К содержанию
РецензированоUZ2024

“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DAGI LEKSEMALARNING SEMANTIK MAYDON ASOSIDA TAHLILI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Azizova Nilufar Rajavaliyevna

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

The article emphasizes the importance of analyzing the semantic field as a systematic approach. It is noted that the study of the lexemes of “Devonu Lugotit Türk” on the basis of a systematic semantic field provides important information about the development of the vocabulary of the field, allows us to determine the peculiarities of the naming of the people, national and cultural values, customs and traditions expressed in the lexemes. A microfield analysis of the dictionary's lexemes is presented. On this basis, the encyclopedic nature of the vocabulary is revealed. Key words: system analysis, semantic field, microfield, lexeme, national cultural values, bread, milk, microfield of grain products, ideographic dictionary. Kirish. Tilni mazmuniy maydon asosida o‘rganish Sharq tilshunosligida juda qadimdan mavjud bo‘lib, ideografik lug‘atlar va qomusiy asarlar orqali shakllangan. Alifbo tartibida emas, balki mavzuiy guruhlar asosida tuzilgan lug‘atlar ideografik lug‘at sanaladi. Leksemalarning semantik maydon asosidagi tahlili tizimli tahlilning bir ko‘rinishidir. Semalar sememalarning semantik maydonda joylashish mavqeyiga qarab arxisema, integral sema, differensial sema va potensial sema kabi tiplarga bo‘linadi va ular ierarxik tartibdagi o‘rpiga qarab turlicha vazifa bajaradi. O‘zbek tilshunosligida mazmuniy maydon aspektida bajarilgan tadqiqotlar, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tili nuqtai nazaridan amalga oshirilgan. Lekin tarixiy 349 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI manbalar so‘z boyligini mazuniy va semantik maydon jihatidan o‘rganish nafaqat o‘zbek tilshunosligi, shuningdek, turkiyshunoslikning dolzarb masalalaridan biri ekanligi sir emas. “Devonu lug‘otit turk”da qayd etilgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi leksemalarni ilk bor mazmuniy maydon aspektida tahlil etish kelajakda shu turdagi tadqiqotlarning keng miqyosda amalga oshirilishiga muhim hissa qo‘shadi. Asosiy qism. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari qomusiy hisoblanib, olimlar tomonidan turli ilmiy yo‘nalishlarda tadqiq etilgan bo‘lsa-da, izlanishlarning aksariyati ilmiy maqola va risolalar hisoblanadi. Olib borilgan statistik ma’lumotga ko‘ra, asar haqida 2011 yilga qadar turkologiyada bajarilgan izlanishlar soni 1779ta bo‘lib, shulardan 309 tasini o‘zbek tilida yozilgan maqolalar tashkil etadi [Xudoyberdiyev, 2011:7]. Tadqiqotlarda “Devonu lug‘otit turk”ning leksik xususiyatlari turkiy tillarning keng semantik imkoniyatlarini yoritishda muhimligi qayd etilgan [Dadaboyev, 1981;2017]. “Devonu lug‘otit turk” leksikasi turli yaxlit tizimni tashkil qilib, undagi leksemalar bir qator mikromaydonga birlashadi. Quyida ayrim mikromaydon leksemalari haqida to‘xtalamiz. “Urf-odat” semali leksemalar mikromaydoni: ögräyük “urf-odat”, törü “rasm, odat”, qonuq “mehmon”, qonuqluq “ma’lum bir sathdan joy olmoq”, bïčïš “mehmonlarga taqdim qilinuvchi shoyi gazlama”, keliš-barïš “borish-kelish”, didim “nikoh kechasi kelinga kiydiriladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bosh kiyimi, toj”, didäk “kelin ko‘chganda, yurganda begonalardan yashirinish uchun yopinadigan narsa”, türkün “qavm, qabila, ota-onaning uyi”, yazïğčï “qudalar orasidagi xat-xabar tashib yuruvchi sovchilar”. “Tibbiyot” mikromaydoni quyidagi leksemalarni oz ichiga oladi: Davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomlari: emči, otačї, sağun “tabib” ot “dori”, sağun “sog‘lomlik, mukammallik, poklik”, enüčlämaq, em-säm “davo” , emlamoq; Dori nomlari: o‘t, egit “yaradan, shuningdek, ko‘z tegishidan saqlash uchun bolalarning yuziga surtiladigan bir dori”, egir- igir//iyir “qorin og‘rig‘ini davolash uchun qo‘llanadigan o‘simlik”, ažrïq “bir xil o‘simlik”, arabchasi “sïl”, ïsrïq “isiriq”; ötrüm “surgi dori”, arqačuq “og‘izning ichiga dori quyish uchun qo‘llanadigan ichi kovak bir asbob” (DLT, I, 162), aηduz “yerdan qazib olinadigan o‘simlik ildizi”, urağun “kasallarga qo‘llaniladigan hindcha bir dori” (DLT, I, 156), čurnï “turk tabiblari tomonidan yasaladigan surgi dori”, qoš “davolovchi xususiyatiga ega bo‘lgan tosh 350 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI aǯmuq “oq achchiqtosh” (DLT, I, 125), urumday “zaharning zararini yo‘qotish uchun ishlatiladigan tosh” (DLT, I, 174), tafğač yudacï “bargi savsan gulining barglariga o‘xshash, dori sifatida ishlatiladigan bir daraxt” (DLT, I, 423), yaqïğ “shish va shunga o‘xshash yaralar ustiga qo‘yiladigan dori” (DLT, III, 20). “Qarindoshlik” mikromaydoni: oguš “qarindosh”, yalïηuq “inson, odam”, avurta “enaga”, aba “ona”, öz kiši “yaqin kishi”, ton “birinchi tug‘ilgan to‘ng‘ich bolaga nisbatan, xoh o‘g‘il yoki qiz bo‘lsin, qo‘llanadigan atama”, ïčqïm “hoqoniy turklarda katta aka (DLT, I, 95), ača, ekä “katta qiz (opa)”, öksüz “yetim; nima qilarini bilmaydigan, chorasiz insonlarga nisbatan”, egätlik qarabaš “nikoh kechasi kelin va kuyovga xizmat qilishga buyurilgan xizmatchi”, egät “nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvch

Доказательный фрагмент

«The article emphasizes the importance of analyzing the semantic field as a systematic approach.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article emphasizes the importance of analyzing the semantic field as a systematic approach. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
system analysis, semantic field, microfield, lexeme, national, non, milk, sut, ideografik lug‘at., milliy-madaniy qadriyatlar, ideographic dictionary., national cultural values, don mahsulotlari mikromaydoni, bread, semantik maydon, tizimli tahlil, mikromaydon, leksema, microfield of grain products
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники