Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Grafik ta’lim jarayonida dizayn fikrlashni rivojlantirishda elektron resurslardan foydalanish
ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH · Mardov Sanjar Xudoykulovich
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023
Аннотация
Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grafik ta’lim sohasini ya’nada jozibali qilib ko‘rsatishda dizayn fikrlash muhim omillardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi. Xususan arxitektura yo‘nalishi mutaxassislari hisoblanmish muhandis-quruvchilar uchun dizyn fikrlash va uning nazariy jihatlarini mukammal bilib talab etiladi. Chunki ular yaratayotgan va barpo etayotgan loyiha inshoatlari foydalanuvchilar uchun qulay va shinam bo‘lishi talab etiladi. Shuning uchun ham dizayn fikrlash va uning nazariy jihatlari, takibiy tuzilmasini o‘rganishlari talab etiladi. Kalit so‘zlar: dizayn fikrlash, grafik ta’lim, interer, grafik dastur, standart, innovatsiya, grafika, arxitektura, muhandis, vektorli grafika, loyiha, modeling. Ayniqsa XXI – asr axborot texnologiyalar asridan ta’limning qaysi boʻgʻinida boʻlishidan qa’tiy nazar axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan turib oʻqitishda sifat–samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Oldinlari darslarda faqat ma’ruzalar ogʻzaki, amaliyotlar doskalarda yozish chizish orqali oʻtilar edi. Asta-sekinlik bilan koʻrgazmali materiallardan, pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oʻtildi. Bu holatda gumanitar fanlar, tabiiy fanlar va aniq fanlarning ba’zilarida natija yaxshi boʻlar edi. Lekin aniq fanlar qatorida boʻlgan arxitektura sohasidagi fanlarini oʻqitishda kutilgan natijaga va pedagog oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha olmasdi. Sababi arxitektura sohasidagi fanlarni oʻzlashtirishda talabalardan kuchli intellektual salohiyat, dizayn fikrlash va fazoviy tasavvur, yuqori darajadagi xotira talab e’tadi. Chunki mavzuni tushuntirish jarayonida talaba qanday jarayon ketayotganini toʻla anglab yеtmasa, mavzu mohiyatini toʻla tushuna olmaydi. Keyinchalik bu fanning qolgan mavzularini ham tushunmaydi, arxitektura sohasidagi fanlar mavzularini oʻzaro uzviy bogʻliqdur. Koʻrib chiqilayotgan muammoning boshqa tarafiga ham toʻxtalib oʻtsak. Doskada pedagog qanchalik moxirlik bilan chizmasin baribir chizilayotgan narsani toʻla koʻrsatib bera olmaydi. Koʻrgazmali materiallar orqali ham yеtkazilayotgan ma’lumot toʻla yеtkazilmaydi. Talabalar dizaynga bogʻliq boʻlgan fanlarning mavzularini mukammal oʻzlashtirish uchun dars jarayonida pedagog axborot texnologiyalaridan oʻz oʻrnida va unumli foydalanishini ta’lab etadi. Loyihalashga bogʻliq fanlarda ayniqsa arxitektura sohasidagi fanlarda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, pedagog oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi[1]. Chunki talabalar chizish bilan bir vaqtning oʻzida chizayotgan narsalarini umumiy koʻrinishda koʻrib borsa mavzu mohiyatini ya’nada chuqurroq anglab yеtadilar. Arxitektura sohasidagi fanlarda asosan qurilishdagi standartlar, materiallarning shartli tasvirlanishlari, binolarning qirqimlari va boshqa shunga oʻxshash jihatlar talabalarga oʻrgatiladi. Keling endi arxitektura qurilish chizmachiligi boʻlimining biror bir darsida axborot texnologiyalarning tadbigʻini koʻrib oʻtaylik. Pedagog talabalarga biror bir xonaning intererini chizish mavzusini talabalarga tushuntirishda albatta grafik dasturlardan foydalanishi lozim boʻladi. Hozirgi kunda grafik dasturlar nihoyatda koʻp. Misol tariqasida quyidagilarni keltirib oʻtishimiz mumkin: ArchiCad, 3d Max, Lumion, Auto Cad, va boshqa grafik dasturlani ham sanab oʻtishimiz mumkin. Pedagog bu dasturlar ichidan mavzu mohiyatiga mos boʻlgan grafik dasturlarni tanlashi lozim. Interer qurushimiz uchun avvalo biz xonaning devorlari va pollarini yaratishingiz kerak. Agar siz binolarning oʻlchamlari bilan rejangiz boʻlsa, u holda devorlarni ular boʻylab choʻzish qiyin boʻlmaydi. Agar sizda rejangiz boʻlmasa, ishlab chiquvchilar veb-saytlaridan olingan 384 rasmlardan foydalanib, qutini yaratishingiz mumkin. Deraza va eshik teshiklarining oʻlchamlari va joylashuvi ham ushbu printsipga muvofiq tanlanishi yoki eshik va deraza bloklarining standart oʻlchamlari boʻyicha qoʻllanilishi mumkin. Masalan, eshikning standart kengliklari 60, 70, 80, 90 sm, balandligi - 200 sm. Oynali bloklarning oʻlchamlarini ishlab chiqaruvchilarning veb- saytlarida topish mumkin, kengliklarning konfiguratsiyasi va soni har xil. Biz quyidagi oʻlchovlarni olamiz: Eshik bloki - 900x2000 mm; Deraza bloki - 1460x1480 mm, balandligi poldan 800 mm. 3ds max ish maydonida yangi sahnani oching. Rasmni yaratishda kelajakda hech qanday muammo boʻlmaydi, shuning uchun barcha elementlar hozirgi hajmgacha imkon qadar yaqinroq joylashtirilishi kerak[2]. Biz poldan boshlaymiz - devorlari 4000 mm va 6600 m va qalinligi -250mm kabi toʻrtburchaklar (BOX) yarating, shunda u pastga tushadi. Yaratilgan maydonga sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing, kontekst menyusi paydo boʻladi, Convert To - Convert To Editable Poly tanlang. Biz qutini koʻpburchak obʻyektga aylantirdik. Endi barcha yon koʻpburchaklarni tanlang, tahrirlash koʻpburchaklar qismida Extrude yonidagi katakchani tanlang va ekstruziya qiymatini mahalliy usul bilan 250 mm ga qoʻying (1-rasm). 1-rasm
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grafik ta’lim, интерьер, графическое образование, graphic software, engineer, innovation, modeling., моделирование., design thinking, дизайн, vector graphics, arxitektura, dizayn fikrlash, grafik ta’lim, project, dizayn fikrlash, interer, standard, grafik dastur, vektorli grafika, architecture, interior, архитектура, loyiha, grafik dastur, инженер, innovatsiya, muhandis, стандарт, векторная графика, grafika, standart, графика, мышление, graphic design, проект, графическое программное обеспечение, инновация, graphics
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026