К содержанию
РецензированоUZ2025

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi telefon: +998937254212

TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI · Abdullayeva Aziza Karimovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan metodlar, hamda oila-maktab-jamiyat uchligi doirasida tarbiya samaradorligini oshirishga doir yechimlar yoritilgan. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan, faol-ta’lim texnologiyalari asosida tarbiyani tashkil etishning uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Kalit so‘z: tarbiya, umumta’lim maktabi, zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim, oila-maktab hamkorligi. Global axborot makonining kengayishi, raqamli texnologiyalar rivoji va ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar yosh avlod tarbiyasiga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Umumta’lim maktablari nafaqat bilim beruvchi, balki har tomonlama sog‘lom, ma’naviy yetuk, fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxsni tarbiyalovchi muassasa sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy va innovatsion metodlar asosida faoliyat olib borish dolzarb masalaga aylangan. Hozirgi globallashuv davrida yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash jamiyat oldidagi eng muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli, ijtimoiy faol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetishi mamlakat taraqqiyoti, barqarorligi hamda madaniy-ma’naviy yuksalishining muhim omilidir. Umumta’lim maktablari bu jarayonda asosiy bo'g'in sifatida faoliyat yuritadi. Aynan maktab — bolaning ilk ijtimoiylashuvi, shaxsiy fazilatlari shakllanadigan, hayotga bo‘lgan munosabati va qarashlari mustahkamlanadigan muhitdir. Shu sababli, tarbiya tizimining samaradorligini oshirish doimiy e’tibor markazida bo‘lishi zarur. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tarbiya jarayonini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan. Bu borada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, interaktiv metodlar va psixologik-pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi va tarbiyachi yoshlarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni mustaqil fikrlashga, hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashga, axloqiy-me’yoriy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashi zarur. Bundan tashqari, oilaning, mahalla va keng jamoatchilikning tarbiya jarayonidagi o‘rni va hamkorligini kuchaytirish, bolalar hayotida ijobiy ijtimoiy muhit yaratish orqali ularning har tomonlama rivojlanishiga erishish mumkin. Tarbiya – bu uzluksiz va tizimli jarayon bo‘lib, unda barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki zarur bo‘ladi. Shu jihatdan olib qaraganda, yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash faqat ta’lim tizimining emas, balki butun jamiyatning, har bir ongli fuqaroning umumiy vazifasidir. 14 7 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Zamonaviy tarbiya yondashuvlarining mohiyati. Tarbiya tizimida konstruktivistik, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va reflektiv yondashuvlar asosida ishlash tobora keng tarqalmoqda. Bu yondashuvlar orqali o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki mustaqil fikrlaydi, muammoni tahlil qiladi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta oladigan shaxs sifatida shakllanadi. Interfaol va integratsiyalashgan metodlar. Tarbiya jarayonida quyidagi interfaol metodlar samarali hisoblanadi: “Klaster” va “Fikrlar daraxti” — o‘quvchilarning tushunchalarini tizimlashtirish; “Rol o‘ynash” va “Sahnalashtirish” — empatiya va axloqiy tahlilni shakllantirish; “Case-study” — real hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish orqali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish; “Jamoaviy loyiha” va “Portfolio” — o‘quvchilarni o‘zini ifoda qilishga va ijtimoiy faoliyatga jalb etish. Interfaol metodlar, xususan, “aqliy hujum”, “munozara”, “rol o‘ynash”, “kichik guruhlarda ishlash” kabi usullar orqali o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatda ishtiroki faollashadi. Bu esa tarbiyaning chuqurroq va barqarorroq bo‘lishiga zamin yaratadi. Oila-maktab hamkorligining o‘rni. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ota-onalar bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlik darajasiga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda ota-onalar bilan doimiy aloqa, ota-onalarni tarbiyaviy jarayonga jalb etish, seminar-treninglar tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaning samaradorligi faqat maktab ichki jarayonlari bilan cheklanmaydi. Oila va jamiyatning faol ishtiroki muhim rol o‘ynaydi. Maktab tomonidan quyidagi tashabbuslar amalga oshirilishi mumkin: • Ota-onalar ishtirokida davra suhbatlari va tarbiyaviy treninglar; • Mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy loyihalar; • Maktabda “Tarbiyachi ota-onalar klubi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali samarali tashkil qilish mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tarbiyadagi o‘rni Zamonaviy texnologiyalar orqali ma’naviy-axloqiy mavzularda

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan metodlar, hamda oila-maktab-jamiyat uchligi doirasida tar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, innovatsion va axborot texnologiyalariga asoslangan metodlar, hamda oila-maktab-jamiyat uchligi doirasida tar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, oila-maktab hamkorligi., innovatsion metodlar, umumta’lim maktabi, pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim, zamonaviy yondashuvlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники