К содержанию
РецензированоUZ2003

Horijda atrof-muhit to‘g‘risidagi ta’lim tajribalari

Norboyev Abduraxmon G‘aybullayevich (narsa. M. : Psixoterapiya instituti nashriyoti, 2002-yil.)

Наука и инновации · 2003

Аннотация

Maqolada xorijiy davlatlardagi ekologik ta’lim tizimi tahlil qilingan va xulosalar chiqarilgan. Kalit so‘zlar: Ekologiya, ekologik ta’lim, “Ochiq havoda ta’lim”, “Yashil maktab”, ekologik qadriyatlar, loyihalash, amaliy faoliyat. Yer sharida aholi soni va unga muvofiq talab, ehtiyojlarning ortishi, fan va texnologiyalarning rivojlanishi insonning tabiatga bosimini, ta’sir miqyosini haddan darajada orttirib yubordi. Natijada yuzaga ko‘tarilgan regional va global ekologik muammolar oqibatda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, demografik muammolarni keltirib chiqarmoqda va ushbu muammolar to‘g‘risidagi betartib axborotlar oqimi jamiyatda psixologik og‘ishlarga yoki ekofobiyaning kuchayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ekologik muammolar va ularning ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ekologik masalalarga muhim e’tibor qaratilib, yangi O‘zbekistonning 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi[1]da aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish alohida maqsad sifatida e’tirof etildi. Ekologik muammolarning yechimlarini topish va insoniyat tomonidan qilingan xatolarni keyinchalik takrorlamaslik uchun ekologik ta’lim-tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan a’zo mamlakatlar 2030 yilga qadar barcha ta’lim oluvchilar barqaror rivojlanish uchun zarur hisoblangan ekologik bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlashlari zarurligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi[2]da hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish vazifasi qo‘yildi. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta’limdir”, deya ta’kidladilar [3]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash zarurki, ekologik muammolarning oldini olishda ekologik ta’lim-tarbiya tizimi o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi xalqlar tomonidan millatlarning milliy xusususiyatlari va hududiy o‘ziga xosliklardan kelib chiqib tarixiy davrlar mobaynida milliy madaniyatning bir qismi sifatida ekologik qadriyatlar shakllangan. Mazkur qadriyatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish va amalga oshirishda muhim asos bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, ma’lum bir millatga xos bo‘lgan madaniyat va qadriyatlar umuminsoniyatga tegishli ilg‘or qarashlar, fikrlar, tajribalar asosida boyib borishi ham tabiiy holdir. 93 Shu ma’noda, ekologik ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ularning ilg‘or tajribalarini ijodiy o‘zlashtirish zamon talabidir. Jahon mamlakatlarida ekologik ta’lim o‘quv dasturlariga kiritilishi, uning qiziqarli va samarali bo‘lishi uchun bir necha o‘n yillar talab etilgan. Davlatlarning ta’lim va atrof-muhitga oid siyosatiga muvofiq ekologik ta’limning maqsadlari, vazifalari va mazmuni ma’lum o‘zgarishlarga uchrab, shakllanib, rivojlanib borgan. O‘rganish va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ekologik ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlarning dastlabki yigirmataligi Yevropa qit’asida joylashgan. Ekologiya ta’limi alohida fan sifatida Belgiya, Finlyandiya, Frantsiya, Gretsiya, Ispaniya; fanlararo integratsiyalashgan holda Daniya, Ispaniya, Frantsiya (ayrim hududlarida), Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya; mavzulararo yondashuv asosida Avstriya, Germaniya, Daniya, Finlandiya kabi mamlakatlarda o‘qitiladi [4]. Mazkur davlatlar tajribasi ko‘rsatadiki, ekologik ta’limni fanlararo integratsiya holatida berish eng ko‘p tarqalgan usuldir. Ta’lim berish shakllariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida keyingi paytlarda inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, rivojlantirish hamda tabiatga nisbatan qadriyatli munosabatlarni o‘rnatish uchun umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlariga “Ochiq havoda ta’lim” kontseptsiyasi kiritilmoqda. Bu g‘oya sinfdan boshqa joyda, tabiat qo‘ynida dars o‘tish: qishloqlar, o‘rmonlar yoki sohillarda ta’lim jarayonini tashkil etishdir. Daniya maktablarida ekologik ta’limga alohida e’tibor qaratiladi hamda “Ochiq havoda ta’lim”ning muhimligini hisobga olgan holda, 2000 yillardan boshlab “Udeskol” (ochiq maktab) tushunchasi joriy etilgan. Bu barcha maktablar uchun qat'iy talab bo‘lmasada, ayrim maktablar bir hafta yoki ikki haftada bir marta ochiq havoda o‘qitishni majburiy qilib qo‘ygan. Mazkur shakldagi o‘qitishda mavzular va tabiat komponentlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi hamda bu ta’limning qiziqarli va samarali bo‘lishiga, o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy muloqot, tajriba, tasavvur va amaliyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Finlandiyada ham ochiq osmon ostidagi ta’limga asos

Доказательный фрагмент

«Maqolada xorijiy davlatlardagi ekologik ta’lim tizimi tahlil qilingan va xulosalar chiqarilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada xorijiy davlatlardagi ekologik ta’lim tizimi tahlil qilingan va xulosalar chiqarilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik ta’lim, ecological education, amaliy faoliyat, loyihalash, practical activities, planning, экологические ценности, “Yashil maktab”, Ekologiya, практическая деятельность., ekologik qadriyatlar, Экология, ecological principles, планирование, экологическое образование, “Ochiq havoda ta’lim”, Ecology
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники