К содержанию
РецензированоRU2024

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА ПРЕДУСМАТРИВАЮЩУЮ УГОЛОВНУЮ ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ЛЕГАЛИЗАЦИЮ ДОХОДОВ, ПОЛУЧЕННЫХ ОТ ПРЕСТУПНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ.

OSHIRISHDA TAʼLIM-TARBIYA AHAMIYATI · Abdullayeva Muyassarxon Salohiddinovna · СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА ПРЕДУСМАТРИВАЮЩУЮ

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article will focus on issues such as the focus on youth in our country, legislation that has determined the important directions of the state's youth policy, the competence of the state governing bodies of education and educational institutions in the field of youth public policy, the importance of education and education. Key words: Youth, Public Policy, Education, governing bodies, educational institutions, legal consciousness, legal culture. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarlarga, ayniqsa, ularning taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor beqiyos ekanligini, qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident va hukumat qarorlari hamda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida guvohi bo‘lib turibmiz. Yurtboshimizning bu ishlarning boshida turib: “...biz O‘zbekistonda olib borayotgan demokratik islohotlarimiz jarayonida taʼlim tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. ...biz o‘zimizning milliy tajribamiz va jahondagi ilg‘or yutuqlarni uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib boramiz”, “Barchamizga ayonki, taʼlim va tarbiya 5 0 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bor joyda albatta ilm, albatta madaniyat va taraqqiyot bo‘ladi”,1 - degan fikrlarini alohida taʼkidlash o‘rinlidir. Yoshlarga oid davlat siyosati borasida qabul qilingan davlat dasturilar, xususan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016-yil 14- sentyabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunga ko‘ra, biz yoshlar deganda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslarni tushunishimiz lozim. Mazkur qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, ulardan baʼzilarini, yaʼni yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish; yoshlar uchun ochiq va sifatli taʼlimni taʼminlash; yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab- quvvatlash hamda rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlarni yodga olib o‘tishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi”2 dan iboratdir. Mazkur maqolada fikr yuritmoqchi bo‘lganimiz yoshlarning taʼlim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarda ushbu qonun orqali taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlarining va taʼlim muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari belgilab berildi. Demak, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari ushbu sohada: - yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; - taʼlim sifatini oshirishga, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; - manfaatdor organlar va muassasalar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligining tahlilini amalga oshiradi hamda uning natijalari asosida taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; - yoshlarning taʼlimi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga taʼlimning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi; - taʼlim muassasalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni taʼminlash maqsadida sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar, klublar tashkil etadi; - yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ularni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga doir faoliyatda ishtirok etadi; - imkoniyati cheklangan yoshlarga ijtimoiy-psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatadi; - yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar ko‘radi; - yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/5696. 2 O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-406- son Qonuni. https://lex.uz/docs/3026246. 5 1 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yuqorida bildirilgan fikrlar hamda qonunchilik meʼyorlaridan ham ko‘rinib turibdiki, davlatimizning har tomonlama rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishi, ilm-fan taraqqiy et

Доказательный фрагмент

«This article will focus on issues such as the focus on youth in our country, legislation that has determined the important directions of the state's youth policy, the competence of the state governing bodies of educat…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will focus on issues such as the focus on youth in our country, legislation that has determined the important directions of the state's youth policy, the competence of the state governing bodies of educat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Youth, Public Policy, Education, governing bodies, educational institutions, huquqiy ong, государственная политика, legal consciousness, taʼlim muassasalari, образование, legal culture., huquqiy madaniyat., yoshlar, правосознание, правовая культура., органы управления, образовательные учреждения, молодежь, davlat siyosati, boshqarish organlari, taʼlim-tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники