К содержанию
РецензированоUZ2024

MUOMALA ETIKETIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMIJGA TA’SIRI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yusufova Dilrabo Yusuf qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article focuses on the behavior etiquette that serves the pedagogue to comply with ethical and normative requirements in the process of communication. Emphasis is placed on comments in dictionaries. The recommendations of experts and scientists are given, and the author's personal opinions based on his observations of the lesson processes are given. Key words: communication, behavior, etiquette, image, pedagogue, asymmetric, learner. Har birimiz har kuni, hech bo‘lmasa, bitta yangi narsa o‘rganamiz. Bu o‘zi yashayotgan olamni yaxshi bilish va o‘zgalar olamidan xabardor bo‘lish imkonini beradi. O‘rganish yashashning asosidir. Odamlar faqat shu tarzda atrof bilan muloqot oʻrnatadi. Insonlar bir-biri bilan aloqa qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan yashashi mumkin emas. Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala etiketi. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi 444 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarida namoyon qiladi. O‘zbekistonda maʼnaviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb eʼlon qilingan bugungi kunda muloqot madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etadi. Notiqlik sanʼati sirlarini o‘rganish va o‘z fikrini bayon qilishda muomala etiketlariga amal qilish, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zaruriyatdir. Zero, kasblar orasida pedagoglar muloqot etiketiga amal qilishi va uni namoyon etishida eng oldingi oʻrinlarda turishi maqsadga muvofiq. Muloqot jarayonida muomala etiketlariga rioya qilish muhim omillardan biri hisoblanadi. Biz bugun so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzuga ham aniqlik kiritish uchun, avvalo, muomala va etiket so‘zlarining mohiyatini tushunib olishimiz zarur. Muomala so‘ziga oʻzbek tilining izohli lug‘atida 3 ta izoh keltirilgan. Lugʻatga asosan [a. o‘zaro munosabat, aloqa] 1. Kishilar bilan munosabat, so‘zlashuv, shunday munosabat yo‘sini: Yaxshi muomala. Dag‘al muomala. 2. Ish, xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa. 3. iqt. Mehnat mahsulotlarini oldi-sotdi vositasida ayirboshlash (tovar xo‘jaligi uchun xos) [6:274 ]. Demak, mazkur izohlarga e’tibor qaratib shunday xulosaga kelish mumkinki, muomala ikki tomonlamali muloqot jarayoni va unda ma’lum bir chegaralar mavjud emas. Etiket so‘zi esa [fr. etiquette — odob-axloq; marosim tartibi] biror jamiyatda, ijtimoiy guruh va sh.k. da qabul qilingan o‘zaro muomala, odob-axloq; marosim tartibi, qoidalari. Saroy ahliga xos etiket. Diplomatik etiket” [7:74], deb ta’riflanadi. Fikrimizcha, etiket soʻzi qaysi soʻzdan keyin yoki oldin ishlatilsa ham oʻsha soʻzga chegara qoʻyib beradi. Ya’ni “muomala” cheksiz muloqot jarayoni boʻlishi mumkin, lekin “muomala etiketi” bu qolipga solingan, madaniyat asosiga qurilgan muloqotni nazarda tutadi. Etiket kundalik hayotda, ishda, o‘qishda, ko‘chada, mehmondorchilkda turli rasmiy tadbirlarda o‘zini tutishni o‘rgatadi. U kishi mavqeyini, imijini ko‘taradi va barqaror ushlab turishga yordam beradi. Umuman, etiket yaxshi turmush tarzini ta’minlaydi, chunki o‘zaro muloqot o‘rnatmay turib, hech kim mavjud bo‘la olmaydi. Muloqot esa etiket asosini tashkil etadi [2:7]. Muloqot qilishda etiketlarga amal qilish esa suhbatning sermazmun kechishini ta’minlaydi. Buning uchun esa, avvalo, etiket qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilish zarurdir. 445 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Ayniqsa, pedagog kasbida muomala etiketiga rioya qilish ta’lim oluvchilar orasida aloqa o‘rnatish, hurmat ma’nosini ifodalash, muloqot uchun ijobiy emotsional vaziyat yaratish va ularga ta’sir qilish kabi bir qator kommunikativ funksiyalarga egaligi bilan ham xarakterlanadi. Pedagog va ta’lim oluvchi bir-biri bilan assimetrik muloqot munosabatlari shaklida suhbat olib boradi. Assimetrik munosabatli muloqot bu - muloqotning biror komponenti ustunligida shakllangan muloqot shakli. Uning asosiy belgisi komponentlarning biri ikkinchisidan muayyan xususiyatlariga ko‘ra ustunligidir. Ya’ni suhbatning so‘zlovchi yoki tinglovchi bosimida amalga oshishidir [4]. Rus olimi professor Q.D.Ushinskiy ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining bolalarga nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy kuchini va qobiliyatini

Доказательный фрагмент

«This article focuses on the behavior etiquette that serves the pedagogue to comply with ethical and normative requirements in the process of communication.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article focuses on the behavior etiquette that serves the pedagogue to comply with ethical and normative requirements in the process of communication. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communication, behavior, etiquette, image, pedagogue, assimetrik, pedagog, ta’lim oluvchi., etiket, learner., muloqot, muomala, asymmetric, imij
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники