К содержанию
РецензированоRU2024

ПРОЕКТЫ И ПРОГРАММЫ, КОТОРЫЕ ЭФФЕКТИВНЫ В БОРЬБЕ С КИБЕРБУЛЛИНГОМ СРЕДИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ.

Sag`dullayev Shahzod

Современная наука и исследования · 3 · 375-393 · 2024

Аннотация

This article provides information about the project, programs and the work being done in this regard, which are effective in combating cyberbullying among minors. Key words: Minors, cyberbullying, aggression, hotline, project, program, prevention. ПРОЕКТЫ И ПРОГРАММЫ, КОТОРЫЕ ЭФФЕКТИВНЫ В БОРЬБЕ С КИБЕРБУЛЛИНГОМ СРЕДИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ. Аннотация. В этой статье представлена информaция о проекте, программах и проводимой в связи с этим работе, которые эффективны в борьбе с кибербуллингом среди несовершеннолетних Ключевые слова: несовершеннолетние, кибербуллинг, агрессия, горячая линия, проект, приложение, профилактика. Kiberbulling profilaktikasi dasturiga misol sifatida Buyuk Britaniyada tahqirlashni oldini olish bo‘yicha Britaniya xayriya tashkiloti – “BeatBullying” tomonidan 2009 yil mart oyida ishlab chiqilgan “Kibermurabbiylar” (CyberMentors) dasturini keltirsa bo‘ladi. Dastur Angliya va Uelsning 81 ta mahalliy darajadagi boshqaruvida joriy etilgan. Dasturning maqsadi bulling va kiberbullingdan aziyat chekayotgan yoshlarga maslahatlar berish, yoshlarga bir-birlarini yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratishdir. Bulling va kiberbullingdan aziyat chekayotgan yoshlar maxsus tizimga kirishlari va kiberustozdan tegishli yordam olishlari mumkin. Kibermurabbiylar xavfsiz ijtimoiy aloqa mexanizmlari orqali o‘zlarining tengdoshlariga yordam beradigan o‘qitilgan yoshlar hisoblanadi. Ularga 18 yoshdan oshgan yoshlar hamda volontyor sifatida ilgari kibermurabbiylik faoliyatini olib borganlar saboq berishadi. Kibermurabbiylar, odatda, ta’lim muassasalari tomonidan tanlanadi yoki ko‘ngillilar bo‘lishadi. Kibermurabbiylar uchun asosiy o‘quv dasturi 11-18 yoshdagi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashqlar, guruhlarda ishlash, o‘yinlar, shu jumladan, rolli o‘yinlar, bulling va kiberbulling to‘g‘risidagi munozaralardan iborat. Treningning birinchi kuni bulling, konfidensiallik (maxfiylik), chegara va bolalarni himoya qilish va murabbiylik uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar kabi tushunchalar mazmuniga bag‘ishlanadi. Ikkinchi kuni onlayn o‘qituvchilik va onlayn veb- saytlardan qanday foydalanish o‘rgatiladi. Katta murabbiylar, bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar 4 68 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ va ota-onalar ham o‘qitilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, shunga o‘xshash “Kichik murabbiy” dasturi ham mavjud. Ushbu dastur kichik yoshdagi (5-11 yoshdagi) bolalar uchun mo‘ljallangan. “Kichik murabbiy” dasturi boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish va bir- birlarini hurmat qilish muhimligini tushunishda yordam beradi. Bolalar ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarni o‘zlarining mashg‘ulotlarga qanday jalb qilish, do‘stlikni rag‘batlantirishni va bir- birlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘rganadilar. Dastur samaradorligini baholash shuni ko‘rsatadiki, unda ishtirok etgan maktablarda bolalar o‘rtasida bulling va zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berish 60 %ga oshgan bo‘lsa, ushbu salbiy holatlar 43 %ga kamaygan. 73 % o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarning xulq-atvorida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganligini, 88 % o‘qituvchilar o‘quvchilarning maktab hayotida faol ishtirokini e’tirof etishgan. Mazkur dastur bulling va kiberbulling holatlarida voyaga yetmaganlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining ahamiyatini namoyon etadi, qolaversa, nafaqat bu dastur foydalanuvchilari uchun, balki murabbiy sifatida ishlaydiganlar, umuman, maktab uchun ham ahamiyatli ekanligini ko‘rsatgan. Umuman olganda, “Kibermurabbiy” dasturi bolalar va yoshlarni o‘z hayotlariga ta’sir etuvchi muammolarni bartaraf qilish ishiga jalb qilishning innovatsion namunasidir desak, adashmagan bo‘lamiz. Hukumatlarning ishtiroki Kiberbullingga qarshi kurashning samarali usullari albatta unga qarshi bo‘lgan barchada qiziqish uyg‘otadi bunday usullarning ko‘payishidan ular manfaatdordir. Hukumatlarning ishtiroki odatda boshqalar, ayniqsa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan bunday tashabbuslarni moliyalashtirish bilan cheklanadi. Lekin ba’zi davlatlarda bu bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Estoniyada hukumat bolalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan tajovuz va kiberbullingga takliflar ishlab chiqish maqsadida “Kanslerga maslahat qo‘mitasi”(bolalar Ombudsmani)ni tuzgan. Bundan tashqari, Ombudsman tashabbusi bilan o‘qituvchilar, ota-onalar va talabalar uchun tajovuz va kiberbullingni oldini olish va hal qilish bo‘yicha bepul amaliy maslahatlarni o‘z ichiga olgan tajovuzsiz maktab (Bullying-free School) veb-sayti ishga tushirilgan. Shuningdek, tajovuz va kiberbulling xavfi va bunga qarshi amaliy qarshi choralarnni tushuntirib beradigan “Bully-Free School buklet” risolasi ishlab chiqilgan. Xuddi shunday, Estoniya bolalar Ombudsmani tomonidan yaratilgan “Keling, yoshlar gaplashaylik” (Let’s Talk Young) loyihasi bolalar o‘z tajribalarini ommaviy pla

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the project, programs and the work being done in this regard, which are effective in combating cyberbullying among minors.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the project, programs and the work being done in this regard, which are effective in combating cyberbullying among minors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Minors, cyberbullying, aggression, hotline, project, program, prevention, приложение, kiberbulling, кибербуллинг, ishonch telefoni, oldini olish., агрессия, несовершеннолетние, prevention., Voyaga yetmaganlar, dastur, loyiha, tajovuz, профилактика., горячая линия, проект
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники