Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СТРАТЕГИЯ ЦИФРОВИЗАЦИИ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ГОСУДАРСТВЕННОГО НАЛОГОВОГО КОМИТЕТА.
TEXNOLOGIYALARINI RAQAMLASHTIRISH STRATEGIYASI. · Naimova Nargiza Akbarovna
Современная наука и исследования · 3 · 37-40 · 2024
Аннотация
In this article, analytical studies were conducted regarding the strategy of digitalization of information and communication technologies of the state tax committee, and appropriate conclusions and suggestions were made and strategies were developed. Key words: tax, tax system, information technologies. СТРАТЕГИЯ ЦИФРОВИЗАЦИИ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ГОСУДАРСТВЕННОГО НАЛОГОВОГО КОМИТЕТА. Аннотация. В данной статье проведены аналитические исследования относительно стратегии цифровизации информационно-коммуникационных технологий государственного налогового комитета, сделаны соответствующие выводы и предложения и разработаны стратегии. Ключевые слова: налог, налоговая система, информационные технологии. Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga erishishda muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhitni shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish imkonini berdi. Shu bilan birga, soliq tizimida ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, soliq islohotlarini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi kamchilik va muammolar mavjud: birinchidan, soliq ma’muriyatchiligini tashkil etish prinsiplari eskirgan bo‘lib, soliq to‘lovchilarga kompleks xizmatlar ko‘rsatishni, shuningdek ular tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishini ta’minlamayapti; ikkinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda ma’muriy xarajatlar (sarflanadigan vaqt va mablag‘) darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda; uchinchidan, soliq sohasida imtiyozlar berish borasida aniq mezon va mexanizmlar mavjud emas; to‘rtinchidan, xufiyona iqtisodiyot darajasini qisqartirishga qaratilgan, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi jamoatchilik nazorati mexanizmlari mukammal emas; 6 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ beshinchidan, soliq to‘lovchi bilan soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi yagona standart va dasturiy mahsulotlar mavjud emas; oltinchidan, soliq hisobi sifatini pasaytiradigan, soliq bazasining kengayishi va barqaror soliq tushumlarini ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan idoralararo axborot hamkorligi sust yo‘lga qo‘yilgan; yettinchidan, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sohasida hamda soliq organlari xodimlari faoliyatini baholashda tizimli kamchiliklar mavjud. Ushbu kamchilik va muammolar soliq tizimini jadal rivojlantirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish hamda soliqlar va majburiy to‘lovlarning talab darajasida yig‘ilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi maqsad, vazifa va asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Strategiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida tadbirkorlik subyektlari va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq solish jarayonlarini avtomatlashtirgan holda, davlat soliq organlarida zamonaviy yo‘naltirilgan servis soliq xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma'muriyatchiligida zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 359-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasi belgilandi. DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda DSQ ma'lumotlarini qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta'minotlar xarid qilish, axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi ma'lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar nazarda tutilgan. Ushbu hujjat tizimning ma'lumotlar almashish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarini hal etishga qaratilgan, jumladan: ❖ mavjud ma'lumotlar bazasi hajmining yetarli emasligi; ❖ serverlar xotira hajmining 90 foiz bandligi; ❖ elektron xizmatlar soni 3,8 barobarga, axborot tizimlar soni 2,5 barobarga ortishi natijasida korporativ tarmoq tezligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi; ❖ turli axborot tizimlarining integratsiyalashuvi natijasida ma'lumotlar bazasida katta yuklanish hosil bo‘lganligi; ❖ yagona platforma mavjud emasligi. Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish natijasida: ❖ ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish tezligi 10 barobargacha os
Доказательный фрагмент
«In this article, analytical studies were conducted regarding the strategy of digitalization of information and communication technologies of the state tax committee, and appropriate conclusions and suggestions were ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, analytical studies were conducted regarding the strategy of digitalization of information and communication technologies of the state tax committee, and appropriate conclusions and suggestions were ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tax, tax system, information technologies, информационные технологии., soliq, налоговая система, axborot texnologiyalari., information technologies., soliq tizimi, налог
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025