Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЕКТА ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА
Mirzaxodjaev Mansur
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article deals with the essence of the public-private partnership project and its performance indicators. Key words: public-private partnership, law, state, private partner, project, private sector. АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЕКТА ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА Аннотация. В данной статье рассмотрена сущность проекта государственно- частного партнерства и показатели его эффективности. Ключевые слова: государственно-частное партнерство, право, государство, частный партнер, проект, частный сектор. Bozor mexanizmlarining rivojlanib borishi natijasida davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida yangi iqtisodiy munosabatlar shakllanib boradi. Bunday iqtisodiy munosabatlarning rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi bir ko‘rinishi, bu davlat va xususiy tarmoqlar sheriklik munosabatlaridir. Davlat xususiy sheriklikning asosiy vazifasi O‘zbekistonning barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi uchun davlat va xususiy sheriklikning samarali o‘zaro harakatlanishi uchun sharoit yaratishi hamda xususiy sektor resurslaridan umumjamiyat ehtiyojlarini qondirishda foydalanish tushuniladi. Davlat-xususiy sheriklik tizimi (DXSH) - biror mamlakatga yoki ushbu mamlakat tomonidan berilgan ko‘rsatmalar asosida xizmat ko‘rsatuvchi xususiy sektor uchun uzoq muddatli shartnoma bo‘lib, xususiy sektor o‘zining moliyaviy, texnik va boshqaruv resurslaridan foydalanish orqali loyihani ilgari suruvchi kuch hisoblanadi. Davlat sektori esa asosiy loyiha aktivlari (misol uchun, yer uchastkalari) ni taqdim etadi va yuridik hamda shartnoma asosida uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarni o‘rnatadi, loyihaga tayyorgarlikni moliyalashtiradi. 275 To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy va eng samarali yo‘nalishlaridan biri davlat-xususiy sherikligi uzoq muddatli, samarali va ikki tomon uchun ham foydali hisoblanadi. Quyidagi jadvalda davlat va xususiy sherik uchun foyda va ustunliklar berilgan. Demak, davlat, xususiy sherikligining bir qator afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshiriladi; davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi resurslar birlashib, mulkdan foydalanish samaradorligi oshadi; qo‘shimcha manbalar jalb etilishi natijasida davlat bilan xo‘jalik munosabatlari shakllanadi; davlat ortiqcha xarajatlarsiz biron-bir faoliyat va xizmatni yo‘lga qo‘yadi. Davlat-xususiy sheriklik, asosan, ijtimoiy, ya’ni maktabgacha ta’lim, umumiy va oliy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi, avtomobil yo‘llari qurilishi va elektr ta’minoti tarmoqlaridagi infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarishda keng qo‘llaniladi. So‘nggi 30 yilda 130 dan ortiq mamlakatda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi faol joriy etilayotgani kuzatilmoqda. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mexanizm yordamida infratuzilma loyihalariga xususiy investitsiyalarning qariyb 15- 20 foizi jalb qilinayapti. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida xususiy sheriklarga quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari taqdim etilishi mumkin: • Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yo‘naltiriladigan subsidiyalar; • Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlar va mol- mulk tarzidagi qo‘yilmalar; 276 • Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi byudjetlari tizimining byudjet mablag‘lari; • Byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish; • O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari; • Soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar; • Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar. O‘zbekiston hukumati ijtimoiy, transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishi va modernizatsiyasiga jalb qilish kabi ijtimoiy muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha faol harakat qilib kelmoqda. Davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikda yagona huquqiy mexanizm sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning 10-mayida “Davlatxususiy sheriklik (DXSH) to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Qonunda “Har qanday yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlatxususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirgan taqdirda, davlatxususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikning ta’rifi tender asosida amalga oshiriladi”, deyiladi. Bunda xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini davlat-xususiy sheriklik loyihasining umumiy qiymatining 1 foizidan oshmaydigan miqdorda tender g‘olibi yoki zaxira g‘olibi hisobidan tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar qoplanishi mumkin. Qonunda xususiy sherik manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilgan va d
Доказательный фрагмент
«This article deals with the essence of the public-private partnership project and its performance indicators.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article deals with the essence of the public-private partnership project and its performance indicators. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- public-private partnership, law, state, private partner, project, private sector, private sector., проект, xususiy sherik, davlat, qonun, davlat-xususiy sheriklik, государство, частный партнер, государственно-частное партнерство, loyiha, частный сектор., право, xususiy sektor.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026