Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARINING OZARBAYJONDA MUSTAQILLIKDAN KEYINGI DAVRDA O‘RGANILISHI
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ahmadjonova Maftuna Alijon qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Maqolada “Devonu lug‘otit turk” asaridagi onomastika, antroponimika, etnonimika va toponimika, dialektologiyaga oid dalillar hamda adabiy manbalar ozarbayjon tili va adabiyotiga qiyoslangan holda o‘rganilgan. Onomastik leksikaning shakllanishida ko‘plab lingvistik va ekstralingvistik omillarning roli Ozarbayjonda yozilgan bir qator onomastikaga oid maqolalar va dissertatsiyalarni o‘rganish orqali aniqlandi. Maqolada Ozarbayjon olimlarining devondagi shomanizmga oid qarashlari, asarda ishtirok etgan eng qiziq toponimlar (Qishloq terminlari, Ko‘l atamasi ishtirokidagi toponimlar), geografik nomlar yig‘ish, ularning kelib chiqishini oydinlashtirish, bir qator sabablar tufayli nomlarni almashtirilish sabablari, ularning ma’nosini aniqlash ushbu maqolada oldinda turgan vazifalardan biridir. Maqolada asarda keltirilgan taxalluslar, shaxs otlari, etnonimlarning tarixiy taraqqiyoti haqida so‘z yuritiladi, bosqichlari oydinlashtiriladi, etimologik tahlil qilinadi, ma’nolari haqida fikr-mulohazalar bildiriladi. Kalit so‘zlar: tadqiqot, maqola, onomastika, toponimika, shamanism. Annotation. In this article, onamastics, anthroponymy, ethnonymics and toponymy, evidences of dialectology and literary sources in the work are studied in comparison with Azerbaijani language and literature. The role of many linguistic and extralinguistic factors in the formation of the onomastic lexicon was determined by studying a number of onomastic articles and dissertations written in Azerbaijan. In the article, the views of Azerbaijani scientists on shamanism in Devan, the most interesting toponyms (village terms, toponyms with the lake term), collection of geographical names, clarification of their origin, reasons for changing names due to a number of reasons, clarification of their meaning and detection is one of the tasks ahead in this paper. The article talks about the historical development of the nicknames, personal names, ethnonyms presented in the work, explains their stages, etymological analysis, comments on their meaning. 336 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Key words: "Devonu lugotit turk", research, article, onamastics, toponymy, shamanism Bugungi kunda Mahmud Koshg‘ariyning hayoti va “Devonu lug‘otit turk”ning xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi, asarning turli tarjimalari qiyosiy tadqiqiga bag‘ishlangan bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, yangidan-yangi tadqiqotlarga katta ehtiyoj bor. Shu ma'noda asar bo‘yicha Ozarbayjonda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Mahmud Koshg‘ariy hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish borasida Ozarbayjonda anchagina ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa Ramiz Askarning “Devon”ni ozarbayjon va rus tiliga qilgan tarjimalari hamda asar bo‘yicha tadqiqotlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi [Asker Ramız, 2009:33]. Ramiz Askarning qayd etishicha, ozarbayjoncha tarjimada Besim Atalay, S. Mutallibov nashrlaridagi hamda asarning qo‘lyozmasi va bosma nusxasidagi so‘zlar qiyoslab chiqilgan, imlo, so‘z ma'nosi va tarjimalardagi farqlar izohlangan. 1-jildda muqaddima, har bir jildda so‘z boshi, izohlar berilgan. 2-jildning oxirida “Devon”ning qisqacha grammatikasi, 3-jildda esa asarning manbasi haqida ma'lumot keltirilgan. Tarjima Tevfik Xo‘jayev tahriridan chiqqan. 2006-yilda “Devon”ning rus tilidagi uchinchi to‘la tarjimasini Ramiz Askar amalga oshirgan. Ozarbayjonda devonni o‘rganilishi mustaqillik yillarida ancha salmoqli bo‘ldi. Bir qancha monografiyalar, dissertatsiyalar va maqolalar yozildi. Ayniqsa “Devonu lug‘otit turk”ning onomastikasiga e’tibor qaratildi. Tarixiy onomastik leksika saqlanib qolgan qomusiy manbalar “Devonu lug‘otit turk” asari eng ishonchli hisoblanadi. Ushbu qomusiy lug‘at nafaqat madaniy tariximiz, balki turkiy tillar tarixi uchun ham bebaho va muhim manbadir. Kazimov Jahid Ismayil o‘g‘lining “Tarixi onamastik leksikada shomanizm izlari” maqolasida keltirilgan devondagi shamanizmga oid qarashlarini keltirib o‘tamiz: “Devon”ning onomastik leksikasi haqidagi kuzatishlarimiz ko‘plab tadqiqot yo‘nalishlariga ega. Ana shunday nuqtalardan biri – “Devon”dagi shamanizmga oid onomastik leksikadir. O‘sha nomlardagi shamanizm qoldiqlarini aniqlash, ularning ma’nosini aniqlash ushbu maqolada oldinda turgan vazifalardan biridir. Ruh va sehrgarlikka ishonadigan xalqlarda (asosan shimoliy xalqlarda) “shaman” so‘zining ma’nosi sehrgar ma’nolarini bildiradi. Shamanlar qo‘shiq aytish va daf chalish orqali odamlarning kasalliklarini davolaydilar, ularni muvaffaqiyatli ov bilan ta'minlaydilar va hokazo. Bu soʻzdan olingan “shamanizm” baʼzi shimoliy xalqlar – 337 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Oʻrta Osiyo, Indoneziya, Amerika, Afrika xalqlarida ruhlarga sigʻinish va sehrdan iborat din shaklidir. Shamaniy tasavvurlar shamanlik afsonalaridan oziqlanganga o‘xshaydi. Shaman afsonalaridan ko‘rinib turibdiki, shaman bo‘ladigan odam
Доказательный фрагмент
«Maqolada “Devonu lug‘otit turk” asaridagi onomastika, antroponimika, etnonimika va toponimika, dialektologiyaga oid dalillar hamda adabiy manbalar ozarbayjon tili va adabiyotiga qiyoslangan holda o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada “Devonu lug‘otit turk” asaridagi onomastika, antroponimika, etnonimika va toponimika, dialektologiyaga oid dalillar hamda adabiy manbalar ozarbayjon tili va adabiyotiga qiyoslangan holda o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Devonu lugotit turk", research, article, onamastics, toponymy, toponimika, tadqiqot, onomastika, maqola, shamanism.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025