Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
Strategik sheriklik munosabatlarida - O’zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi
OZARBAYJON HAMKORLIGI · Abdullayeva Ra’noxon Alisher
Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2023
Аннотация
“Strategiya 2030” bu tashqi siyosatimizda, xalqaro munosabatlarga kirishish yo‘lida oldimizga qo‘yilgan aniq maqsadlar, islohotlar mexanizmi hisoblanib, ularni amalda tadbiq etish usullarini ishlab chiqish biz tadqiqotchilarning zimmasida. Strategik sheriklik munosabatlariga O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining o‘zaro hamkorligini yaxshi na’muna sifatida ko‘rishimiz mumkin. Ikki mamlakat uzoq yillar davomida strategik sheriklar maqomida hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqdalar. Keng ko‘lamli sof kooperativ hamkorlik munosabatlari barcha sohalarni qamrab olishga qaratilgan. So’ngi yillarda olib borilgan faol munosabatlar natijasi, ularning ahamiyati, hamda erishilgan yutuqlar va istiqbollar ushbu maqolada o‘rin olgan. Kalit so‘zlar: “Strategiya 2030”, faol hamkorlik, iqtisodiy ko’rsatkichlar, ikki tomonlama munosabatlar, qo‘shma korxonalar, qo‘shma loyihalar, transport-tranzit, Zangezur yo‘lagi. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar strategik hamkorlik aloqalarining jadallashishiga olib kelmoqda. 2023 yil 11 sentabrda “Strategiya 2030” to‘g‘risidagi PF 158-sonli farmonqabul qilingach, tashqi siyosatimizdagi maqsad va islohotlar aniq belgilab berildi. Ularni amalga oshirish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumaladan, V maqsadimizda “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish maqsadida Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar ketma ket tarzda belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Strategiyada barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish masalasi[1] ham o‘rin olgan. Ozarbayjon Respublikasi bizga geografik jihatdan qo’shni bo‘lmasa-da, tarixiy qardosh va ishonchli hamkor mamlakat hisoblanadi. So‘ngi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari strategik sheriklik darajasiga chiqdi. Bunga ikki davlat rahbarlarining faol hamkorlik aloqalarning samarali nazorati, hamkorlik sohalarining kengayib borayotganligi sabab bo‘lmoqda. 2017-yilda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenit etib saylangach,O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida yangi impusl paydo bo‘ldi. Ozarbayjon Respublikasi katta delegasiyasi kutib olindi, aloqalarda dinamik o‘sish kuzatildi. O‘zbekiston va Ozarbayjon o’rtasida imzolangan hujjatlar soni 175 dan oshganligi, juda ko’plab sohalar borasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilganidan dalolat beradi. Ikki davlat rahbarlari imkoniyatlarimizning chegarasi juda kengligiga ishonadi. Ishonch o‘zaro munosabatlarning drayveri vazifasini o‘tamoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston va Ozarbayjonning ishonchli hamkorlik aloqalarining samarali natijalari iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishida ko‘zga ko‘rinmoqda. Quyidagi jadvalga asosan savdo aylanmasining yildan yilga sezilarli o‘sish dinamikasi, hamda eksport va import ko‘rsatkichlarida intensiv o‘sish kuzatilayotgani fikrimiz isboti. 2 2 2 2 20 * 2022 y. 017 y. 018 y. 019 y. 020 y. 21 y. Savdoayla 3 4 7 8 11 nmasi 2,4 7,1 3,8 3,7 8,8 181,2 (mlnAQShdollarda) Eksport 2 3 5 5 75, 131,6 (mlnAQShdollarda) 7,5 5,6 2,1 4,2 9 Import 4 1 2 2 42, 49,4 (mlnAQShdollarda) ,9 1,5 1,7 9,5 9 *(Statistik ma'lumotlar asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.) 2022-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilga nisbatan 53 foizga, 2023 yilning yanvar- sentabr oylarida esa 36,4 foizga o‘sgan.[3]Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirishgabirgalikda harakat qilishmoqda. Bu o‘rinda, 2023 yilning fevral oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo Forumi muhim ro‘l o‘ynadi. O‘zbekiston va Ozarbayjonning 100 dan ortiq yirik kampaniya vakillari ishtirok etgan ushbu Forum doirasida Qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shuningdek, ko‘plab qo‘shma loyihalar yuzasidan ham kelishuvlar olib borildi va bu o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarning jadal olib borilayotganini ko‘rsatadi. Jamg‘arma aniq iqtisodiy loyihalarning tez va samarali faoliyat boshlashida mablag‘ bilan ta’minlanishining garovi sifatida muhimdir. Bu shartnoma doirasida neft- gaz, kimyo va to‘qimachilik sanoati hamda qishloq xo‘jaligi sohasida yirik hujjatlar to‘plami imzolandi. Ushbu forum tadbirkorlik doiralaridagi munosabatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar darajasiga chiqqanligini namoyish etadi. Shuningdek, ishbilarmonlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilganligi, mustaxkam aloqalar ildizi mavjudligi hamda kelajakda uning kengayishi bevosita ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir o‘tkazishini bildiradi. 2022-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrif buyurganda qabul qilingan “Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va o'zaro hamkorlikni kengaytirish to'g'risida”g
Доказательный фрагмент
«“Strategiya 2030” bu tashqi siyosatimizda, xalqaro munosabatlarga kirishish yo‘lida oldimizga qo‘yilgan aniq maqsadlar, islohotlar mexanizmi hisoblanib, ularni amalda tadbiq etish usullarini ishlab chiqish biz tadqiqo…»
Образец извлечения
Демо-превью“Strategiya 2030” bu tashqi siyosatimizda, xalqaro munosabatlarga kirishish yo‘lida oldimizga qo‘yilgan aniq maqsadlar, islohotlar mexanizmi hisoblanib, ularni amalda tadbiq etish usullarini ishlab chiqish biz tadqiqo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- economic indicators, faol hamkorlik, активное партнерство, transport-transit, “Strategiya 2030”, Zangezur corridor, Зангезурский коридор., экономические показатели, совместные предприятия, qo‘shma korxonalar, joint ventures, transport-tranzit, ikki tomonlama munosabatlar, qo‘shma loyihalar, active partnership, транспортно-транзит, совместные проекты, bilateral relations, двусторонние отношения, joint projects, Zangezur yo‘lagi, iqtisodiy ko’rsatkichlar
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииСАМАРАЛИ БОШҚАРИШ ЙЎЛЛАРИ, Лола Саатова2018
Экономическое развитие и анализРасулов Содиқ Саъдуллаевич, Маткулиева Санобар Исмаиловна +12023
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021