Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo`llab quvvatlashda tijorat banklarining roli
Нодира Курбонбоева (Ташкентский государственный экономический университет)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2019
Аннотация
Maqolada tadbirkorlik faoliyatida tijorat banklarining roli haqida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada biznes korxonalarini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida bayon etilgan. Kalit so`zlar: Kichik biznes, tadbirkorlik moliyasi, moliyaviy resurslar, moliyalashning ichki manbai, moliyalashning tashqi manbai, kredit, investitsiya, debitor, foiz. Bugungi kunda tadbirkorlik sub'ektlarini tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligi nafaqat ularning ichki moliyaviy imkoniyatlari va samaradorligiga, balki ular faoliyatini moliyalashtirish bilan shug'ullanuvchi moliya-kredit muassasalarining qanchalik taraqqiy etganligiga ham bog'liq. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri boʻlib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko'rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bogʻliq. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik sub'ektlarini tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirishda tijorat banklarining kreditlari muhim o'rin tutadi.Tijorat banklari o'z iqtisodiy tabiatiga ko'ra, quyidagi iqtisodiy operatsiyalarni bajaradi: - tijorat banklari aholi va xo'jalik sub'ektlari ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlgan moliyaviy resurslarni qo'shimcha to'lov asosida o'ziga jalb etadi; - vaqtinchalik moliyaviy mablag'larga zarurat sezayotgan tadbirkorlar va korxonalarga kredit resurslari yetkazib beradi; - bank o'z operatsiyalari orqali mehnatga layoqatli aholi qatlamlarini ish o'rni bilan ta'minlab, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga hissa qo'shadi. Tijorat banklarining mohiyati va faoliyat ko'rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o'z ifodasini topadi: - tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili; - tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag'lar chegarasida xizmat ko'rsatish; - bank faoliyatining to'la iqtisodiy mustaqilligi; - banklar faoliyatining tijorat tavsifi; - mijozlar manfaatini himoya qilish; - banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lar doirasida kredit resurslarni tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo'yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo'ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo'yilgan mablag'lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag'lardan unumli foydalanishga asos yaratadi[1]. Banklar faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri asosida tijorat banki va mijoz munosabatlari yotadi, ya'ni bank ssuda berayotgan bozor me'zonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda beradi. Tijorat bank faoliyatini olib borishning yana bir tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo'lib, bunda banklarning tijorat ob'ekti vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'lari hisoblanadi. Bu pul mablag'lari bankka tegishli bo'lmagan bo'lsada, faoliyati davomida bank ularni o'z nomidan joylashtiradi. Bank tijorati kam investitsiya qilib ko'proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo'lishi kerak. Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko'p daromad olishni moʻljallaydi. Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bogʻliq faoliyat koʻrsatadi. Bank 235 faoliyatida risk darajasi qancha kam bo'lsa va xavfsizligi yuqori bo'lsa, bankning daromadi ham shuncha koʻp boʻladi. Tijorat banklari operatsiyalari bo'yicha foiz stavkalari ularning o'zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul - kredit siyosatining bosh yo'nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo'lishi lozim. Tadbirkorlik sub'ektlari tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan biri kreditlash tizimi bo'lib, ular samaradorligini ta'minlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Tadbirkorlar faoliyatini moliyalashtirishda o'z mablag'lari yetarli bo'lmagan holatlarda chetdan qarzga mablag' jalb etishga to'g'ri keladi. Moliya va kredit o'zaro bog'langan kategoriyalar bo'lib ular yordamida ishlab chiqarish jarayonida pul korxonalarning kengaytirilgan takror jamg'armalarining doiraviy aylanishi ta'minlanadi. Kredit bank tizimi va ixtisoslashgan moliya- kredit muassasalari orqali ssuda jamg'armasining harakatini ifodalaydi. Kredit (lot. Creditum - qarz, credo - ishonaman) - pul mablag'lari, Tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to'lab qaytarib berish sharti bilan ma'lum[2]. muddatlarga qarzga berish ma'nosini anglatadi. Kreditning mohiyatini yanada mukamalroq yoritishda uning ba'zi muhim tomonlari
Доказательный фрагмент
«Maqolada tadbirkorlik faoliyatida tijorat banklarining roli haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tadbirkorlik faoliyatida tijorat banklarining roli haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- credit, financial resources, Kichik biznes, debitor, внутренний источник финансирования, interest, финансовая деятельность предпринимательства, Маленький бизнес, процент, tadbirkorlik moliyasi, internal source of financing, investitsiya, entrepreneurial finance, кредит, внешний источник финансирования, Small business, investment, moliyalashning ichki manbai, moliyaviy resurslar, должник, moliyalashning tashqi manbai, debtor, foiz, финансовые ресурсы, инвестиция, external source of financing, kredit
Смежные источники
Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
Экономика и инновационные технологииУсмонов Ботир Шукуриллаевич2018
Экономика и инновационные технологииСАМАРАЛИ БОШҚАРИШ ЙЎЛЛАРИ, Лола Саатова2018