К содержанию
РецензированоUZ2000

Diskurs kompetensiyasi mazmun mohiyati va ahamiyati

Saxiyeva Nodira Bahtiyor Qizi

Наука и инновации · 2000

Аннотация

Diskurs kompetensiyasi ingliz tilini o'qitishda (ELT) hal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki u samarali muloqot va til o'rganish uchun asosdir. U birlashtirilgan va izchil nutq qurish, matn xususiyatlarini tushunish, tuzish strategiyalarini qo'llash va akademik yozish haqida bilimga ega bo'lish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Diskurs kompetensiyasini rivojlantirish akademik yozishni o‘zlashtirishga, kommunikativ ko‘nikmalarni oshirishga va kontekstdagi til tuzilmalarini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, media-diskursiv kompetentsiyani o'quv materiallariga integratsiyalash o'quvchilarning suhbat ko'nikmalarini yaxshilashi va o'rganishni rag'batlantirishi mumkin. Sinfda diskurs kompetensiya til o‘qituvchilari uchun ham zarur bo‘lib, til o‘rganuvchilarning faollashuvi va o‘rganish jarayonlariga ta’sir qiladi. Umuman olganda, diskurs kompetensiyasi ELTning asosiy komponenti bo‘lib, samarali muloqot, til o‘rganish va o‘qitish amaliyotini osonlashtiradi. Kalit so’zlar: diskurs kompetensiyasi, axborot komunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy janr, kognitiv janr So’nggi yillarda dunyo miqyosidagi keng ko’lamli, rivojlanishdan to’xtamayotkan innovatsion texnologiya va Internet manbalari har bir soha rivoji uchun eng muhim omil bo’lib qolmoqda. Ta’lim sohasi esa albatta bundan mustasno emas. Chet tilini o’rganish bosqichlari va metodlari avvalgi paytlardigidan tubdan farq qiladi. An’anaviy o’qitish uslublaridan farqli o’laroq zamonaviy yo’nalishda o’quvchilar nafaqat qiziqarli va tezlashtirilgan shaklda til o’rganishlari mumkin, balki mustaqil tarzda ham o’z bilim ko’nikmalarini oshirishlari va hattoki tekshirishlari ham mumkin. Bu afzalliklarning barchasi Internet manbalarining kuchli raqobat sababli kundan kunga yangilanib, dolzarblashishidadir. Hozirda Oliy ta’lim mutahassislari ham an’anaviy usullardan voz kechgan holda zamon bilan hamnafas bo’lib, eng so’nggi o’qitish metodika va bilimlarini chuqur o’rganib amalga tadbiq qilmoqdalar. Bundan tashqari, O’zbekistonning xalqaro aloqalarni kengaytirishi, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda hamda madaniyatlararo munosabatlarda chet tilining ahamiyati yanada oshdi va uni o’rganish asosiy tamoyillardan bo’lib qoldi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mavjud bo’lgan til o’qitish uslublari, vositalari va yo’nalishlarini yana bir bor yangilash va hozirgi davr talabiga muvofiqlashtirish zarur bo’lib qoldi. Talabalarning kasbiy faoliyatidagi talablardan biri tilni mukammal bilish bo’lgani uchun ham kompetensiya ta’lim modeli juda katta ahamiyatga ega. Bunda innovatsion axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordami bilan ta’lim jarayonini yanada manfaatli va kamharj shaklda o’rganish mumkin Ko’p tilli jahon hamjamiyatida til maktabi bitiruvchilarining bilim darajalari dialogik hamkorlik, fikrni ravon bayon eta olish va muloqotdagi kompetensiyalariga qarab aniqlanmoqda va bularni 84 rivojlantirish ustida turli xildagi tadqiqotlar olib borilmoqda. Natijada, diskurs kompetensiyasiga ya’ni har xil turdagi nutqni tuzish va uni turli xil vaziyatlarga moslashtira olish qobiliyatini rivojlantirishga bo’lgan talab oshib bormoqda. Internet manbalari (podkastlar, bloglar, audio va video materiallari) qisqa muddatta diskurs kompetensiyasini yaxshilabgina qolmasdan, tilni yanada murakkab qismlarini ham o’rganishga katta hissa qo’shadi. Talabalarning diskurs kompetensiyasi aslida aniq bilimlar tizimi va ko’nikmalar yig’indisidir. Bu bilimlar va ko’nikmalar kommunikativ maqsadga erishish uchun muhim omillar hisoblanib, yuqorida keltirilganidek leksik, sintaktik, grammatik qoidalar bilan bir qatorda uslubiy, janrli, madaniy, ijtimoiy, psixologik, hissiy, muvofiqlik va uyg’unlik jihatlarini o’z ichiga oladi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, diskurs, nutq akti va aloqa tushunchalari bir biridan tubdan farq qiladi. Diskurs ko’nikmalari va nutq qobiliyatlari o’rtasidagi farq shundaki, nutq qobiliyatlarining maqsadi til ko’nikmalarini boshqarishda aniq komunikativ vazifalarni hal qilishdir: yoza olish, gapira olish, o’qiy olish va hokazo. Ammo lekin diskurs tushunchasi o’zida ekstralingvistik omillarni jamlagani uchun ham yanada keng qamrovlidir. Avvalgi ilmiy ishlarida so’z yuritilgan komunikativ kompetensiya konsepsiyasini rivojlantirishda, Canale diskurs kompetensiyasini o’z ichiga olgan sotsiolingvistik kompetensiyani ham yanada mukammal tushuntirib beradi. U shu assnoda turli xil janrlarda yozma va og’zaki matnlarni gramatik shakl va ma’nolarini birga o’rganishga imkon yaratadi. Bu tadqiqot muloqotdagi yozma va og’zaki matnlarga asoslangan o’quv dasturini loyihalashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Diskurs kompetensiya, talabalarning akademik yozuv va o’qish jarayonida talabalarga muhim hisoblangan komunikativ kompetensiyaning asosiy bir bo’lagidir. Ushbu kompetensiyasini rivojlantirish ko’pgina ESP talabalariga bir qancha murakkablik tug’dirishi tabiiy holdir. Diskurs kompetensiyasini tasniflash nafaqat lingvistik kompetensiya bilimlari bilan bog’liq balki kontekstual, ijtimoiy va madaniy k

Доказательный фрагмент

«Diskurs kompetensiyasi ingliz tilini o'qitishda (ELT) hal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki u samarali muloqot va til o'rganish uchun asosdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Diskurs kompetensiyasi ingliz tilini o'qitishda (ELT) hal qiluvchi rol o'ynaydi, chunki u samarali muloqot va til o'rganish uchun asosdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
дискурс компетенция, kognitiv janr, information communication technologies, социальный жанр, ijtimoiy janr, social genre, информационно-коммуникационные технологии, когнитивный жанр, diskurs kompetensiyasi, discourse competence, cognitive genre, axborot komunikatsiya texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники