К содержанию
РецензированоUZ2026

Trening va unga tegishli eng asosiy tushunchalar o’rni

Yo‘ldoshev Sardorbek Asliddin o’g’li · Abdug’ofurova Nodira · Nurjovova Ruxshona

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026

Аннотация

Trening - bu ma'lum bir mavzu yoki ko'nikmalarni tizimli o'rganish orqali amalga oshiriladigan bilim, ko'nikma va tajribalarni o'zlashtirish jarayoni hamda muloqatchanlikni oshirish,yangi ma'lumotlarni o'rganish va qaror qabul qilish,tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, muammolarni hal qilish ko'nikmalarini egallash, ma'lum bir kasbga tayyorgarlik ko'rish yoki shaxsni rivojlantirishni o'z ichiga olishi mumkin. Kalit so’zlar:trening,trener,psixoterapiya,qoidalar,tamoyillar,bosqichlar Trening turli vazifalarni bajarishga qaratilgan, jumladan oʻzini anglash oʻzgalarga nisbatan oʻz qarashlarini obektivlashtirish, umumiy hayot faoliyatiga nisbatan adaptatsiya hosil qilish,martaba o'sishiga tayyorgarlik ko'rish, shaxsiy o'sishni rag'batlantirish va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish kabi bir qator maqsadga yoʻnaltirilgan vazifalarni oʻz ichiga oladi. Albatta, trening ko'p maqsadlarga ega, jumladan: 1. Bilimlarni egallash: turli bilim sohalaridagi yangi ma’lumotlar va faktlarni o‘zlashtirish. 2. Ko'nikmalarni rivojlantirish: o'qish, yozish, matematika, muloqot va boshqalar kabi amaliy ko'nikmalarni egallash. 3. Tafakkurni rivojlantirish: tanqidiy fikrlashni, tahliliy qobiliyatlarni, mantiqiy va ijodiy fikrlashni o'rgatish. 4. Kasbga tayyorgarlik: muayyan kasb yoki faoliyat sohasi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni egallash. 5. Shaxsiy rivojlanish: qadriyatlarni shakllantirish, o'z-o'zini anglash, his-tuyg'ularni boshqarish, ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish va boshqalar. 6. Muammoni hal qilish: muammolarni tahlil qilish usullarini o'zlashtirish, echimlarni topish va turli vaziyatlarda qaror qabul qilish. 7. Uzluksizlik : o'zgaruvchan dunyoda bilim va ko'nikmalarni yangilash uchun uzluksiz o'rganish. Trening maqsadlari har xil bo'lishi mumkin ularning har biri individual ehtiyojlar yoki trening ehtiyojlari va maqsadlariga qarab farq qiladi. Trening jarayonida samaradorlikni oshirish maqsadida trener tomonidan ishtirokchilarga treningni asosiy qoidalariga rioya qilish kerakligi tushuntiriladi. Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o’tilishi shart. - Birovning fikrini umuman noto’g’ri deb hisoblagan yoki unga qo’shilmagan taqdirda ham uni to’xtatib qo’yish yani gapini bo‘lish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo’q. - Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g’ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas. - Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo’lsa va yoritib berishni istamasa, javob bermaslik huquqiga ega. Treningning asosiy qonunlari: 1. “00” qonuni. Barcha ishtirokchilar mashg’ulot boshlanishiga va tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo’lishi kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan birgalikda tahlil qiladi va o’zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga namuna bo’ladi. 2 “Mikrofon” qonuni 3. “Faollik” qonuni 752 4. “Faqat o’z fikrini bayon etish” qonuni. Bu qonun o’zining fikrini bayon etish ya’ni “Mening fikrimcha, men his qilaman, mening o’ylashimcha...”. tarzda yuzaga chiqadi. 5. “O’z ismini aytish” qonuni. 6. “Konfidensiallik” qonuni.Biz bilgan shu yerda va hozir tamoyili kabi“Trening vaqtida sodir bo’ladigan barcha holatlar, vaziyatlar faqat shu yerda va faqat trening qatnashchilari bilan muhokama qilinadi va tashqariga chiqmaydi”. Bu qonun trening qatnashchilariga o’z fikrlarini erkin bayon etish imkonini beradi. 7. “Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni. Bu ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir. Har bir inson o'zining butun hayoti davomida o'zining shakllanishi, etuk shaxs shakllanishining muhim yo'lini bosib o'tadi va hamma uchun bu yo'l individualdir, chunki inson nafaqat o'zi mavjud bo'lgan voqelikning ko'zgusi, balki oldingi avlodlarning ma'lum ma'naviy tarkibiy qismlarining tashuvchisi hamdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1). 2. Usarovna, M. R., & Ibrahimovna, S. Z. (2019). Yuldoshev Sardor Asliddin o’ gli, Akhmedova Shokhida Mukhtarovna. THE EDUCATION OF TALENTED STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-ISSN, 2455-3662. 3.Yuldashev, S., & Arakulov, G. (2023). ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88. 4.Yo‘ldoshyev, S., & Bosimova, M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG ‘LIQLIGI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 5.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). O ‘QUVCHI XULQ-ATVORNING PSIXOLOGIK KORREKSIYASI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2). 6.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA KIBERBULLING. International Journal of Contemporary

Доказательный фрагмент

«Trening - bu ma'lum bir mavzu yoki ko'nikmalarni tizimli o'rganish orqali amalga oshiriladigan bilim, ko'nikma va tajribalarni o'zlashtirish jarayoni hamda muloqatchanlikni oshirish,yangi ma'lumotlarni o'rganish va qa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Trening - bu ma'lum bir mavzu yoki ko'nikmalarni tizimli o'rganish orqali amalga oshiriladigan bilim, ko'nikma va tajribalarni o'zlashtirish jarayoni hamda muloqatchanlikni oshirish,yangi ma'lumotlarni o'rganish va qa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
психотерапия, trainer, обучение, trener, training, правила, тренер, psixoterapiya, rules, принципы, principles, этапы, tamoyillar, psychotherapy, qoidalar, trening, bosqichlar, stages
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники