Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Mintaqa iqtisodiyotida investitsiya loyihalarning samaradorligini oshirish yo‘llari
Protokol Autentifikatsiyalash usulari Shifrlash algoritmlari · MQTT Username/Parol · Tokenlar TLS · SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 8 · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotida investitsiya loyihalarning samaradorligini oshirishning mohiyati, ahamiyati, zaruriyati va yo‘llari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Investitsiya, investitsiya loyihasi, samaradorlik, loyiha. Ma’lumki, investitsiyalar va kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish uchun investitsiya faoliyatini ilmiy asoslangan rejalashtirish zarur bo‘ladi. U o‘z ichiga qurilayotgan obyektlarni loyihalash, qurilish ishlab chiqarish va yangi kiritilgan loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishni oladi. Loyihalar yangi loyihani qabul qilish mavjud loyihalar daromadlarning biroz pasayishiga olib keladi ganda, almashtirish munosabatlari bilan o‘zaro bog‘langan. Agar bitta loyihani qabul qilish to‘g‘risidagi qaror boshqa loyihani qabul qilish to‘g‘risidagi qarorga ta’sir qilmasa, loyihalar mustaqil hisoblanadi [1]. Investitsiya faoliyatini baholashda statistik yondashuv nuqtai nazaridan quyidagi moliyalashtirish manbalari ajratiladi: - o‘z mablag‘lari (tashkilot ixtiyorida qolgan amortizatsiya va foyda); - jalb qilingan mablag‘lar (banklar, jumladan xorijiy kreditlar, olingan qarzlar, budjet mablag‘lari va boshqalar). Investitsiya loyihasi mintaqa iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallab, bu borada ularning samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya loyihasi tushunchasi quyidagi jihatlar bilan qo‘llaniladi [2]: - investitsiya maqsadlariga erishishni ta’minlovchi harakatlar majmuini amalga oshiruvchi tadbirkorlik, faoliyat va hodisa sifatida; 227 - investitsiya harakatlarini amalga oshirish yoki tavsiflash uchun zarur bo‘lgan hisob-kitob, moliyaviy, tashkiliy-huquqiy hujjatlar tizimi sifatida; - yakuniy natijalarga erishish uchun investitsiyalardan foydalanish bilan bog‘liq tizimni vaqt bilan cheklangan va maqsadli o‘zgartirish sifatida. Investitsiyalar samaradorligini oshirish oldindan investitsiyalarni joylashtirish uchun ishlab chiqilgan rejani anglatib, ichki ta’sirni kafolatlaydi: - kapital qo‘yilma turlarini takomillashtirish va takror ishlab chiqarish turlari; - qurilayotgan obyektning texnologik ketma-ketligi, asosiy va yordamchi investitsiyalarni moliyalashtirishga kompleks yondashuv. - asosiy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarida kapital xarajatlarni muvofiqlashtirish. Investitsiyaning loyiha bosqichida quyidagicha vaqtni qisqartirish va loyihalar sifatini quyidagi yo‘llar orqali yaxshilash mumkin: - loyiha vaqtini qisqartirish, standart loyihalar va yagona hajmli rejalashtirish va turli yechimlaridan foydalanish; - fan va texnikaning istiqbolli va raqobatbardosh loyihalarida ishtirok etish. Investitsiya loyihasini yaratish bosqichida investitsiyalar qurilish vaqtini qisqartirish orqali sanoat obyektlarini ishga tushirishni tezlashtirishda namoyon bo‘ladi. U orqali quyidagi yo‘nalishlarda qurilish sifatini yaxshilash hamda qurilish va montaj ishlarining narxini pasaytirish mumkin bo‘ladi: - ilmiy-texnik taraqqiyotga asoslangan qurilishni har tomonlama sanoatlashtirish va qurilish ishlab chiqarish tashkilotini takomillashtirish; - qurilishda ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasini oshirish; - pudratchining maqbul birikuvi va iqtisodiy qurilish usullarini qo‘llash; - moddiy-texnikaviy takomillashtirish va qurilishni ta’minlash. Yangi ishga tushirilgan obektlarning foydalanish bosqichida esa loyiha quvvatlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zlashtirish davrini qisqartirish hisobiga investitsiyalarning samaradorligi oshadi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi korxona yakka tartibdagi tadbirkorni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi. Shu munosabat bilan qarz mablag‘larini jalb qilish uchun qarz mablag‘laridan samarali foydalanish va kredit tashkilotlari bilan munosabatlarni tashkil etishga samarali yondashuvlar muhim bo‘lib sanaladi [3]. Investitsiyalarni amalga oshirishda qarz kapitalining manbai bo‘lib kreditlar qo‘llaniladi. Investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun qarz kapitalidan foydalanadigan korxona kapitalning rentabelligini oshiradi. Xulosa shuki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish mexanizmi turli boshqaruv qarorlarini o‘z ichiga oladi. Ular orqali loyihani amalga oshirish vaqtini qisqartirish, mehnat va moliyaviy xarajatlarni optimallashtirish, rejalar, budjetlar va ko‘rsatkichlarni obyektiv kutishlarga moslashtirish va iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy muvaffaqiyatning maksimal natijalariga erishishga qaratilgan boshqa harakatlar amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Юзвович Л.И., Марамыгин М.С., Князева Е.Г., Львова М.И., Куваева Ю.В., Чудиновских М.В., Дегтярев С.А. Инвестиции и инвестиционная деятельность. Учебник. Уральский государственный экономический университет. - Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2021. – 117 с. 2. Теслюк Л.М., Румянцева А.В. Оценка эффективности инвестиционного проекта. Учебное электронное текстовое издание. – Екатеринбург, 2014. – c. 23. 3. Галанина Е.А. Подход к повышению эффективности инвестиционного проекта // Российское
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotida investitsiya loyihalarning samaradorligini oshirishning mohiyati, ahamiyati, zaruriyati va yo‘llari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mintaqa iqtisodiyotida investitsiya loyihalarning samaradorligini oshirishning mohiyati, ahamiyati, zaruriyati va yo‘llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- инвестиционный проект, investment project, проект., loyiha., Investment, investitsiya loyihasi, Инвестиция, project., доходность, samaradorlik, profitability, Investitsiya
Смежные источники
The American Journal of Management and Economics InnovationsAsrakulov Abdurakhmon Sultonovich2020
Информатика и инженерные технологииBАNK INFRАTUZILMАSINING O‘RNI, Samadkulov Muhammadjon Islom o‘g‘li +22016
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011