Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОРГАНИЗАЦИЯ СТРАХОВЫХ ФОНДОВ И ИХ ФОРМИРОВАНИЕ
Djurabayeva Ruxshona Tòychiboy qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this thesis, some information is provided about the sources of insurance fund organization, the terms related to their organization and use, the use of fund funds, the theoretical and methodological basis of the types of insurance funds, and their practical aspects. Key words: insurance coverage, insurance benefits, insurance liability, reinsurance, mutual insurance, insurance representatives, certificate of insurance, underwriter, insurance appraisal, insurance coverage. ОРГАНИЗАЦИЯ СТРАХОВЫХ ФОНДОВ И ИХ ФОРМИРОВАНИЕ Аннотация. В данной дипломной работе даются некоторые сведения об источниках создания страховых фондов, условиях, связанных с их созданием и использованием, использовании фондов фондов, теоретических и методологических основах видов страховых фондов, а также их практических аспектах. . ``поднят.'' Ключевые слова: страховая защита, страховые выплаты, страховая ответственность, перестрахование, взаимное страхование, страховые представители, страховой сертификат, получатель страховой защиты, страховая оценка, страховое обеспечение. Sug’urta munosabatlarini o’rnatishda sugúrta fondlarini tashkil etish birlamchi zaruriyat hisoblanadi. Chunki, sug’urtalovchining moliyasi sug’urta himoyasi bo’yicha xizmat ko’rsatish faoliyatini ta'minlaydi. Shu sababli sug’urtalovchi sug’urta fondi mablag’larini shakllantiradi va 64 tashkil etilgan fond mablag’larini sug’urtalanuvchilar zararlarini qoplash, sug’urta ishini tashkil qilish bo’yicha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi. Bundan tashqari, bozor sharoitida, sug’urtalovchi sug’urta fondining bir qismi va o’z mablag’lari hisobidan investitsion faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, sug’urta tashkilotining pul aylanishi xalq xo’jaligining boshqa sohalari korxonalariga nisbatan ancha murakkabdir. Sug’urta tashkilotining pul aylanmasi ikki mustaqil pul oqimini o’z ichiga oladi: sug’urta himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi va sug’urta ishini tashkil qilish bilan bog’liq pul aylanmasi. Bunda sug’urta himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi ikki bosqichni bosib o’tadi: birinchi bosqichda sug’urta fondi shakllanadi va taqsimlanadi, ikkinchi bosqichda sug’urta fondi mablag’lari foyda olish maqsadida investitsiya qilinadi. Sug’urta fondi sug’urta tarifi bo’yicha aniqlanadigan va manbasi sug’urtalanuvchilar tomonidan to’lanadigan sug’urta badallari hisoblanadi. Kutilayotgan va haqiqatdagi zarar o’rtasidagi bo’lishi mumkin bo’lgan nomutanosiblik, avvalo, tarif tuzilishiga ma'lum talablarni qo’yadi: uning asosiy qismi (netto-stavka)ga haqiqiy zararni kutilganidan bo’lishi mumkin bo’lgan ehtimolli farqini aks ettiruvchi tavakkal ustamasi qo’shiladi. Sug‘urtalovchi o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarib, olgan to‘lovlarini tarifda ko‘zda tutilgan turli maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydilar. Sug‘urtalovchi tomonidan tashkil qilingan sug‘urta fondi o‘zining majburiyatlarini bajarishga yetarli bo‘lish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa, sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Mablag‘lar aylanishining tavakkal xarakteridagi sharoitlarda sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga ehtiyoj zararni qoplashni kengaytirishga asoslangan qayta sug‘urtalash usulini vujudga keltirdi. Bozor sharoitida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati o‘z xarajatlarini qoplashnigina emas, balki foyda olishni ham ko‘zda tutadi. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta operatsiyalaridan katta foyda olishga intilmasligi lozim, aks holda bu bilan sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ekvivalentlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlarida «foyda» iborasi shartli qo‘llaniladi, sug‘urta tashkilotlari milliy daromad yaratmaydilar, balki faqatgina uni qayta taqsimlashda ishtirok etadilar. Sug‘urta operatsiyalaridan olingan foyda deganda shunday ijobiy moliyaviy natija tushuniladiki, unda sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘ladi. Sug‘urta tashkiloti uchun foyda olishning asosiy manbai bo‘lib investitsion faoliyat 65 hisoblanib, u sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismini tijorat maqsadlarida foydalanish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatining maqsadi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish, investitsion faoliyatning maqsadi esa, foyda olish bo‘lishiga qaramasdan ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bir tomondan, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbai sug‘urta fondi hisoblansa, ikkinchi tomondan, investitsiya faoliyatidan olingan foyda sug‘urta operatsiyalarini, zarar bilan ishlovchi sug‘urta turlariga dotatsiyalar, kadrlar tayyorlash, yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish va boshqalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. Sug‘urta tashkilotlari ham alohida xo‘jalik subektlari hisoblanar ekanlar, ular ham o‘z xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus sug‘urta va boshqa fondlarni shakllantiradilar, jumladan nizom va amortizatsiya fondlari. Aksionerlik sug‘urta kompaniyalari nizom fondining egalari
Доказательный фрагмент
«In this thesis, some information is provided about the sources of insurance fund organization, the terms related to their organization and use, the use of fund funds, the theoretical and methodological basis of the ty…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, some information is provided about the sources of insurance fund organization, the terms related to their organization and use, the use of fund funds, the theoretical and methodological basis of the ty… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insurance coverage, insurance benefits, insurance liability, reinsurance
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026