Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРОДУКТИВНАЯ БИОЛОГИЯ ФИСТАШКИ (PISTACIA VERA. L) АНГОРСКОГО РАЙОНА
Ergasheva Lobar Xudoyshukurovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article describes how to breed pistachios from rare fruit plants that are difficult to reproduce in Uzbekistan today, how to reduce the period of its entry into the harvest, and how to increase its productivity. In addition, information about pistachio rodent pests and their control measures is provided. Key words: pistachio, soil fertility, productivity improvement, dried fruits, rodent pests, biological control, chemical control. ПРОДУКТИВНАЯ БИОЛОГИЯ ФИСТАШКИ (PISTACIA VERA. L) АНГОРСКОГО РАЙОНА Аннотация. В статье описано, как вывести фисташку из редких плодовых растений, трудно размножаемых в Узбекистане, как сократить сроки ее вступления в урожай и как повысить ее продуктивность. Кроме того, представлена информация о вредителях фисташек и мерах борьбы с ними. Ключевые слова: фисташка, плодородие почвы, повышение продуктивности, сухофрукты, грызуны-вредители, биологический контроль, химический контроль. Respublikamizda mevachilikni jadal rivojlantirish, tuproq unumdorligini ko‘tarish, meva ekinlari hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ulardan qayta ishlash sanoatida tayyorlanadigan mahsulotlarni ko‘paytirishga, xalqimizning mevaga bo‘lgan talabini to‘la qondirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonning 3.3.-bandi “paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish.....” muhim strategik vazifalardan qilib belgilandi. Hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish hamda meva-sabzavot ekinlarini yetishtirishni uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab 9 75 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ chiqarishni tashkil etishning klaster usulini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva- sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388-son farmoni soha rivojida muhim o‘rin tutmoqda. Mamlakatimiz aholisini yong‘oqmevali mahsulotlar bilan ta’minlash qishloq xo‘jaligi oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini uzluksiz qondirish borasida yil sayin yetishtirilayotgan mahsulotning hajmi va sifatini oshirib borish zarur. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholi jon boshiga kuniga kamida 330-400 g yoki yiliga 115-120 kg meva, shundan 15 kg uzum va 10 kg rezavor-meva yetishtirilishi kerak. O‘zbekiston tibbiyot olimlari respublika aholisining uzum iste’mol qilish normasini 25 kg ga oshirishni va bunga qo‘shimcha yana 10-11 kg quritilgan mevalar iste’mol qilishni tavsiya qiladi. O‘rta Osiyo respublikalarida dunyodagi eng yirik yovvoyi pistazorlar joylashgan. Ularning maydoni qariyib 300 ming gektarni tashkil etadi. Pistazorlar bilan qoplangan maydonlarning 42% Tojikistonda, 33% Qirg‘izistonda, 15% Turkmanistonda va 10% O‘zbekistonda joylashgan. Xandon pistaning butun areali shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon to‘rt tog‘ tizmasi (Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Paropamiz va Turkman-Xuroson tog‘lari) hududida joylashgan. Arealning shimoli-g‘arbiy chegarasi markaziy Tyan-Shanda Issiqko‘l yaqinida joylashgan bo‘lib, shimoliy qismi Qirg‘iziston tog‘ tizmasining janubiy tog‘ yonbag‘ridan o‘tadi. Arealning janubiy chegarasi Afg‘oniston hududidan, Hindikush tog‘larining shimoliy tarmoqlari, Paropamiz, Hirotdan biroz janubda o‘tadi; janubi- g‘arbiy qismi – Eron, Xuroson tog‘ yonbag‘irlarida, g‘arbiy qismi – g‘arbiy Kopetdog‘da, Sumbar va Chandir daryolari oralig‘ida joylashgan, janubi-g‘arbiy qismi esa Pomir- Oloy tizmasining Vanch tog‘ tarmog‘igacha yetadi. O‘zbekiston hududida xandon pista Farg‘ona vodiysini o‘rab olgan tog‘ tizmalarida: Chotqol, Qurama, Farg‘ona tog‘ tizmalarida, undan so‘ng O‘zbekistonning janubiy tizmalari: Karjantov, Pskem, Ugom- Chotqol tog‘ tizmalari va nihoyat, eng g‘arbiy nuqtasi Tyan-Shan – Nurota va Pistalitovda uchraydi.O‘zbekiston janubida – Kuhitangtov va Bobotog‘ tog‘ tizmalarida pistazorlar mavjud. “Dunyo bo‘yicha hozirgi kunda xandon pista yetishtiriladigan umumiy maydon 0,82 mln gektarni tashkil yetadi. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Dunyo bo‘yicha 915717 tonna pista hosili oligan bo‘sa shundan: AQSh 523900 tonnani, Eronda 135000 tonna, Turkiyada esa 119355 tonnani tashkil qilgan. O‘zbekistonda 2021 yilda bu ko‘rsatkich 400 tonnani tashkil yetgan”. Bugungi kunda mazkur davlatlarda yetishtiriladigan xandon pista hosilining miqdoriga zararkunanda hashoratlarning ham salbiy ta’siri oshib bormoqda. Zararning oldini olishda zararli hashoratlarning tarqalis
Доказательный фрагмент
«The article describes how to breed pistachios from rare fruit plants that are difficult to reproduce in Uzbekistan today, how to reduce the period of its entry into the harvest, and how to increase its productivity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes how to breed pistachios from rare fruit plants that are difficult to reproduce in Uzbekistan today, how to reduce the period of its entry into the harvest, and how to increase its productivity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pistachio, soil fertility, productivity improvement, dried fruits, rodent pests, kimyoviy kurash., tuproq unumdorligi, химический контроль., pista, фисташка, hosildorligini oshirish, kemiruvchi zararkunandalar, quritilgan mevalar, biological control, плодородие почвы, грызуны-вредители, сухофрукты, повышение продуктивности, биологический контроль, biologik kurash, chemical control.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026