К содержанию
РецензированоRU2024

СТРАТЕГИЯ МАРКЕТИНГОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ.

MARKETING TADQIQOTLARINING STRATEGIYASI. · Naimova Nargiza Akbarovna

Современная наука и исследования · 3 · 464-467 · 2024

Аннотация

This article provides information on marketing, the necessary conclusions and suggestions about the importance of marketing today and its strategies are given. Keywords: marketing, technology, strategy, research. СТРАТЕГИЯ МАРКЕТИНГОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. Аннотация. В статье содержится информация о маркетинге, даны необходимые выводы и предложения о значении маркетинга сегодня и его стратегии. Ключевые слова: маркетинг, технология, стратегия, исследования. Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bir qator vazifalarni hal qiladi. Korxona marketing strategiyasi uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar sotuvi va ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirlarning ko‘p tomonlama tizimini ifodalaydi. Bunda korxonaning texnologiya va ishlab chiqarish resurslarini hisobga olgan holda tovar va xizmatlar hajmini va sifatini oshirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda korxonaning rivojlanish istiqbollarini va eng optimal maqsadlarini aks ettiruvchi strategiyasi ishlab chiqiladi. Korxona marketingi strategiyasini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich korxona tovar va xizmatlar hajmi, uning ulush, foiz stavkasi, foyda va hokazoni hisobga olish kerak. Strategiya — uzoq muddatli rivojlanish va harakat rejasi bo‘lib, yuqori natijalarga erishishga qaratilgandir. U korxonaning bozorda harakat qilish, yangi bozorni egallash bo‘yicha yo‘nalish chizig‘i va holatiga bog‘liq holda uch xil bo‘lishi mumkin: 1. Hujum qiluvchi strategiya. Korxonalar bu strategiyadan foydalanganlarida, korxona tovar va xizmatlar bozorini kengaytirish uchun bozorning muqobil ulushini egallashga harakat qiladilar. Bu 20 % xaridorlar bozori, ular korxona taklif qilgan xizmatning 80 % ni sotib oladilar. Avvalambor, ichki bozor, so‘ng esa asta-sekin chet el bozorini egallab boorish nazarda tutiladi. 2. Marralarni va yutuqlarni ushlash strategiyasi. Bu strategiyaga muvofiq, korxona tovarlar va xizmatlar bozorlarida erishilgan ulushni ushlab turishga harakat qiladi. Agarda shu bozordagi korxona faoliyati uni qoniqtirsa va boshqa chora qo‘llanilishi salbiy natija bersa, bu strategiya o‘zini oqlagan hisoblanadi. Bu strategiya xavfli bo‘lishi ham mumkin, chunki u harakatdan to‘xtab turishga chorlaydi. Bu esa raqobatchilar uchun qo‘l kelib, korxona 3 06 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ xizmatlarini bozordan siqib chiqarishga olib kelish ehtimolini tug‘diradi. 3. Orqaga chekinish strategiyasi. Bu strategiyada korxona o‘z raqobatdoshlaridan ko‘rsatkichlar jihatidan orqada qolayotganini sezsa, bu holda bozorda harakatni to‘xtatishi ma’qul hisoblanadi, sobiq sheriklar bilan aloqani uzmaslik maqsadga muvofiqdir. Bu strategiya korxona marketingining kelajak faoliyati uchun yaxshi maktab bo‘lishi va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berish mumkin. Korxona marketingi korxonaning uzoq strategiyasini tuzar ekan, o‘z iste’molchilari va jamiyat manfaatlarini hisobga olishi zarur. Bu va shunga o‘xshash muammolar tamoman yangi, zamonaviy konsepsiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Yangi konsepsiya — ijtimoiy-axloqiy marketing bo‘lib, uning mohiyati jamiyat, firma, xaridor manfaatlarining muqobilligini ta’minlashdir. Bu konsepsiya korxona marketingini ham qamrab oladi. Korxona marketingi ham o‘z faoliyatini jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirmog‘i lozim. Ijtimoiy-axloqiy marketingning maqsadi amaldagi marketing konsepsiyalaridan farqli ravishda xaridorlar ehtiyojlarini to‘liq qondirish, firma samaradorligini oshirishgina emas, balki barcha muammolarni umummilliy, ijtimoiy xalq xo‘jalik manfaatlarini hisobga olib hal etishdir. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi iste’molchilarning hamma ehtiyojlarini to‘liq qondirishga yo‘naltiriladi. Shu tamoyillarga ko‘ra, korxona marketingi o‘z faoliyatida xaridorlarni jamiyat manfaatlariga mos va samarali faoliyatini rag‘batlantirishi yoki ularning jamiyatga zid faoliyatini har xil to‘siqlar bilan cheklashga erishishi mumkin. Korxonalarning marketing muhiti bu — tashqi va ichki muhit yig‘indisidir. Mikromuhit uning ichida mavjud bo‘ladigan, paydo bo‘ladigan va harakat qiladigan muhitdir, u korxonaning o‘ziga bevosita bog‘liq. Korxona boshqaruv tashkilotlari rivojlanganlik darajasi, moddiy-texnika ta’minoti xizmati, xaridorlarga xizmat qilish tizimi, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari, infrastruktura tarkibining darajasi kiradi. Marketologlarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun qulay mikromuhit yaratish korxonaning o‘z qo‘lidadir. Makromuhit esa korxona chegarasidan tashqarida mavjud bo‘ladi, shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda ular global miqyosda namoyon bo‘ladi va mikromuhitga ta’sir qiladi. Bu guruhga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishi, ixtisoslashganlikning rivojlanganligi, texnika, texnologiya darajalari kiradi. Makromuhitning ba’zi

Доказательный фрагмент

«This article provides information on marketing, the necessary conclusions and suggestions about the importance of marketing today and its strategies are given.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on marketing, the necessary conclusions and suggestions about the importance of marketing today and its strategies are given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
marketing, technology, strategy, research
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники