Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Maktabgacha ta’lim tashkilotida giperaktiv bolalar bilan ishlash
BOLALAR BILAN ISHLASH (соискание степени доктора философии, Университет Шеффилда, Отдел непрерывного) · Nazarova Adiba Salimbayevna (соискание степени доктора философии, Университет Шеффилда, Отдел непрерывного)
Наука и инновации · 2016
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida giperaktiv bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, giperaktivlik, impulsivlik, diagnostika, energiya, psixologik strategiya, faoliyat, ijtimoiy muhit, irsiyat. Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (inglizcha: attention deficit hyperactivity disorder (ADHD)) bolalik davridan boshlanadigan ruhiy xulq-atvorning buzilishi hisoblanadi [1]. U oʻzida diqqatni jamlash, giperaktivlik bilan bogʻliq qiyinchiliklar va yomon boshqariladigan impulsivlik kabi alomatlarni namoyon qiladi. Mazkur sindrom odatda bolalik davrida boshlanadigan hissiy va xulq-atvor muammolari sifatida tasniflanadi. Giperaktivlikning asosiy belgilaridan biri diqqatning buzilishi bilan birga impulsivlik hisoblanadi – muayyan talablarga javoban xatti-harakatlar ustidan nazoratning yetishmasligi [2]. Klinik jihatdan bunday bolalar barcha vaziyatlarga tez munosabat koʻrsatishadi, topshiriqni bajarish uchun koʻrsatmalar va ruxsat kutmasliklari, shuningdek, topshiriq talablarini hurmatsizlik bilan baholashlari orqali tavsiflanadi. Natijada, ular juda beparvo, eʼtiborsiz, loqayd boʻlib qoladilar. Bunday bolalar koʻpincha potentsial salbiy, zararli yoki havfli (va hatto halokatli) muayyan vaziyatli harakatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni tahlil qila olmaydi. Oʻzlarining jasoratlarini, injiqliklarini va gʻayrioddiyliklarini koʻrsatish uchun ayniqsa tengdoshlari oldida oʻzlarini asossiz, keraksiz xavf-xatarlarga duchor qilishadi. Natijada, zaharlanish va jarohatlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar yuzaga keladi. giperaktivlik bilan ogʻrigan bolalar, diqqat yetishmovchiligi va hissiy buzilish belgilari boʻlmagan bolalarga qaraganda, birovning mulkiga beparvolik bilan zarar yetkazishi yoki yoʻq qilishi mumkin. Mazkur holatlar bolalarda giperaktivlikni erta tashxislash va korreksiya qilish masalalarini dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yadi. Shu nuqtai nazardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida giperaktiv bolalar bilan ishlashda ilg‘or psixologik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Giperaktivlik energiya miqdorining me’yordan ko‘p bo‘lishi, keskin harakatlar qilish, diqqatni to‘plolmaslik va o‘zini boshqarishga qodir bo‘lmaganligi bilan belgilanadi va bu tarbiyalanuvchi uchun o‘rganish jarayonida qiyinchiliklarni tug‘diradi, shu sababdan mazkur toifadagi bolalar psixologik yordamga muhtoj hisoblanadi. Psixologlar giperaktiv bolalarni tahlil qilish, ularga kerakli yordamni taqdim etish va ularning o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatli harakatlarini ko‘paytirish uchun strategiyalar va taktikalarni belgilashda yordam beradi. Mazkur strategiya va taktikalar giperaktiv bolalarning harakat energiyasini moslashtiruvchi faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini boshqarish va diqqatni to‘plashni o‘rganishlari uchun usullar ishlatish hamda o‘zlarini to‘laqonli ifodalashlari uchun imkoniyatlar yaratishga yordam beradi. 91 Psixologik yondashuvlar giperaktiv bolalarga o‘quv jarayonida qo‘yiladigan qoidalar va tartiblarni tushunishga, o‘rganishga va ularga moslashtirishga yordam beradi. Bu ularning o‘quv jarayonida muvaffaqiyatli bo‘lishlari va o‘zlarini rivojlantirishlari uchun juda muhimdir. Bolalarda giperaktivlikning sabablari haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Eng ko‘p tarqalganlari: irsiy moyillik (irsiyat), biologik (tug‘ilish travmasi, homiladorlik paytida bolaning miyasida organik shikastlanish), ijtimoiy muhit (ota-onalarning alkogolizmi, oiladagi mikroiqlim, yashash sharoiti, noto‘g‘ri ta’lim). Bolaning giperaktivligi hatto maktabgacha yoshda ham namoyon bo‘ladi. Uyda giperaktiv bolalarni doimiy ravishda o‘zlarining akalari, tengdoshlari bilan taqqoslashadi, vaholanki bu holat giperaktiv bolalar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar ko‘pincha intizom yo‘qligi va hissiy beqarorlikdan g‘azablanishadi. Giperaktiv bolalar turli vazifalarga mas’uliyat bilan yondosha olmaydilar va ota-onalariga yordam bera olmaydilar. Shu bilan birga, jazolar va tanbehlar tegishli natijalarni bermaydi. Vaqt o‘tishi bilan vaziyat faqat yomonlashadi. Ayniqsa, bola maktabga borganda maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishda darhol qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha maktabda bolada diqqat bilan muammolar paydo bo‘ladi. Yuqorida aytilganlarga qaramay, giperaktiv bolalar intellektual jihatdan rivojlangan, bunga ko‘plab tadqiqotlar natijalari guvohlik beradi, ammo ular uchun diqqatni jamlash va o‘z ishlarini tashkil etish juda qiyin. Tengdoshlari bilan o‘yinlarda qoidalarga rioya qilmaydi, shuning uchun ishtirokchilar bilan nizolar kelib chiqadi. E’tibori sust bo‘lganligidan vazifalarni bajara olmaydi, diqqati tez yig‘ilmaydi. O‘smirlik davrida giperaktivlik sezilarli darajada pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ammo buzilgan diqqat funksiyasi, odatda, balog‘at yoshiga qadar saqlanib qoladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, giperaktiv bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi, psixologlardan katta mahorat talab eta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida giperaktiv bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida giperaktiv bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- социальная среда, diagnostics, наследие., гиперактивность, School education organization, psychological strategy, impulsivity, Образовательная организация начального образования, diagnostika, heritage, activity, irsiyat, энергия, energy, impulsivlik, диагностика, social environment, деятельность, psixologik strategiya, ijtimoiy muhit, импульсивность, Maktabgacha ta’lim tashkiloti, психологическая стратегия, hyperactivity, energiya, faoliyat, giperaktivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945