Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Zamonaviy talimning dolzarb muammolarini hal etishda talabalar faolligini rivojlantirish texnologiyasi
Санобар Джумаева (Узбекский государственный университет мировых языков) · Санжар Шодиев (Узбекский государственный университет мировых языков)
Наука и инновации · 2 · 2021
Аннотация
Ushbu tezisda oliy ta’lim tizimida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning pedagogik mazmuni, talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning markaziy muammosi – ta’limiy- tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy jarayoning umumiy loyihasini, mazkur jarayonlarni tashkil etishga bo‘lgan faoliyat mazmunini ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy shakl va texnologiyalar asosida tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik neologiya, ijtimoiy faollik, ta’lim-tarbiya jarayoni, ijodiy tafakkur, tyutor. Talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning asosiy maqsadi komil insonni shakllantirish uchun poydevor bo‘lgan ijtimoiy pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish, talaba yoshlarning mustaqilligini ta’minlash, faol yoshlarning ijtimoiy-psixologik portretini tayyorlashda ular faolligini 101 oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ekzo va endo omillarni belgilab olishning samarali metodlarini qo‘llashdan iborat. Psixologik adabiyotlar tahliliga ko‘ra faollikning asosiy shakllari: jismoniy faollik; ijtimoiy faollik; siyosiy faollik; madaniy faollik; ijodiy faollik; dialogik faollik; kommunikativ faollik; intellektual faollik; idrok faolligi; ongli faollik; tafakkur faolligi; kognitiv faollik; ichki faollik va tashqi faollikdan iborat bo‘lib yoshlarda ijodiy va mustaqil ishlash faoliyati (ilmiy va ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarish texnologik, loyihaviy-konstruktorlik, eksperimental-tadqiqiy ko‘nikma, malakalari)ning rivojlanganlik darajasini o‘rganishning tahliliy jihatdan oqilona bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim [3]. Buning uchun talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik shart- sharoitlarni aniqlash, faoliyat turiga qarab kreativ yondashish, ta’limiy-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish loyihasini yaratish, maqsad samaradorligini oshirishga qaratilgan neonologik shakl, metod, vositalarini o‘rganishga doir indikatorlarini ishlab chiqish kerak. Bunda, pedagogik neonologiya asosida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirish mazmuni birinchi darajali mohiyat kasb etadi. Uning muhim indikatorlari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: tyutorlar ish faoliyatida amal qilinayotgan modernizatsiyalashtirilgan ishchi o‘quv rejalarining samaradorligi; tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar va pedagogik texnologiyalarning qulayligi, ularning talabalar qiziqishlari, faoliyatini o‘rganish mezonlari bo‘yicha hisoblash uslubiyoti talablariga muvofikligi; tyutorlik faoliyatiga oid hujjatlarning yuritilishi; tyutor faoliyatidagi talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy ishlarning bajarilishi. Pedagogik neonologiya asosida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishda maqsadli o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida quyidagi yo‘nalishlarda pedagogik shart-sharoit, imkoniyat yaratish: faoliyat mahsuldorligiga erishish uchun talabalarga kreativ va mustaqil ishlash faoliyati motivlarini faollashtirish; kreativ, ilmiy ijodiy va mustaqil ishlash uchun faoliyat mazmuni haqida talabalarda bilim va tasavvurlar tizimini shakllantirish; talaba yoshlarni qobiliyat va layoqatiga qarab kreativ, ilmiy ijodiy va mustaqil ishlash kompetensiyalarini aniqlash; ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish, fizik, texnik va yo‘nalishiga qarab ilmiy ixtirolar yaratishi uchun muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish lozim. Zamonaviy sharoitlarda, pedagogik jarayonlarni kompyuterlashtirish – ta’lim jarayonini pedagogik loyihalash, uni samarali amalga oshirishning yagona yo‘nalishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologik xarita, loyiha, shuningdek, alohida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar tyutor faoliyatini tashkil etishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi [5]. Pedagogik adabiyotlar tahliliga ko‘ra aytishimiz mumkinki, har qanday ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat ma’lum bir tamoyillarga asoslangan bo‘lib, tahsil oluvchilar shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Neonologik yondashuv asosida talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirish markazida ta’limiy- tarbiyaviy jarayonning rahbari hamda shu jarayonning subyekti-yu obyekti bo‘lgan o‘qituvchi va talaba turadi. Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi va talaba hamkorligi, o‘zaro muloqoti, bir-biriga ko‘rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida qayd etish lozimki, ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat jarayoni oldiga qo‘yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo‘llari tahsil oluvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, tahsil oluvchi shaxsiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, muammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini vujudga keltirish, tahsil oluvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholash metodl
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda oliy ta’lim tizimida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning pedagogik mazmuni, talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning markaziy muammosi – ta’limiy- tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda oliy ta’lim tizimida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning pedagogik mazmuni, talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishning markaziy muammosi – ta’limiy- tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Communicative competence, children with musculoskeletal disorders, alternative and, репетитор, Pedagogical innovation, tutor, creative thinking, social activity, творческое мышление, процесс обучения и воспитания, ijodiy tafakkur, tyutor, pedagogik neologiya, educational process, педагогическая новация, ta’lim-tarbiya jarayoni, общественная активность, ijtimoiy faollik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945