Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ta’lim tizimini takomillashtirishda ochiq ommaviy online kurslarning o’rni va ahamiyati (khan academy platformasi misolida)
Фаёза Абдуллаева (Академия труда и социальных отношений)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2016
Аннотация
Ushbu maqolada MOOC (Massive open online courses) platformalarining o’rni va ahamiyati yoritib berilgan. Undan tashqari maqolada Khan Academy platformasi imkoniyatlari keltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: Coursera, MOOC, online ta’lim, ta’lim platformalari, axborot texnologiyalari,raqamli texnologiyalar. Raqamli texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ham alohida e’tibor qaratilib, bunda ta’lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etish va jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan qator vazifalar belgilangan. Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron ta’limdan foydalangan holda talabalar 289 o‘qishini jadallashtirish shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. O‘quv jarayonini elektron ta’lim asosida tashkil etish, shu jumladan, o‘quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo‘l hisoblanadi[1]. Masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishning ilmiy-pedagogik talablari ko‘p adabiyotlarda bayon qilingan. Ko‘p sohali tadqiqotchilar masofaviy ta’limni tashkil etishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini olib borganlar. Masalan, bu mavzuga oid adabiyot va ilmiy ishlanmalarda respublikamiz olimlaridan A.Parpiev, A.Maraximov, R.Xamdamov, U.Begimqulov, V.Xamidov, A.Nishonov va boshqalar tomonidan masofaviy ta’lim asoslari yetarli darajada tahlil qilingan. So'nggi yillarda MOOC(Massive open online courses) ko'plab insonlarga mamlakat yoki ta'lim darajasidan qat'iy nazar, keng mavzular bo'yicha ta'lim olish imkoniyatini berdi. Shaxsiy ta'limdan tortib professional ta’limgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga qamrab olgan MOOC yil o’tgani sari ommalashib bormoqda. Ushbu onlayn ta'lim formati Garvard va MIT kabi Amerikaning yirik universitetlari tashabbusi bilan yaratilgan bo’lib MOOCs orqali endi dunyodagi eng nufuzli institutlar tomonidan taqdim etilgan bilimlarni egallash mumkin[2]. Khan Academy platformasi Khan Academy – notijorat ta’lim tashkiloti. Ushbu loyiha 2006 yilda Massachusets texnologiya instituti va Garvard universiteti bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan yaratilgan. Maqsadi - barchaga va ixtiyoriy joyda yuqori sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Akademiya sayti bugungi kunda matematika, tarix, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, moliya, fizika, ximiya, biologiya, astronomiya, iqtisodiyot, kosmologiya, san’at tarixi, makro va mikro iqtisod, kompyuter ilmiga oid bo‘lgan 4200 dan ortiq mutlaqo tekin mikro ma’ruzalar kolleksiyasini havola etmoqda[3]. Hamkor-ta’lim muassasalari soni: NASA xalqaro agentligi, Kaliforniya fanlar akademiyasi va Massachusets texnologiya instituti va boshqa tashkilotlar. Kurslarning muddati: chegaralanmagan. O‘qitish tili: ko‘pchilik kurslar ingliz tilida berilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda O‘zbekistonda ham Akademiyaning elektron resurslarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha xayriya tadbiri amalga oshirilmoqda. Davomati: 10 mln. foydalanuvchi. Hamkor-ta’lim muassasalari soni: 160 dan ortiq. Onlayn-kurslar soni: 2600 ta. Yo‘nalishlar soni: 260 ta Kurslar yo‘nalishlari: axborot texnologiyalari, fizika, muhandislik fanlari, matematika, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot, tadbirkorlik, gumanitar fanlar, san’at. Hamkorlari: jahonning turli davlatlaridagi yetakchi universitetlar. Coursera kompaniyasining birinchi partnyorlari sifatida Stenford, Priston, Pensilvaniya va Michigan universitetlari bo‘lgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda platformada Amerikaning nufuzli universitetlari onlayn-kurslari qo‘yilgan: Kaliforniya texnologiya instituti, Kolumbiya universiteti, Yel, Viskonsin Medison universiteti, Shimoli-g‘arbiy universitet, Emori, Van-derbilt. Kurslarning muddati: 4 haftadan 10 haftagacha. O‘qitish tili: 20 ta tillarda. Ko‘pchilik kurslar ingliz tilida olib boriladi. Ikkinchi o‘rinda - xitoy tili turadi. Ma’ruzalarni boshqa tillarda yozilgan subtitrlar orqali ko‘rish imkoniyati yaratilgan. Coursera kompaniyasi yaratilgan kurslarni boshqa tillarga tarjima qilish uchun dunyo bo‘yicha ta’lim muassasalari va volontyorlarni jalb qilmoqda. Chet tilini bilgan xohlagan inson Coursera xalqaro tarjimachilik jamiyatiga (Global Translation Community) a’zo bo‘lishi va kurslarga o‘z ona tiliga tarjima qilishda yordam berishi mumkin. Coursera platformasida onlayn-kurslar rus tilida ham joylashtirilgan. 290 Qatnashish sharti: Cou
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada MOOC (Massive open online courses) platformalarining o’rni va ahamiyati yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada MOOC (Massive open online courses) platformalarining o’rni va ahamiyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Курсы Coursera, MOOC, онлайн образование, информационные технологии, information technologies, axborot texnologiyalari, цифровые технологии., online education, education platforms, образовательные платформы, raqamli texnologiyalar., digital technologies., Coursera, ta’lim platformalari, online ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026