Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Zamonaviy ta’limda talaba-yoshlarning pedagogik atamalardan foydalanishini rivojlantirishning dolzarb muammolari
Mavlanov Shavkat Yusupovich
Наука и инновации · 2016
Аннотация
Maqolada nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirish va pedagogikada «atama» tushunchasi, uning ilmiy-amaliy ma’noda aniq ifodalanishi, pedagogik atamalarning kashf etilishi, dastlabki darslik va qo‘llanmalarning tarjima qilinishi va yaratilishiga oid manbalar qayd etilgan. Pedagogik atamalarning sharh va izohlari pedagogik ensiklopediya tarzida tizimlashtirilishi hamda ularning vazifalari ta’kidlab o‘tilgan. Kalit so‘zlar: atamalar, sharh, izohlar, pedagogik ensiklopediya, pedagogika. Oliy ta’lim muassasalarida nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida pedagogik atamalar va ularni iste’mol qiluvchilarning ham soni ortib bormoqda. «Atama» – termini har bir xalq o‘z tilidagi nom, atama bilan yuritib kelingan. Termin so‘zi ma’lum bir sohada qo‘llansa, atama so‘zining ma’nosi termin so‘zining ma’nosidan kengroq bo‘lib, u barcha narsalar va hodisalarning nomi sifatida tushuniladi. Termin va atama so‘zlari bir-biriga yaqin tushuncha sifatida ifodalanishiga qaramay, ular aynan bir xil so‘zlar hisoblanmaydi va ularni almashtirib qo‘llab ham bo‘lmaydi. Nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida pedagogik atamalarni o‘rganish bilan birgalikda o‘zbek tilining grammatikasi va matn ustida ishlashga ham katta ahamiyat beriladi. Pedagogik atamalar lug‘ati bilan ishlashda adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Talabalar nafaqat pedagogik atamalarni, balki pedagogikaga oid masalalar yuzasidan fikr bildira olish, tahlil etish hamda bahs munozaralarga kirishish kabi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari mumkin. Pedagogik tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladigan so‘z yoki so‘z birikmalari o‘zining aniq definitsiyalari, ya’ni aniqlovchilariga ega. Pedagogikada «atama» tushunchasi ostida ilmiy-amaliy 75 ma’noda pedagogik tushunchalarning aniq ifodalangan shakli tushuniladi. Shu bois bunday aniqlovchilar ilmiy-pedagogik uslub doirasiga kiradi. Pedagogik atamalar pedagogikaga oid ilmiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar majmui sanaladi. Ular pedagogika fanining muhim tushunchalarini o‘zida mujassam qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Qayd etish joizkm, ajdodlarimiz yosh avlod tarbiyasining pedagogik, ma’naviy-axloqiy asoslarini yaratish jarayonida ko‘plab pedagogik atamalarni kashf etishgan. Pedagogik atamalarni Sharqning buyuk mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy va boshqa qator qomusiy bilimlarga ega bo‘lgan allolomalarning ilmiy-ma’naviy merosi orqali kuzatishimiz mumkin. Sharq allomalari “pedagogika” so‘zidan foydalanmagan bo‘lsa-da, unga oid qator tushunchalar, terminlar asosida ilmiy asarlar yaratishgan erishgan. Ushbu manbalardan ma’lum bo‘ladiki, ta’lim-tarbiyaga oid tushunchalar, ya’ni pedagogik atamalarning paydo bo‘lish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalgan, deyishga asos bor. Nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik atamalardan foydalanish va ular mazmunini takomillashtirish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan integrallashuvini taqozo etadi. Binobarin pedagogik atamalarning yangicha mazmun-mohiyatiga yondashish va bunda mazkur atamalarning boshqa tillarda qo‘llanilish shakli, mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda o‘zaro qiyoslash muhim sanaladi. Bugungi kunga qadar turli davrlarda ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda pedagogik atamalarning mazmuni bo‘yicha ko‘plab izlanishlar amalga oshirilgan. Pedagogik terminlarning shakllanishi va taraqqiyoti masalalari bo‘yicha ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz kabi pedagog olimlari tomonidan izlanishlar olib borilgan [2]. Pedagogik atamalar ilmiy jihatdan to‘g‘ri tavsiflanishi, ularning barcha ma’nolari izohlanishi zarur. Shu bois ham nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik atamalarni batafsil o‘rganish va tadqiq etish zaruriyati dolzarb masalalardan biridir. Pedagogika sohasiga oid ilmning rivojlanishi va ommalashishida mazkur pedagogik atamalarga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Atamalar mohiyatida pedagogika fanida barqarorlashgan bilimlar, yondashuvlar, konsepsiyalar o‘z ifodasini topishi kerak. Pedagogik atamalarning sharh va izohlari pedagogik ensiklopediya tarzida tizimlashtirilishi lozim. Pedagogik ensiklopediyalar ilmiy, ijtimoiy, pedagogik vazifalarni bajaradi [1]. Bunday ensiklopediyalar bugungi kunda pedagogika va ta’lim-tarbiya sohasida ma’lumot, axborot to‘plash hamda uni nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ular: − talabalarga muayyan pedagogik hodisa haqida har tomonlama mukammal ma’lumot berish funksiyasiga ega; − pedagogikaga oid so‘zlar, tushunchalar, atamalar va ularning ilmiy mohiyati, yo‘nalishlari bilan tanishtiradi; − talabalarning pedagogika va ta’lim-tarbiya sohasidagi so‘z boyligini, bilim doirasini oshiradi. O‘zbekiston
Доказательный фрагмент
«Maqolada nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirish va pedagogikada «atama» tushunchasi, uning ilmiy-amaliy ma’noda aniq ifodalanishi, pedagogik atamalarning…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada nofilologik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini pedagogik atamalar asosida rivojlantirish va pedagogikada «atama» tushunchasi, uning ilmiy-amaliy ma’noda aniq ifodalanishi, pedagogik atamalarning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- термины, pedagogical encyclopedia, atamalar, pedagogik ensiklopediya, педагогическая энциклопедия, комментарии, izohlar, pedagogika, педагогика, comments, sharh, explanations, pedagogy, обзор
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945