыт привлечения и финансирования инвестиций на международном и национальном уровне. Финансирование инвестиций во многом зависит от экономической политики страны, законодательства, развития и уровня инфраструктуры привлечения инвестиций, а также экономического положения страны. 393 В данной статье говорится о тенденциях привлечения иностранных инвесторов на национальный рынок капитала. Ключевые слова: иностранные инвестиции в национальную экономику, финансовые механизмы инвестиций, внутренние инвестиции, модель акселератора, ограниченное влечение к капиталу, эффективность использования капитала, эффективное использование инвестиций. Kapital jalb qilishda fond bozorining ahamiyati va o‘rni haqida to‘xtalishdan avval kapital atamasining mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. Kapital atamasiga o‘zbek tilining izohli lug‘atida «(nem. Kapital; lot. Capitalis - bosh, asosiy), sarmoya - keng ma’noda - o‘z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan jami vositalar va mablag‘lar; yangi qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko‘rinishidagi ishga qo‘yilgan, ishlab turgan daromad manbai»1 - deb ta’rif berilgan. Kapital tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasining shakllanishi bilan bog‘liq hisoblanadi. Bozorda o‘ziga xos, alohida tovar - ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul kapitalga aylanadi. Kapital ishlab chiqarishda ishtirok etishiga ko‘ra: bir necha sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to‘liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo‘linadi. Kapital ishlab chiqarish omillaridan biri hisoblanib, qiymatning ko‘payishi inson mehnati (ishchi kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda paydo bo‘ladi. Kapital shartli ravishda bir qancha shakllarda bo‘ladi. Masalan, sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali, sudxo‘rlik kapitali shakllarida mavjud bo‘ladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kapitalning korxona, firma, banklar kapitali, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik kapitali, zahira kapitali, ustav kapital singari ko‘rinishlari mavjud. Kapitalning katta qismi tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan dastmoyalardan kelib chiqadi. «Dastmoya - mayda savdo muomalasida amal qiluvchi aylanma mablag‘; savdo - sotiq ishlarida aylantirib turiladigan, foyda keltiradigan dastlabki asosiy mablag‘. Ilgari kosiblar qo‘lidagi aylanma mablag‘ (xom ashyo, materiallar olish uchun ishlatiluvchi mablag‘) ham dastmoya deyilgan. Tovar - pul munosabati kengayib, ayrim kosib va mayda savdogarlar boyib ketsa, ular qo‘lidagi dastmoya yirik mablag‘ - kapital (sarmoya)ga aylangan»2. 394 Yuqoridagidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yirik biznes kapitalining asosiy kelib chiqishi kichik biznes sub’ektlarida moliyaviy resurslarining ko‘payishi hisoblanib, shu boisdan moliyaviy resurslarni jalb qilish va milliy iqtisodiyotda kapital hajmini oshirish uchun avvalambor kichik biznes sub’ektlari bazasini ko‘paytirish imkoniyatlarini oshirish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar va kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy resurslarini yo‘naltirish va kapital harakatini jadallashtirishda fond bozorini ahamiyatini oshirish zarur. Buning uchun albatta, ulardagi dastmoyalar hajmini joriy xarajatlardan ortiqcha qismini oshirish, ya’ni kapitalga yo‘naltirish imkoniyati mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar hajmini orttirish zarurdir. Milliy iqtisodiyotga kapital oqimini ko‘chaytirish avvalambor investitsion mexanizmning qanday tashkil etilganligiga bevosita bog‘liqdir. Investitsion mexanizm deganda - investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun minimal riskli vaziyatni yaratish uchun talab darajasini o‘rganish va shu talabni qondirish uchun investitsiya jarayonlarini boshqarish, ularni tartibga solish instrumentlari, tashkiliy tuzilmasi va institutlar tizimi tushuniladi. Kapital oqimini fond bozo
Доказательный фрагмент
«Attracting investments and financing is a rather complicated process.»
Образец извлечения
Демо-превьюAttracting investments and financing is a rather complicated process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- foreign investment in the national economy, financial mechanisms of
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945